35
Soʻzlarning ma’nosini tushuntirish oʻquvchilar lugʻatini boyitadi,
nutqini oʻstiradi. Boshlangʻich sinflarda oʻqitiladigan fanlarning
atamalari ham tushuntirilishi lozim boʻlgan soʻzlar qatoriga kiritiladi.
Atamalarning ma’nosini tushuntirish mazkur soʻz anglatgan
tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet
atamasining ma’nosini tushuntirish bilan oʻquvchilar predmet keng
ma’noda qoʻllanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar
predmet deyilishini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son, fe’l kabi atamalarni
tez fahmlab olishda ularga yordam beradi.
Soʻzning ma’nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning
asosiy mavzusidan oʻquvchilar diqqatini chalgʻitmasligi kerak. Buning
uchun oʻqituvchi har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma’nosi
tushuntirilishi lozim boʻlgan soʻzlarni, uni tushuntirishning eng qulay
usullarini va darsning qaysi oʻrnida tushuntirishni belgilab oladi.
Oʻqish kitoblaridagi matnlarda birinchi marta uchragan, bolalar
ma’nosini bilmaydigan ayrim soʻzlar matnni oʻqishdan oldin
tushuntiriladi.
Matnni oʻqish jarayonida soʻz ma’nosini tushuntirishga chek
qoʻyish kerak. Agar biror soʻzni matnni oʻqish vaqtida tushuntirish
zaruriyati
tugʻilsa,
matn
mazmunidan
oʻquvchilar diqqatini
chalgʻitmagan holda shu soʻz ma’nosi qisqacha tushuntiriladi.
Koʻchma ma’noda ishlatilgan obrazli soʻzlar va badiiy nutq
oborotlari matn oʻqilgandan keyin tushuntiriladi, chunki ularning
ma’nosi matn mazmunidan, kontekstdan yaxshi tushuniladi. Ayniqsa,
masallar oʻqilganda, undagi allegorik, koʻchma ma’noda ishlatilgan
soʻzlarni asarni oʻqishdan oldin yoki oʻqish jarayonida tushuntirib
boʻlmaydi.
Metodikada soʻzlarni tushuntirishning quyidagi usullaridan
foydalaniladi:
Dostları ilə paylaş: