36
izohdan mustaqil foydalanib, soʻz ma’nosini mustaqil tushunib olishga
oʻrgatish muhim ahamiyatga ega.
3. Soʻz ma’nosini shu soʻzning ma’nodoshi yordamida
tushuntirish.
Masalan,
sabo - shabada, mudofaa - himoya, sozanda - musiqachi,
diyor - vatan, inshoot - bino, samo - osmon
kabi. Soʻzni sinonim tanlash
bilan tushuntirganda, shu soʻzning stilistik (uslubiy) ahamiyatini ham
koʻrsatish zarur.
4. Tanish boʻlmagan soʻz bilan ifodalangan tushunchani tanish
boʻlgan soʻz bilan ifodalangan tushunchaga (uning zid ma’nolisiga)
taqqoslash orqali tushuntirish.
Masalan,
ishchan
tushunchasini
dangasa
tushunchasiga,
rostgoʻy
soʻzini
yolgʻonchi
soʻziga taqqoslab
tushuntirish mumkin.
Koʻchma ma’noda ishlatilgan soʻz va soʻz birikmalari,
tasviriy
vositalar, maqollar ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi.
5. Soʻzni oʻziga yaqin tushuncha bilan, ya’ni boshqacha ifoda
etish bilan tushuntirish.
Bunda tushuntiriladigan soʻzning izohi qisqa
va aniq boʻlishi kerak. Masalan,
oʻzboshimchalik
− oʻz xohishicha ish
tutish, ishni oʻzi xohlaganicha bajarish;
mutaxassis
– biror hunar egasi;
shunqor
− uzoq uchadigan koʻzi oʻtkir qush;
mesh
– mol terisidan
tikilgan idish;
guldon
− gul solib qoʻyiladigan idish va boshqalar.
Ba’zi soʻzlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi.
Masalan,
kombayn
− bir vaqtning oʻzida donni oʻradigan, yanchadigan,
tozalaydigan qishloq xoʻjalik
mashinasi;
ekskavator -
bir
vaqtning
oʻzida yerni qazib tuproqni yuk mashinasiga ortadigan mashina;
aerodrom -
samolyotlar
turadigan, uchib ketadigan yoki kelib
qoʻnadigan joy va h.k.
Dostları ilə paylaş: