Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Oʻquvchilar lugʻatini boyitish, ya’ni yangi soʻzlarni



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

1. Oʻquvchilar lugʻatini boyitish, ya’ni yangi soʻzlarni, 
shuningdek, bolalar lugʻatida boʻlgan ayrim soʻzlarning yangi 
ma’nolarini oʻzlashtirish.
Ona tilining lugʻat boyligini bilib olish 
uchun oʻquvchi oʻz lugʻatiga har kuni 8-10 ta yangi soʻzni, shu 
jumladan, ona tili darslarida 4-6 soʻzni qoʻshishi, ya’ni shu soʻzlar 
ma’nosini oʻzlashtirishi lozim. 
2. Oʻquvchilar lugʻatiga aniqlik kiritish.
Bu ichiga quyidagilarni 
oladi: 
1) oʻquvchi puxta oʻzlashtirmagan soʻzlarning ma’nosini toʻliq 
oʻzlashtirish, ya’ni shu soʻzlarni matnga kiritish, ma’nosi yaqin 
soʻzlarga qiyoslash, zid ma’nolisini tanlash yoʻllari bilan ularning 
ma’nosiga aniqlik kiritish
Maktabda lugʻat ustida ishlashning asosiy yoʻnalishlari


33 
2) soʻzning kinoyali ma’nosini, koʻp ma’noli soʻzlarni 
oʻzlashtirish; 
3) soʻzlarning ma’nodoshlarini, ma’nodosh soʻzlarning ma’no 
qirralarini oʻzlashtirish; 
4) ayrim frazeologik birliklarning ma’nosini oʻzlashtirish. 
3. Lugʻatni faollashtirish, ya’ni oʻquvchilar ma’nosini 
tushunadigan, ammo oʻz nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol 
lugʻatidagi soʻzlarni faol lugʻatiga oʻtkazish.
Buning uchun shu 
soʻzlar ishtirokida soʻz birikmasi va gaplar tuziladi, ular oʻqiganlarni 
qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi. 
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan soʻzlarni oʻquvchilar faol 
lugʻatidan nofaol lugʻatiga oʻtkazish.
Bunday soʻzlarga bolalarning 
nutq muhiti ta’sirida oʻzlashib qolgan adabiy til me’yoriga 
kirmaydigan, ayrim adabiy asar va soʻzlashuv tilida qoʻllanadigan 
sodda soʻz va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid soʻzlar kiradi. 
Adabiy til me’yori degan tushunchani oʻzlashtirgach, oʻquvchilar 
yuqorida izohlangan soʻzlar oʻrniga adabiy tildagi soʻzlardan foydalana 
boshlaydilar. Adabiy tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin 
shevaga, jargonga oid soʻzlar, soʻzlashuv tilida ishlatiladigan sodda 
soʻz va iboralar oʻquvchilarning faol lugʻatidan chiqib keta boshlaydi. 
Oʻquvchilar lugʻati quyidagi manbalar asosida boyitiladi va 
takomillashtiriladi: 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin