150
boʻlgan mavzular boʻyicha kichik guruhlarda jamoa boʻlib erkin
fikrlash, xotiralash orqali avval ogʻzaki, keyin yozma fikrlari
ifodalanadi. Ifodalangan fikr jamoada kelishilgan holda tugallanadi.
Guruhdan bir oʻquvchi taqdimot qiladi. Taqdimotlardan soʻng
oʻqituvchi
“Kubik”
mashqidagi topshiriqlarning javobi bir xil
boʻlishini aytadi. Kubikning hamma tomini bir-biriga teng boʻganidek,
javoblar ham bir xil boʻlardi.
Qoʻllanishi.
Kichik guruhlarda qoʻllaniladi. Ona tili darslarida
umumlashtiruvchi
va
takrorlash,
bilimlarni
mustahkamlashda
qoʻllanilsa maqsadga muvofiq boʻladi.
Kutiladigan natija
.
Oʻquvchilar erkin ijodiy fikrlashga, jamoa
boʻlib ishlashga, izlanishga, nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga,
oʻzgalar fikrini tinglash, anglash, hurmat qilishga, bajarilayotgan
mashqning maqsadini tushunishga oʻrganadi. Oʻrganilgan bilimlarni
eslab, oʻz fikrini ogʻzaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila
olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantiradi.
Jumboq rasm asosida matn tuzish
Oʻqituvchi Alifbening 13-betidagi
ana, non, ni, in
kabi soʻz va
boʻgʻinlar asosida tuzilgan krossvord - jumboqda bitta gap, ikkita soʻz
mavjudligini aytadi. Krossvorddagi strelka chiziqlar soʻzni toʻgʻri topib
oʻqishga yordam berishi tushuntiriladi. Bolalar krossvorddan
ona, ana,
nina
kabi soʻzlarni oʻqiydilar. Ularni bir butun holda oʻqisak
oʻquvchilarga tanish boʻlgan “Ona, ana nina” gapi hosil boʻladi. Ushbu
oʻyinni davom ettirib toʻgʻri chiziqlar boʻyicha boʻgʻinlarni qoʻshib
oʻqisak yana qanday soʻzlar hosil boʻladi? Oʻquvchilar birin-ketin
javob beradi.
Ni+na ona, ana
, sozlari hosil boʻladi. Nina soʻzini
oʻqishda oʻqituvchi yordamlashib turadi.
Dostları ilə paylaş: