Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Soʻzni kontekst asosida tushuntirish



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

1. Soʻzni kontekst asosida tushuntirish.
Bunda oʻquvchilar 
tushunmaydigan soʻz ularga tushunarli soʻzlar qoʻllangan gap (yoki 
matn) yordamida tushuntiriladi. 
2. Soʻz ma’nosini lugʻatdan va oʻqish kitoblarida matn ostida 
berilgan izohdan foydalanib tushuntirish.
Bunda oʻquvchilarni 
Soʻz ma'nosini tushuntirish metodikasi


36 
izohdan mustaqil foydalanib, soʻz ma’nosini mustaqil tushunib olishga 
oʻrgatish muhim ahamiyatga ega. 
3. Soʻz ma’nosini shu soʻzning ma’nodoshi yordamida 
tushuntirish. 
Masalan,
 sabo - shabada, mudofaa - himoya, sozanda - musiqachi, 
diyor - vatan, inshoot - bino, samo - osmon
kabi. Soʻzni sinonim tanlash 
bilan tushuntirganda, shu soʻzning stilistik (uslubiy) ahamiyatini ham 
koʻrsatish zarur. 
4. Tanish boʻlmagan soʻz bilan ifodalangan tushunchani tanish 
boʻlgan soʻz bilan ifodalangan tushunchaga (uning zid ma’nolisiga) 
taqqoslash orqali tushuntirish.
Masalan, 
ishchan
tushunchasini 
dangasa 
tushunchasiga, 
rostgoʻy 
soʻzini 
yolgʻonchi
soʻziga taqqoslab 
tushuntirish mumkin. 
Koʻchma ma’noda ishlatilgan soʻz va soʻz birikmalari, tasviriy 
vositalar, maqollar ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi.
5. Soʻzni oʻziga yaqin tushuncha bilan, ya’ni boshqacha ifoda 
etish bilan tushuntirish.
Bunda tushuntiriladigan soʻzning izohi qisqa 
va aniq boʻlishi kerak. Masalan, 
oʻzboshimchalik
− oʻz xohishicha ish 
tutish, ishni oʻzi xohlaganicha bajarish; 
mutaxassis
– biror hunar egasi; 
shunqor
− uzoq uchadigan koʻzi oʻtkir qush; 
mesh
– mol terisidan 
tikilgan idish; 
guldon 
− gul solib qoʻyiladigan idish va boshqalar. 
Ba’zi soʻzlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi. 
Masalan, 
kombayn 
− bir vaqtning oʻzida donni oʻradigan, yanchadigan, 
tozalaydigan qishloq xoʻjalik mashinasi;
ekskavator - 
bir vaqtning 
oʻzida yerni qazib tuproqni yuk mashinasiga ortadigan mashina;
 
aerodrom - 
samolyotlar turadigan, uchib ketadigan yoki kelib 
qoʻnadigan joy va h.k. 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin