Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Tanlash uchun soʻzlar: serhosil, suvli, beodob, harakatchan
gʻuborsiz, foydasiz.
3. Tushirib qoldirilgan ma’nodosh soʻzlarni oʻz oʻrniga qoʻyib, 
matnni koʻchirish.
Bunda yozilishi kerak boʻlgan ma’nodosh soʻzlar 
roʻyxati tekshirish uchun beriladi. Oʻquvchilar ma’nodosh soʻzlarni 
oʻrniga qoʻyib, ularning qoʻllanilishidagi farqni tushuntiradilar. 
4. Ma’nodosh soʻzlardan mosini qoʻyib gaplarni koʻchirish.
Buning uchun sinonim soʻzlar qatori qavs ichida beriladi, oʻquvchi 
gapning mazmuniga mosini tanlab gapni koʻchiradi: 
Daryo suvini 
(bahor, koʻklam) toshirar, odam qadrini (mehnat, ish) oshirar. Oltin 
(oʻt, olov, alanga)da, odam (ish, mehnat)da bilinadi. Birlashgan (yov, 
dushman)ni qaytarar. 
3-sinf darsligidagi 273-mashq berilgan mashq turiga mos keladi.
273-mashq. Otlarga xos belgini bildirgan sifatlarni tanlab, gaplarni 
oʻqing va yozing. Sifatlarning tagiga toʻlqinli chiziq chizing.
1. (Zoʻr, qudralti) kran (vazmin, ogʻir) yuklarni bemalol koʻtaradi. 
2. (Yoqimli, mayin) shamol (koʻk, yashil) yaproqlarni silkitdi. 3. (Tor, 
kichik) uyga sigʻmagan odam (keng, katta) hovliga ham sigʻmaydi. 


39 
5. Sinonim soʻzlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish 
va u bilan mashq ishlash.
Buning uchun toʻrtta sinonimik qatordagi 
soʻzlar tanlanadi va 16 katakka aralash joylashtiriladi. Oʻqituvchi shu 
katakchalardagi bir soʻzni aytadi. Masalan, 
chiroyli.
Oʻquvchilar shu 
soʻzga yaqin ma’noli soʻz (sinonim)ni katakchalardan topib aytadilar: 
goʻzal, dilbar, sohibjamol, husndor.
Ma’nodosh soʻzlar qatori bilan 
soʻz birikmasi tuzadilar: 
chiroyli shahar, goʻzal manzara, sohibjamol 
malika 
va h.k
.
 
Qarama-qarshi, zid ma’no bildiradigan soʻzlar zid ma’noli soʻzlar 
(antonimlar) deyiladi. Antonimlar belgi bildiradigan soʻzlarda koʻp 
uchraydi. Antonimik munosabat soʻz bilan frazeologik birlik (ibora) 
orasida ham boʻladi (
yalqov - yuragida oʻti bor 
kabi). 
Boshlangʻich 
sinf 
oʻquvchilari antonimlar bilan amaliy 
tanishtiriladi. Antonimlar ustida ishlash matndan antonimni topishdan 
boshlanadi, keyin maxsus mashqlar ishlatiladi: 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin