Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Soʻzni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

6. Soʻzni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali 
tushuntirish.
Masalan, 
yantoq 
− suvsiz joyda oʻsadigan ninasimon 
tikanli oʻsimlik; 
akula 
− okeanlarda yashaydigan juda katta yirtqich 
baliq va boshqalar. 
7. Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi soʻzlarning 
ma’nosini misollar yordamida tushuntirish.
Buning uchun 
oʻquvchilar oʻrgangan badiiy asardan axloqiy fazilatga ega boʻlgan asar 
qahramonining qilgan ishlari tahlil qilinadi. 
Xulosa qilib aytganda, soʻz ma’nosini tushuntirish ustida ishlash 
oʻquvchilar lugʻatini boyitadi, nutqini ravonlashtiradi. 


37 
 
Ma’nodosh soʻzlar
(sinonimlar) talaffuzi, yozilishi har xil boʻlgan 
bir umumiy tushuncha(ma’no) ifodalaydigan soʻzlardir. Sinonimlar bir-
biridan qoʻshimcha ma’no qirrasi, emotsional boʻyogʻi, qoʻllanilishi 
jihatidan oʻzaro farqlanadi. 
Katta, ulugʻ, buyuk, zoʻr, azim, ulkan, 
bahaybat, haybatli, yirik, gigant
sinonimik qatorini tashkil qilgan 
soʻzlardan 
katta
soʻzi keng tushunchani anglatib, aniq tushunchaga 
nisbatan ham, mavhum tushunchaga nisbatan ham ishlatilaveradi. 
Ulugʻ, buyuk, zoʻr, azim, ulkan
soʻzlari hajmi ancha katta boʻlgan 
narsalarga, 
bahaybat, haybatli
soʻzlari esa oʻlchovi juda katta boʻlgan 
narsalarga nisbatan ishlatiladi. 
Yirik
kam ishlatiladi. 
Gigant 
kitobiy 
uslubga xos boʻlib, asosan joy, qurilishga nisbatan qoʻllanadi. 
Sinonimlar tilni leksik tomondan boyitadi, shuning uchun bunday 
soʻzlar bilan ishlash juda muhim. Kishi lugʻatida sinonimlar qancha 
koʻp boʻlsa, uning til ifodaliligi shuncha ortadi. 
Oʻzbek tili - sinonimlarga boy til. “Oʻzbek tili sinonimlarining 
izohli lugʻati”da 
katta
soʻzining 11 ta, 
marta
soʻzining 13 ta sinonimi 
berilgan. 
Boshlangʻich sinflarda sinonim haqida nazariy ma’lumot 
berilmaydi, ammo sinonimlar haqidagi tushuncha amaliy mashq 
yordamida shakllantiriladi. Sinonimlar bilan ishlash elementar tarzda 1-
sinfdan boshlanadi: oʻquvchilar berilgan soʻzning ma’nodoshini 
topishga, boshqacha qilib qanday aytish mumkinligini tushuntirishga, 
2-3-sinflarda esa berilgan soʻzning 2-3 ma’nodoshini topib aytishga 
oʻrgatiladi. 
Boshlangʻich sinflarda ma’nodosh soʻzlarga oid quyidagicha 
mashqlar ishlatiladi: 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin