Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


“Raqamli joylashuv” mashqi



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

“Raqamli joylashuv” mashqi 
“Raqamli joylashuv” mashqi tavsifi.
 
Bu mashq juftlikda yoki 
kichik guruhlarda olib boriladi. Qogʻozda toʻrtburchak shakli oldindan 
chizilgan boʻladi. Toʻrtburchak yana yana 10-12 toʻrtburchaklarga 
chiziqlar orqali boʻlinadi. Har bir kichik toʻrtburchlarga soʻzlar 
yozilgan boʻlib, ular raqamlar bilan belgilangan boʻladi. Raqamlarni 2 
yoki 3 guruhga ajratish, ularni nomlash vazifasi topshiriladi. Asosiy fikr 
soʻzlarni avval oʻqib, keyin raqamlarni tanlash tushuntiriladi.
Qoʻllanishi.
 
Kichik guruhlarda qoʻllaniladi. Ona tili darslarida 
oʻtilgan darsni mustahkamlash, umumlashtiruvchi va takrorlash, 
choraklik, toʻgaraklarda, yakuniy darslarda qoʻllanilsa maqsadga 
muvofiq boʻladi.
Kutiladigan natija.
Oʻquvchilar erkin, mantiqiy fikrlashga, jamoa 
boʻlib ishlashga, izlanishga, nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, 
oʻzgalar fikrini tinglash, hurmat qilishga, bajarilayotgan mashqning 
maqsadini tushunishga oʻrganadi. Oʻrganilgan bilimlarni eslab, oʻz 
fikri bilan ta’sir eta oladi. Mavjud bilim, koʻnikma va malakalarini 
amalda qoʻllay olish qobiliyati orqali nima uchun shu guruhga 
ajratganini isbotlashga harakat qiladi. 
Boshqotirma-Anagramma 
Anagramma tavsifi.
 
Anagramma harflarning oʻrnini almashtirish 
orqali hosil boʻlgan soʻz yoki soʻz birikmalaridir. Notoʻgʻri berilgan 
soʻzlardagi harflarning oʻrnini almashtirib, toʻgʻri soʻz hosil qilinadi. 
Bunda oʻquvchilarni aqliy ish faolligini va anagrammaga qiziqishlarini 
oshirish uchun rasmlar berilgan. Rasm tagiga esa boshqa rasmga 
taalluqli soʻz yozilgan boʻladi. Diqqat bilan ishlash, soʻzni toʻgʻri 
topish uqtiriladi. Vaqt belgilanadi. 
 
Qoʻllanishi.
 
Kichik guruhlarda qoʻllaniladi. Oʻquvchilarning ona 
tili faniga, darsga boʻlgan qiziqishlarini oshirish uchun kundalik 
darslarda, oʻtilgan darsni mustahkamlash, umumlashtiruvchi va 
takrorlash, choraklik yakuniy darslarda qoʻllanilsa maqsadga muvofiq 
boʻladi.

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin