“Raqamli joylashuv” mashqi “Raqamli joylashuv” mashqi tavsifi. Bu mashq juftlikda yoki
kichik guruhlarda olib boriladi. Qogʻozda toʻrtburchak shakli oldindan
chizilgan boʻladi. Toʻrtburchak yana yana 10-12 toʻrtburchaklarga
chiziqlar orqali boʻlinadi. Har bir kichik toʻrtburchlarga soʻzlar
yozilgan boʻlib, ular raqamlar bilan belgilangan boʻladi. Raqamlarni 2
yoki 3 guruhga ajratish, ularni nomlash vazifasi topshiriladi. Asosiy fikr
soʻzlarni avval oʻqib, keyin raqamlarni tanlash tushuntiriladi.
Qoʻllanishi. Kichik guruhlarda qoʻllaniladi. Ona tili darslarida
oʻtilgan darsni mustahkamlash, umumlashtiruvchi va takrorlash,
choraklik, toʻgaraklarda, yakuniy darslarda qoʻllanilsa maqsadga
muvofiq boʻladi.
Kutiladigan natija. Oʻquvchilar erkin, mantiqiy fikrlashga, jamoa
boʻlib ishlashga, izlanishga, nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga,
oʻzgalar fikrini tinglash, hurmat qilishga, bajarilayotgan mashqning
maqsadini tushunishga oʻrganadi. Oʻrganilgan bilimlarni eslab, oʻz
fikri bilan ta’sir eta oladi. Mavjud bilim, koʻnikma va malakalarini
amalda qoʻllay olish qobiliyati orqali nima uchun shu guruhga
ajratganini isbotlashga harakat qiladi.
Boshqotirma-Anagramma Anagramma tavsifi. Anagramma harflarning oʻrnini almashtirish
orqali hosil boʻlgan soʻz yoki soʻz birikmalaridir. Notoʻgʻri berilgan
soʻzlardagi harflarning oʻrnini almashtirib, toʻgʻri soʻz hosil qilinadi.
Bunda oʻquvchilarni aqliy ish faolligini va anagrammaga qiziqishlarini
oshirish uchun rasmlar berilgan. Rasm tagiga esa boshqa rasmga
taalluqli soʻz yozilgan boʻladi. Diqqat bilan ishlash, soʻzni toʻgʻri
topish uqtiriladi. Vaqt belgilanadi.
Qoʻllanishi. Kichik guruhlarda qoʻllaniladi. Oʻquvchilarning ona
tili faniga, darsga boʻlgan qiziqishlarini oshirish uchun kundalik
darslarda, oʻtilgan darsni mustahkamlash, umumlashtiruvchi va
takrorlash, choraklik yakuniy darslarda qoʻllanilsa maqsadga muvofiq
boʻladi.