50
5. Boshlangʻich sinflar ona tili dasligidagi ma’nodosh soʻzlar
ustida
ishlashga oid qanday mashqlar bor?
6. Boshlangʻich sinflar ona tili dasligidagi zid ma’noli soʻzlar ustida
ishlashga oid qanday mashqlar bor?
7. Oʻquvchilar notanish soʻz va iboralar bilan qanday tanishtiriladi?
TEST TOPSHIRIQLARI
1. Maktabda lugʻat ustida ishlash metodikasining asosiy yoʻnalishlari
nechta?
A. 5 ta
B. 2 ta
D. 3 ta
E. 4 ta
2. Tilda mavjud boʻlgan barcha soʻz va iboralarning yigʻindisi
qaysi
qatorda koʻrsatilgan?
A. Lugʻat tarkibi yoki leksika deyiladi
B. Olinma soʻzlar deyiladi
D. Iboralar deyiladi
E. Toʻgʻri javob berilmagan
3. Til fanida lugʻatni belgilash uchun
qanday maxsus atamadan
foydalaniladi?
A. Leksikon
B. Leksika
D. Atama
E. Soʻz
4. Leksikaga nima kiradi?
A. Faol lugʻat
B. Passiv lugʻat
D. Tashqi lugʻat
E. Barcha javob toʻgri
5. Koʻchma ma’noda ishlatilgan obrazli soʻzlar qachon tushuntiriladi?
A. Matnni oʻqishdan oldin
tushuntiriladi
51
B. Matn mazmunidan oʻquvchilar diqqatini chalgʻitmagan
holda shu
soʻz ma’nosi qisqacha tushuntiriladi
D. Matn oʻqilgandan keyin tushuntiriladi
E. Matnni oʻqish jarayonida tushuntiriladi
6. Metodikada soʻzlarni tushuntirishning
qanday usullaridan
foydalaniladi?
A. Soʻzni kontekst asosida
tushuntirish, soʻz ma’nosini lugʻatdan va
oʻqish kitoblarida matn ostida berilgan izohdan foydalanib tushuntirish
B. Soʻz ma’nosini shu soʻzning ma’nodoshi
yordamida tushuntirish,
soʻzni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirish
D. Tanish boʻlmagan soʻz bilan ifodalangan tushunchani tanish boʻlgan
soʻz bilan ifodalangan tushunchaga (uning zid ma’nolisiga) taqqoslash
orqali tushuntirish, soʻzni oʻziga yaqin tushuncha bilan, ya’ni
boshqacha ifoda
etish bilan tushuntirish
E. Yuqoridagi barcha usullar orqali
Dostları ilə paylaş: