43
Matndan foydalanib, “Mening buyuk Vatanim” mavzusida
kichik hikoya yozing. Hikoyangizda ma’nodosh soʻzlardan
foydalaning.
59-mashq.
Oʻqing. Ajratib koʻrsatilgan soʻzlarning ma’nosini
tushuntiring.
1. Bogʻimizga
olma
koʻchatini ekdik. 2. Birovning narsasini
soʻramasdan
olma.
3.
Bir yil
tut
ekkan kishi yuz yil gavhar teradi.
(Maqol) 4. Ukangni qoʻlidan
tut.
Ajratilgan soʻzlar nimasi bilan oʻxshash?
60-mashq.
Yaxshi, yomon, katta, kichik, ilmli, ilmsiz
soʻzlari
ishtirok etgan maqollar topib yozing.
Mantiqiy mashqlar bolalarning narsa va atrof-muhit haqidagi
bilimlarini tartibga soladi va ularga toʻgʻri fikrlash usullarini oʻrgatadi.
Oʻquvchi
maktabga kelganda, keng lugʻat boyligiga ega boʻlsa ham,
odatda, tafakkurning taqqoslash, qarshi qoʻyish,
umumlashtirish,
guruhlash usullaridan foydalanishni bilmaydi (ayniqsa, bilish
faoliyatining
obyekti aniq predmet emas, uni ifodalovchi soʻzlar
boʻlsa). Mantiqiy mashqlarning vazifasi u yoki bu narsa va hodisalar
bilan tanishish asosida bolalarni predmet
va hodisalardan muhimini,
umumiysini ajratishga, soʻz bilan aniq ifodalashga oʻrgatish, bolalarga
mantiqiy usullar tizimini oʻrgatish bilan bilimini material tomondan
boyitish va uni aqliy tomondan oʻstirish hisoblanadi.
Mantiqiy mashqlar bolalarning soʻz
boyligi va tilining umumiy
oʻsishida katta ahamiyatga ega boʻlib, lugʻat ishi va tilga oid boshqa
ishlar bilan bogʻlab olib boriladi. Mantiqiy mashqlar juda xilma-xil:
Dostları ilə paylaş: