Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Berilgan ma’nodosh soʻzlarni guruhlash



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

1. Berilgan ma’nodosh soʻzlarni guruhlash.
Bunda bir soʻz 
turkumiga oid ikki sinonimik qatordagi soʻzlar ichiga bir-ikkita boshqa 
soʻz kiritib beriladi. Oʻquvchilar sinonimlarni ikki guruhga ajratib 
aytadilar. Buning uchun soʻzlar quyidagi kabi berilishi mumkin: 
vatan, 
maqsad, diyor, niyat, mamlakat, murod, yurt. 
4-sinfda oʻquvchilar “Sifatlarning ma’no munosabati” mavzusini 
oʻrganganlarida berilgan sifatlarning ma’nodoshlarini topib, guruhlab 
yozishga doir topshiriqlarni bajarishadi. Masalan, 191-mashq shartida 
berilgan sifatlarni ma’nolariga koʻra guruhlab yozish, ularning 
ma’nolarini izohlash kerakligi aytilgan. 
Ma’nodosh soʻzlar ustida ishlash


38 
1. Betashvish, noiloj, gʻussasiz, qahrli, gʻamsiz, gʻazabli, ilojsiz, 
gʻazabnok, chorasiz, tashvishsiz. 
2. Sovuq, egri, boy, yumshoq, aqlli, lapashang, toʻgʻri, issiq, 
kambagʻal, qattiq, ahmoq, chaqqon.
Oʻquvchilar mashq topshirigʻiga koʻra yuqoridagi soʻzlarni 
qatnashtirib, kichik hikoya tuzishlari kerak. 
4-sinf darsligidagi 192-mashqda ham oʻquvchilar sifatlarning 
ma’nodoshlarini topib, namunadagidek yozishlari kerak.
Namuna: koʻrkam, chiroyli, … 
Koʻrkam, sezgir, katta, chaqqon, chiroyli, epchil, ziyrak, ulkan, 
shod, jasur, xursand, qahramon. 
2. Berilgan soʻzga ma’nodosh tanlash.
Oʻqituvchi otni oʻtganda 
osmon
, sifatni oʻtganda 
mazali
, fe’lni oʻtganda 
koʻnikmoq
soʻzlarini 
aytadi. Oʻquvchilar bu soʻzlarga ma’nodosh soʻzlarni tanlaydilar: 
osmon - koʻk, samo, falak; mazali - lazzatli, laziz, totli; koʻnikmoq - 
oʻrganmoq, odatlanmoq, odat qilmoq. 
4-sinf ona tili darsligidagi 213-mashq xuddi shunday mazmunda. 
Berilgan soʻzlarni oʻqib, ularga ma’nodosh soʻzlarni tanlab yozishlari 
kerak.
Ishchan, hosildor, odobsiz, sersuv, begʻubor, foydali.

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin