Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Oʻquvchilarni notanish soʻz va iboralar bilan tanishtirish



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

1. Oʻquvchilarni notanish soʻz va iboralar bilan tanishtirish. 
Oʻquvchilar darslikdagi soʻz va iboralarga birinchi marta duch 
kelayotgan boʻlishi mumkin. Bu soʻz yangi paydo boʻlgan soʻz 
boʻlmasa ham oʻquvchi uning ma’nosini bilmaydi, demak, oʻquvchi 
uchun yangi soʻz hisoblanadi. Masalan, 1-sinf “Ona tili” darsligida 
habib (doʻst) zarparda (oyna oʻrniga shaffof qogʻoz yopishtirilgan 
deraza parda), (magʻrur (kekkaygan, magʻrur - kamtar), kamol (har 
tomonlama yetuk, toʻkis, kamol topmoq - xazon boʻlmoq), xaroba 
(qarovsiz qolgan vayrona), qardosh (doʻst, birodar, qarindosh-urugʻ), 
safdosh (harbiy xizmatda birga, tashkilotda birga), xavza (daryo va 
koʻllarga qoʻyiladigan, uni tashkil etadigan irmoqlar yoki majmui rasm 
koʻrsatiladi), sarkarda (qoʻmondon, lashkarboshi), zeb (bezak, koʻrk, 
husn), ziynat (goʻzallik uchun xizmat qiluvchi buyum), qasr 
(hashamatli saroy, koʻshk) kabi soʻzlarga duch keladilar. Bunday 
soʻzlarning ma’nosini ma’nodoshlarini keltirib kengaytirish yoʻli bilan 
qarshi ma’noli soʻzlar bilan izoh berish, gap tuzish orqali ma’nosini 
yechish, rasmlar orqali tushuncha hosil qilish mumkin. Bunday ishlash 
oʻquvchilarda soʻz ma’nolariga nisbatan sezgirlikni yuzaga keltiradi. 
2. Oʻquvchilarni soʻzning yangi ma’nolari bilan tanishtirish. 
Oʻquvchilar koʻp ma’noli soʻzlarning bir ma’nosini tushunsa, boshqa 
ma’nosini bildirmasliklari mumkin. Bolalar soʻzlarning hamma 
ma’nolarini birdaniga oʻzlashtirib ololmaydilar. Ularning ma’nosini 
oʻzlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 1-2-sinfda koʻp 
ma’noli soʻzning bir-ikki ma’nosi bilan tanishsa, 3-4-sinflarda yana 
boshqa ma’nolarini bilib oladi. Tilning barcha sathlarini: fonetika, 


46 
leksika, soʻz tarkibi, morfologiya, sintaksis (boshlangʻich sinfda bu 
boʻlimlar “Tovushlar va harflar”, “Soʻz”, “Gap”, “Bogʻlanishli nutq” 
deb nomlanadi)ni oʻrganish jarayonida tasviriy ifodalar, iboralar, 
ma’nodosh, shakldosh, qarama-qarshi ma’noli soʻzlarning ma’nolari 
turli ish turlari asosida tushuntirib boriladi. 1-sinf ona tili darsligida fikri 
buzuq - koʻchma ma’noli ibora berilgan, uni soat buzuq birikmasi bilan 
taqqoslang. Qaysi birikma oʻz ma’noda qoʻllanayapti? (soat buzuq) 
Qaysi birikma boshqa ma’noda qoʻllanayapti? (fikri buzuq). Fikri 
buzuq birikmasi qanday ma’noni ifodalayapti? Bolalar oʻylab, niyati 
yomon kishilarni fikri buzuq deyishadi deb izoh beriladilar. 
Koʻrinadiki, taqqoslash usuli soʻz ma’nolarini izohlashda samarali usul 
sanaladi. Quloch otib, tanbeh yedi, koʻzi oʻynar, qalbi olov, til topishdi, 
rohatini totdi iboralarining ma’nosi ustida ham shu tarzda ishlanadi. 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin