Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Narsalarning mavzuga tegishli guruhini tuzish



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

1. Narsalarning mavzuga tegishli guruhini tuzish:
ust kiyimlar 
(
koʻylak, kostyum,
… .) va oyoq kiyimlar 
(botinka, tufli, .. )
; uy 
hayvonlari va yovvoyi hayvonlar kabi. Bunda bolalar “
Bu nima?”
soʻrogʻiga javob berishga oʻrgatiladi: 
Bu nima? - Avtobus. Avtobus 
nima? - Mashina.
2. Bir turdagi narsalarni sanab koʻrsatish va umumlashtiruvchi 
bir soʻz bilan nomlash.
Masalan,
stol, stul, shkaf
larni bir soʻz bilan 
qanday nomlash mumkin? 
(Mebel)
3. Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish.
Masalan, 
qalam, ruchka, chizgʻich, oʻchirgʻich, stul
koʻrsatiladi, 
Mantiqiy mashqlar


44 
oʻquvchilar oʻquv qurollarini ajratadilar, 
stul
oʻquv quroliga 
kirmasligini, uy jihozi ekanini aytadilar. 
Bunday mashq oʻyin tariqasida oʻtkazilishi ham mumkin: ma’lum 
soʻzlar berilib, ortiqchasini topish va nima uchun ortiqcha ekanini 
tushuntirish talab etiladi: 
qaldirgʻoch, chumchuq, mushuk, musicha.
4. Predmet nomlari va belgi bildirgan soʻzlarni guruhlarga 
ajratish.
Bunda soʻzlar 
choynak, tesha, bolta, piyola, arra, tarelka
kabi 
aralash beriladi. Oʻquvchilar guruhlab, 
idishlar nomi: choynak, piyola, 
... ; ish qurollari nomi: tesha, bolta, ... 
kabi yozadilar. Narsa belgisini 
bildirgan soʻzlar ham aralash beriladi, bolalar toʻrt guruhga (rang, 
maza, shakl, xususiyat) ajratadilar. 
5. Qarama-qarshi qoʻyish bilan umumlashtirish: qaldirgʻoch, 
chumchuq, bulbul 
− qushlar,
 
tovuq, xoʻroz, kurkalar-chi? 
(Parrandalar.)
Mantiqiy mashqlar sermazmun boʻlishi, oʻquvchilarning tajribasi 
bilan bogʻlanishi, ularni toʻgʻri fikrlashga oʻrgatishi, bilimlariga aniqlik 
kiritishi va tartibga solishga xizmat qilishi lozim. Bunday mashqlardan 
oʻrni bilan boshqa darslarda ham, oʻqish va grammatika darslarida ham 
foydalaniladi. 
Bunday mashqlar savod oʻrgatish, ona tili, oʻqish darslarida 
qoʻllaniladi. 
Mavzu 
bilan 
bogʻliq 
holda 
takomillashtirib, 
mukammalashtirib boriladi. Nazariy ma’lumotlarga asoslanib: matnda 
berilgan otlarning belgilarini ifodalaydigan sifatlani tanlab qoʻyish, 
gapda sifat bilan bogʻlangan otni (soʻz birikmasini) aniqlab yozish; otga 
mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki soʻz 
birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq 
materialini tanlashda 
-roq
qoʻshimchasi bilan qoʻllangan yaxshiroq, 
aqlliroq kabi, shuningdek, tip-tiniq, sap-sariq kabi sifatlar koʻproq 
boʻlishiga e’tibor beriladi. Oʻquvchilarning mustaqilligi oshgan sayin 
mashq topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtirib boriladi. 
Shunday qilib, sifatni oʻzlashtirishda uni ot bilan oʻzaro bogʻliq holda 
oʻrganishga asoslanadi. 
Boshlangʻich sinf ona tili va oʻqish darslarida oʻquvchilarning 
lugʻatini boyitish grammatik mavzularni oʻrganish, mashq matnlarini 
kuzatish va tahlil qilish, maxsus lugʻaviy-grammatik mashqlar orqali 
bajariladi. 
Ona tili oʻqitishning bosh maqsadi ham tilning jamiyatda tutgan 
oʻrni, vazifasi bilan belgilanadi. Til aloqa vositasi – soʻzlovchi fikr-


45 
mulohazalarini til orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali 
roʻyobga chiqqan fikrni anglatadi.
Lugʻat ishida soʻzning ma’nosi talaffuzi va imlosi e’tiborda 
tutiladi. Shular ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda 
oʻquvchilarning nutqda foydalanishlariga erishish, oʻzgalar nutqini 
anglashlarini ta’minlashdir. Buning uchun oʻqituvchi ona tili darslarida 
qoʻllangan har bir soʻzning, ta’limiy jarayonlarda: ekskursiya, oʻzaro 
suhbat, turli tadbirlarda, ishlatilgan soʻzlarning ma’nosiga e’tibor bilan 
qarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni taqozo etishini belgilab 
olish kerak. 
Tilning lugʻat boyligini oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi 
uchun ona tili darslarida soʻzlarning quyidagi ma’nolari bilan 
tanishtiriladi. 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin