Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Ona tili darslaridagi mashqlar orqali oʻquvchilar lugʻatini



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

4. Ona tili darslaridagi mashqlar orqali oʻquvchilar lugʻatini 
boyitish.
Maxsus mashqlar yordamida grammatika va imloni oʻrganish 
darslari koʻpgina soʻz va atamalarni oʻzlashtirishga yordam beradi
oʻquvchilar predmet, belgi, harakat, sanoq, tartib ifodalaydigan 
soʻzlarni bilib oladilar. Bu darslarda oʻquvchilar lugʻati tartibga 
solinadi, soʻz turkumlarini oʻrganish jarayonida guruhlanadi, soʻz 
tarkibi, soʻz yasalishi, soʻzlarning oʻzgarishini oʻrganish bilan esa 
lugʻatga aniqlik kiritiladi; ular oʻrgangan soʻzlaridan oʻz nutqlarida 
foydalana boshlaydilar, natijada lugʻatlari faollashadi. Oʻquvchilar 
lugʻati maxsus lugʻaviy-mantiqiy mashqlar yordamida ham boyiydi, 
tartibga tushadi. 
5. Radio va telekoʻrsatuvlar orqali. 
Bulardan tashqari, kinofilm va televizor eshittirishlarining 
matnlari, oʻqituvchi va boshqa maktab hamda maktabdan tashqari 
muassasalar xodimlarining nutqlari ham oʻquvchilar lugʻatini boyitish 
va takomillashtirish manbalari hisoblanadi. 
6. Lugʻatlar orqali. 
Lugʻatni boyitishda turli lugʻatlar juda foydali qoʻllanmadir. 
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun “Imlo lugʻati” mavjud. 
Oʻqituvchi ma’lumot uchun ham, material tanlash uchun ham turli 
lugʻatlardan (oʻzbek tilining sinonimlar, antonimlar, frazeologik 
lugʻatlaridan, 
turli 
terminologik 
lugʻatlardan) 
muvaffaqiyatli 
foydalanadi. 


35 
Soʻzlarning ma’nosini tushuntirish oʻquvchilar lugʻatini boyitadi, 
nutqini oʻstiradi. Boshlangʻich sinflarda oʻqitiladigan fanlarning 
atamalari ham tushuntirilishi lozim boʻlgan soʻzlar qatoriga kiritiladi. 
Atamalarning ma’nosini tushuntirish mazkur soʻz anglatgan 
tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet 
atamasining ma’nosini tushuntirish bilan oʻquvchilar predmet keng 
ma’noda qoʻllanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar 
predmet deyilishini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son, fe’l kabi atamalarni 
tez fahmlab olishda ularga yordam beradi. 
Soʻzning ma’nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning 
asosiy mavzusidan oʻquvchilar diqqatini chalgʻitmasligi kerak. Buning 
uchun oʻqituvchi har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma’nosi 
tushuntirilishi lozim boʻlgan soʻzlarni, uni tushuntirishning eng qulay 
usullarini va darsning qaysi oʻrnida tushuntirishni belgilab oladi. 
Oʻqish kitoblaridagi matnlarda birinchi marta uchragan, bolalar 
ma’nosini bilmaydigan ayrim soʻzlar matnni oʻqishdan oldin 
tushuntiriladi. 
Matnni oʻqish jarayonida soʻz ma’nosini tushuntirishga chek 
qoʻyish kerak. Agar biror soʻzni matnni oʻqish vaqtida tushuntirish 
zaruriyati 
tugʻilsa, 
matn 
mazmunidan 
oʻquvchilar diqqatini 
chalgʻitmagan holda shu soʻz ma’nosi qisqacha tushuntiriladi. 
Koʻchma ma’noda ishlatilgan obrazli soʻzlar va badiiy nutq 
oborotlari matn oʻqilgandan keyin tushuntiriladi, chunki ularning 
ma’nosi matn mazmunidan, kontekstdan yaxshi tushuniladi. Ayniqsa, 
masallar oʻqilganda, undagi allegorik, koʻchma ma’noda ishlatilgan 
soʻzlarni asarni oʻqishdan oldin yoki oʻqish jarayonida tushuntirib 
boʻlmaydi. 
Metodikada soʻzlarni tushuntirishning quyidagi usullaridan 
foydalaniladi: 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin