151
Orfografik oʻyinlar
Orfografik koʻnikmalar oʻquvchilarda asta-sekin shakllanib boradi.
Oʻquvchilar qoidalarni turli xil mashgʻulotlar: koʻchirib yozuv, mashq
ishlash, grammatik va orfografik tahlillar orqali oʻzlashtirib oladi.
Ushbu qoidalarni oʻzlashtirib olishda
ham bolalarning ixtiyoriy
diqqatini bir nuqtaga toʻplash talab qilinadi. Kichik maktab yoshidagi
oʻquvchilar juda ham oʻyinlarni yaxshi koʻrish bilan birga, oʻyin orqali
ba’zi grammatik orfografik qoidalarni juda tez oʻzlashtirib oladilar va
uni uzoq vaqt esda saqlab qolishadi. Shu tufayli orfografik qoidalarni
oʻzlashtirib olishda ham turli xil oʻyinlardan foydalanish oʻqituvchiga
katta yordam beradi.
“Bilagʻon boshliqlar” oʻyini
Bu oʻyin ham orfografik oʻyinlar turiga kiradi. Oʻquvchilar
odatdagiday ikki guruhga boʻlinadi.
Har bir guruhning sardori
belgilanadi. Ana shu guruh boshliqlari xattaxtaga chiqariladi.
Guruh
boshliqlari
odatda
a’lochi
oʻquvchilar boʻlishadi. Oʻyinda
oʻquvchilarning ana shu tomoni
hisobga olinib, oʻnta soʻz xattaxtaga
yoziladi.
taassuf
mukammal
minnatdor
tanaffus
tashabbus
mitti
ikki
tabassum
xokkey
tennis
Yuqorida berilgan soʻzlarni har bir boshliq ustun shaklida yozadi.
Soʻzlarning yozilishi kuzatiladi. Xatolar guruh boʻyicha hisoblanadi.
Har bir guruhning boshligʻi yoʻl qoʻygan xatolarni sanaydi.
Birinchi
guruh boshligʻi oʻnta soʻzdan ikkita xatoga yoʻl qoʻygan boʻlsa, unga
sakkiz ball beriladi. Har ikkala guruh boshliqlari soʻzlarni
tekshirib
xatolarni sanab boradilar. Toʻgʻri yozilgan har bir soʻz
uchun ball
beriladi. Agar biror guruhning oʻquvchilari bitta ham xatoga yoʻl
qoʻyishmagan boʻlsa, u holda qoʻshimcha tarzda yana beshta soʻz
yoziladi. Oxirida gʻolib guruh aniqlanadi va ragʻbatlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: