Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


 Berilgan soʻzlarga zid ma’noli soʻzlarni tanlash



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

1. Berilgan soʻzlarga zid ma’noli soʻzlarni tanlash.
Otni oʻtganda: 
azob - ... , doʻstlik - ..., oq - ..., yoshlik - . ..
, sifatni oʻtganda: 
dangasa - 
... , anqov - ... , rostgoʻy - ... , dono - ... , kasal - ... ,
fe’lni oʻtganda: 
kasallandi
- ... , 
yondi
- ... , 
boshladi
- ... kabi beriladi. Oʻquvchilar 
berilgan otga 
rohat, dushmanlik, qora, qarilik;
sifatga 
mehnatkash, 
hushyor, yolgʻonchi, nodon, sogʻ
; fe’lga 
sogʻaydi, oʻchdi, tugatdi 
antonimlarini tanlab, jufti bilan yozadilar.
3-sinfda oʻquvchilar sifat soʻz turkumini oʻrganishganda zid 
ma’noli soʻzlar ustida ishlashadi. Masalan, 284-mashq shartiga koʻra 
sifatlarga mos zid ma’noli soʻzlarni toppish va yozish kerakligi 
aytilgan.
shirin - …, arzon - …, toza - …, oq - …, uzun - …, baland - …. 
Oʻquvchilar berilgan sifatlarning zid ma’nolilarni topib yozishadi. 
Shuningdek, mashq topshirigʻiga koʻra berilgan soʻzlarni qatnashtirib, 
2 ta gap tuzadilar, bosh boʻlaklarining tagiga chizadilar. Bundan 
tashqari 277-mashq topshirigʻi ham yuqorida aytilganidek. 
2. Zid ma’noli soʻzlarni qatnashtirib gap tuzish.
Bunda oʻqituvchi 
zid ma’nolisini tanlab gap tuzish uchun soʻz beradi, oʻquvchilar 
berilgan soʻzga qarama-qarshi ma’noli soʻzni tanlaydilar va ularni 
qatnashtirib gaplar tuzadilar. 
3-sinf darsligidagi 284-mashq xuddi shu mazmunda. 
Zid ma’noli soʻzlar ustida ishlash


40 
3. Berilgan gapga qarama-qarshi ma’noli soʻzni topib qoʻyish.
Oʻqituvchi “
Toʻgʻri odam ... soʻzdan or qilur. Yosh kelsa ishga, ... kelsa 
oshga. Yaxshi gap - moy, ... gap - loy. Gapni oz soʻzla, ishni ... koʻzla”
kabi gaplar beradi, oʻquvchilar gap mazmuniga mos antonim topib, 
gapni oʻqiydilar (yoki yozadilar). 
Oʻquvchilar lugʻatinn ma’nodosh va zid ma’noli soʻzlar bilan 
boyitish oʻz fikrini aniq, ravon va ifodali bayon etishga yordam beradi. 
 
Oʻquvchilarga koʻp ma’noli soʻzlar uchrab turadi, ammo ular koʻp 
ma’noli soʻz ekanini tushunib yetmaydilar. 
Oʻqituvchi badiiy asar ustida ishlash jarayonida oʻquvchilarni 
koʻchma ma’nodagi soʻzlar bilan tanishtirish orqali ayrim soʻzlar koʻp 
ma’noda ishlatilishini tushuntirib boradi. Shu bilan birga, maxsus 
mashqlar ham ishlatiladi: 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin