Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Qochoq boshliqni top 
Bu oʻyinda oʻquvchining tovushlar va harflar yuzasidan olgan 
bilimlari mustahkamlanadi. Bosh va kichik harflarning ishlatilishi 
haqidagi nazariy bilimi takrorlanadi. Oʻyin sharti quyidagicha 
tushuntiriladi. Oʻqituvchi koʻchma xattaxtaga birinchi harflari tushirib 
qoldirilgan soʻzlarni yozib qoʻyadi. Oʻyin qatnashchilari kerakli 
harflarni topib soʻzni toʻliq yozadi. Berilgan soʻzlar: ....... argʻona, 
.....uzrabot, ...erabod, .... erma, .....oyda,....... aram, ....... iziriq.


153 
Javob quyidagicha boʻladi: 
Fargʻona, Muzrabot, Sherabod, ferma, 
foyda, karam, Qiziriq.
Ushbu javoblardagi Sherabod va Muzrabod 
soʻzlarining ikki xil shaklda yozilishi oʻquvchilarda juda katta qiziqish 
uygʻotadi. Oʻqituvchi bolalarning mustaqil munozaralarini uyushtirib, 
obod
va 
rabot
soʻzlari (toponimlar tarkibida kelgan indikatorlar)ning 
ma’nosini tushuntiradi. Natijada bu soʻzlarning yozilishi oʻquvchi 
xotirasida abadiy saqlanib qoladi. 
Oʻyindan oʻyin oʻylab topish oʻyinini bajarish.
-rabot
va -
obod 
qoʻshimchali soʻzlar yozish oʻyini. 
1. Xayrabot 
1. Yangiobod 
2. Qoʻshrabot 
2. Xalqobod 
3. Toshrabot 
3. Chinobod 
4. Oqrabot 
4. Dehqonobod 
5. Xotinrabot 
5. Hayitobod 
 
Morfologik oʻyinlar 
Morfologik materiallar boshlangʻich sinflarda ancha keng 
oʻrganiladi. Toʻrt yil oʻqish davomida oʻquvchilar soʻz va uning 
ma’nolari, soʻz shakli, soʻzning morfologik tarkibi yuzasidan bir 
muncha bilimga ega boʻladi. Soʻz turkumlari, uning asosiy, qoʻshimcha 
va oʻziga xos belgisi ustida nazariy hamda koʻproq amaliy bilimlar 
oladi. 
Boshlangʻich sinf ona tili oʻquv dasturlari oʻquvchilarning 
xususiyatlarini ularning yilma-yil aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan 
oʻsib borishini hisobga olgan holda bosqichli ketma-ketlik tamoyili 
asosida tuzilgan. Shunga asosan har bir mavzuning oʻquvchilar 
tomonidan oson oʻzlashtirib olinadigan qismi quyi sinflarda 
murakkabroq qismi keyingi sinflarda oʻrganiladi. Ba’zi soʻz turkumlari 
boshlangʻich ta’limning hamma sinflarida oʻrganiladi. Dastlab uning 
asosiy belgisi - narsa-buyum nomini, belgisini, sanogʻini va harakatini 
bildirishi oʻrganiladi, oʻquvchining shu olgan bilimlari asosida qanday 
soʻroqqa javob boʻlishi singari qoʻshimcha belgisi ham oʻzlashtirilib 
olinadi. Oʻquvchilar sinfdan-sinfga oʻtib ulgʻayib borishi bilan soʻz 
turkumlarining oʻziga xos belgisi ham oʻrganilib boriladi. Oʻquv 
materialining bunday oʻrganilishi bir sinfda egallangan bilimlarning 
keyingi sinflarda yana takrorlanishini taqozo etadi. 
Oʻquvchiga beriladigan bilim bolalarning ilgarigi sinflarda olgan 
bilimlari asosiga quriladi. Bu oʻquvchining ilgari olgan bilimiga 


154 
tayanib xilma-xil grammatik oʻyinlarni uyushtirish imkonini beradi. 
Chunki mavzu yuzasidan ma’lum darajada bilim va koʻnikmalar 
boʻlgandagina uyushtiriladigan grammatik oʻyinda oʻquvchining faol 
qatnashishiga imkon yaratiladi. Yana bir tomoni oʻquvchi oʻzida bor 
bilimlar asosida mashgʻulotga ijodiy yondashadi, faoliyat koʻrsatadi. 
Morfologiyada oʻquvchilar har bir grammatik hodisaning oʻxshash 
va farqli tomonlarini oʻrganishadi. Ularni taqqoslash orqali turli 
grammatik oʻyinlar uyushtirish mumkin. Bunday mashgʻulotni 
morfologiyani oʻrganishga bagʻishlangan har bir darsda ham qoʻllash 
mumkin. Masalan atoqli otlarni oʻtganda uni turdosh ot bilan, kelishik 
qoʻshimchalarni oʻtganda ularni oʻzaro taqqoslash mumkin boʻlsa, ot 
yasovchi qoʻshimchalarni oʻrganganda bir-biriga yaqin boʻlgan ikki 
soʻz yasovchi qoʻshimcha yordamida grammatik oʻyin uyushtirish 
mumkin. 
Boshlangʻich sinflarda morfologiya oʻrnida soʻz atamasi 
ishlatiladi. Oʻquvchilar leksikologiya va soʻz yasashga oid bilimlarni 
ham soʻz boʻlimida oʻrganishadi, shu tufayli biz ham tilshunoslikning 
yuqoridagi boʻlimlariga oid oʻyinlarni morfologik oʻyinlar majmuasida 
berishni lozim deb bildik.

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin