22
Ti
n
g
la
b tu
shuni
sh
- tinglangan audiomaterialni ogʻzaki
aytib bera olish va matn
koʻrinishida
- yozib bera olish;
- tinglangan matnda qoʻllangan zid ma’noli, shakldosh va ma’nosi yaqin
soʻzlarni sharhlay olish;
- berilgan savolni tushunish va mantiqli javob bera olish;
- matn, hikoya va ertaklardagi qahramonlarni tasvirlay olish;
-
jonli nutq, audiomatn shaklidagi matnlarning xulosasi va gʻoyasini
ayta olish;
- ibora, maqol va hikmatli soʻzlarning ma’nosini tushunish;
- tinglangan materialga mos rasm, chizma, belgi va shakllarni tanlash va
izohlay olish;
- ma’lum qismi berilgan matnni davom ettira olish.
Oʻquvchilar nutqini oʻstirishda aniq belgilangan bir qator
talablarga rioya qilinadi. Bular oʻquvchilarning ogʻzaki
va yozma
nutqini baholash mezoni boʻlib xizmat qiladi.
1. Oʻquvchilar nutqi mazmundor boʻlsin.
Hikoya yoki insho
oʻquvchilar uchun yaxshi ma’lum boʻlgan
dalillar, ularning
kuzatishlari,
hayotiy
tajribalari,
kitoblardan,
rasmlardan,
radioeshittirish va telekoʻrsatuvdan olgan ma’lumotlari
asosida
tuzilsagina mazmunli boʻladi. Bolalar bilmagan narsa, koʻrmagan
voqea-hodisalar haqida yetarli tayyorgarliksiz soʻzlashga yoʻl qoʻyilsa,
nutq mazmunsiz chiqadi.
Nutq oʻstirish
metodikasi hikoya, insho uchun materialni puxta
tayyorlashni, ya’ni material yigʻish,
uni muhokama qilish, toʻldirish,
asosiy mazmunni ajratish, zaruriy izchillikda
joylashtirishni talab
qiladi. Albatta, bunda oʻquvchilarning yosh
xususiyatlari va
qiziqishlari ham hisobga olinadi.
Oʻquvchilar nutqini rivojlantirish metodikasi hikoyalar,
insholar
uchun materialni puxta tayyorlashni talab qiladi: material toʻplash,
muhokama qilish, uni toʻldirish, tanlash, asosiy narsani ajratib koʻrsatish
va uni toʻgʻri ketma-ketlikda joylashtirish.
Dostları ilə paylaş: