149
Kutiladigan natija.
Oʻquvchilar erkin,
ijodiy va mantiqiy
fikrlashga, jamoa boʻlib ishlashga,
izlanishga,
nazariy va amaliy
tushuncha hosil qilishga, oʻzgalar
fikrini tinglash,
hurmat qilishga,
bajarilayotgan
mashqning
maqsadini
tushunishga
oʻrganadi.
Oʻrganilgan bilimlarni eslab, oʻz fikri bilan ta’sir eta oladi. Soʻzlarni
toʻgʻri yozishga harakat qiladi.
Chaynvord
Chaynvord tavsifi.
Chaynvord krossvordning bir turidir.
Chaynvord - ingliz tilidan olingan boʻlib, chain - zanjir, vord - soʻz,
yani “soʻzlar zanjiri” ma’nosini anglatadi. Berilgan topshiriqqa javob
topilgach katakchalarga yoziladi. Birinchi soʻzning oxirgi harfidan
ikkinchi soʻz
boshlanadi, ikkinchi soʻzning oxirgi harfidan uchinchi
soʻz,
uchinchi soʻz oxirgi harfidan toʻrtinchi soʻboshlanib, zanjir hosil
qilinadi va sh tarzda davom etadi. Topshiriq gap, soʻz
va topishmoq
tarzda ham berilishi mumkin.
Qoʻllanishi.
Kichik guruhlarda qoʻllaniladi. Oʻquvchilarning ona
tili, oʻqish tabiatshunoslik fanlariga, darsga boʻlgan qiziqishlarini
oshirish
uchun kundalik darslarda, oʻtilgan darsni mustahkamlash,
umumlashtiruvchi va takrorlash,
choraklik yakuniy darslarda
qoʻllanilsa maqsadga muvofiq boʻladi.
Kutiladigan natija.
Oʻquvchilar erkin, ijodiy va mantiqiy
fikrlashga, jamoa boʻlib ishlashga, izlanishga, nazariy va amaliy
tushuncha hosil qilishga, oʻzgalar fikrini tinglash, hurmat qilishga,
bajarilayotgan
mashqning
maqsadini
tushunishga
oʻrganadi.
Oʻrganilgan bilimlarni eslab, oʻz fikri bilan ta’sir eta oladi. Soʻzlarni
toʻgʻri yozishga harakat qiladi.
Dunyodagi 3 ta davlat: AQSh, Angliya va JAR oʻzlarini
krossvordning vatani deb hisoblaydilar. 1936-yil Pompeya shahrini
qazilmalarida arxeologlar toshga yozilgan
chizmalarda Krossvord
ekanligining guvohi boʻlganlar.
Dostları ilə paylaş: