Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Oʻquvchilar tilida kam qoʻllaniladigan soʻzlar ma’nosi



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

3. Oʻquvchilar tilida kam qoʻllaniladigan soʻzlar ma’nosi 
ustida ishlash.
Adabiy tilga oid ba’zi soʻzlar oʻquvchilar nutqida kam 
qoʻllaniladi. Bu soʻzning ma’nosini oʻquvchi yetarli darajada 
tushunmaydi. Uning oʻrnida oddiy soʻzlarni qoʻllaydi. Oʻqituvchi 
ularni kitobiy soʻzlar bilan almashtirish uchun nutqida qoʻllashga 
majbur etadigan vaziyat yaratishi, ehtiyojni yuzaga keltirish zarur. 
Masalan, jim - tinch, osuda - osoyishta, yurakdan - dildan, soat strelkasi 
- soat millari, garmdori - qalampir, minut - daqiqa kabi. 
Soʻzlarning qoʻllanishini faollashtirish uchun yozma ishlar 
oʻtkazilayotganda ham oʻquvchilar e’tiborini ayrim soʻzlarni boshqasi 
bilan almashtirishlari ta’kidlandi. Masalan, 1-sinfda rasmlar asosida 
ogʻzaki hikoya tuzayotgan oʻquvchilarning nutq elementlari biri-
biridan farqli boʻlishi – biri ikkinchisining soʻzini qaytarmasligi talab 
qilinadi. Masalan, shirinsuxan soʻzi oʻrnida shirinsoʻz, nasim - tonggi 
yel (shamol), tanbeh berdi - dashnom berdi, zilol suv - tiniq suv, kichik 
moʻjaz, tik - adl, nafis - nozik, ishbilarmon - ishning koʻzini biladigan 
kabi... 
Yozma bayon yozishga tayyorlanish jarayonida ham (2-sinf) 
soʻzlarni boshqasi bilan almashtirishga, kitobiy soʻzlar tanlashga 
e’tibor berish lozim. 
Darsliklarda bola hissiyotiga ta’sir qiluvchi koʻchma ma’nodagi 
badiiy ifodalar koʻp qoʻllangan, ular ustida maqsadga muvofiq ishlash 
oʻquvchi nutqini jozibador qiladi, ularning nutqiy adabiy tilga 
yaqinlashtiradi. 
4. Yangi paydo boʻlgan soʻz ma’nolari ustida ishlash.
Bunday 


47 
soʻzlar 1-2-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklarida bir muncha 
koʻp qoʻllanilgan. Xususan, 2-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi 
dasligida 
Nobel, Shvetsiya, dollar, fond, diplom, geolog, mikrob, 
bakteriya, vitamin, mikraskop, biotin, robot, kompyuter
va shu kabi 
boshqa yangi soʻzlar ma’nosi bilan tanishadilar.

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin