42 Shu soʻzlardan qatnashtirib 2 ta gap yozing. 55-mashq. Oʻqing. Matn mazmunini soʻzlab bering. Matnni oʻqib,
qanday xulosaga keldingiz?
Quyosh – oʻzidan nur,
yorugʻlik va issiqlik taratadigan jism. Agar
oftob yorugʻlik va issiqlik taratmasa,
odamlar qorongʻida adashib,
muzlab qolishi mumkin.
Kitob ham shunday. U odamning ichiga, yuragiga yorugʻlik beradi
va uni
ma’noli, chiroyli gaplari bilan isitadi. Kitob oʻqimagan odam
xuddi
qorongʻida qolib ketganday boʻladi. Nima qilishini yaxshi
bilmaydi.
Koʻp kitob oʻqigan odamning
yuzi dan yorugʻlik taralib
turadi. Tili
shirin, gaplari ma’noli boʻladi.
(Miraziz A’zam) Ajratilgan soʻzlarga ma’nodosh va zid ma’noli soʻzlar toping va
ularni guruhlab yozing.
56-mashq. Hikmatli gaplarni oʻqing. Undan qanday xulosaga
kelganingizni soʻzlab bering.
1. Otalar soʻzidir biz uchun meros, otalar soʻzining
nafi beqiyos.
2. Ilmni
buyuk bil, uquvni ulugʻ, Shu ikkov ulugʻlar
kishini toʻliq. 3.
Bilim boylik axir, zavoldan
yiroq, Uni ola bilmas qaroqchi biroq. 4.
Bilim – qaytarish va takrorlash mevasidir.
(Abu Rayhon Beruniy) Koʻchiring. Ajratilgan soʻzlarga ma’nodosh va zid ma’- noli soʻzlar toping va ularni guruhlab yozing. 57-mashq. Maqollarni oʻqing va yozing. Zid ma’noli soʻzlarni
topib, tagiga chizing.
1. Toʻgʻri odam egri soʻzdan or qilar. 2. Yaxshi gap ham, yomon
gap ham bir ogʻizdan chiqadi. 3. Erta ekkan xirmon qilur, kech ekkan
armon qilur. 4. Koʻz qoʻrqoq, qoʻl botir.
58-mashq. Oʻqing. Ajratib koʻrsatilgan soʻzlarni ma’nodoshi bilan
almashtirib, matn mazmunini qayta hikoyalang.
Vatan soʻzini qanchalik