52-mashq.
Matnni oʻqing. Undan nimalarni bilib oldingiz?
Yozuvchi sizda qanday taassurot qoldirdi?
Dadamning
marvarid tut haqidagi hikoyasi yodimga oʻrnashib
qolgan. Bogʻ devorimizning orqasida shoxlari tarvaqaylab ketgan
marvarid tut daraxti bor edi. Dadam shu tut bilan bobomni davolagan
ekan. Bir yili
koʻklamda bobom qattiq
ogʻrib, uch oy toʻshakda yotib
qolibdi. Uning
eti
suyagiga yopishib,
tamom madori
ketibdi. Dadam
bir kuni bir kosa
marvarid
tut terib bobomga bermoqchi boʻlibdi.
Lekin
odamlar:
“Berma! Battar
oʻgʻrib qoladi!
” – deyishibdi. Bobom
esa zoʻrgʻa boshini koʻtarib: “Mayli, Normatjon, olib kelaver! Armonda
qolmay, shu tutdan
tatib
ketay!” – deb tutni kapalab-kapalab yebdi.
Shundan keyin da- dam tut terib keladigan boʻlibdi. Bobom esa tut yeb
quvvatga
kira boshlabdi. (
Turob Maqsuddan
)
Ajratib koʻrsatilgan soʻzlarni otam, buva, bahor, kasal
boʻlib, butunlay, kuchi, balxi tut, kishilar, yeb, kuchga
soʻzlari bilan almashtirib oʻqing.
Gaplar mazmunida qanday oʻzgarish boʻldi?
Bu soʻzlar ma’nosiga koʻra qanday soʻzlar deyiladi?
Tut, bor, uch, oy, ter soʻzlarini ikki xil ma’noda qoʻllab,
gaplar tuzib yozing. Ularning shakl va ma’nosiga koʻra
farqini ayting.
53-mashq.
Tilak, istak, tabriklamoq, qutlamoq, minnatdor
boʻlmoq, xursand boʻlmoq, tavallud kuni, tugʻilgan kuni, yaxshi,
yoqimli, bayram kuni, shodiyona kun
ma’nodosh soʻzlaridan
qatnashtirib, “Tabriknoma” matnini yarating.
54-mashq.
Oʻqing. Ma’nodosh soʻzlarni topib, juftlab yozing.
Bahs, sovgʻa, tanqis, yashirin, gʻalaba, hadya, munozara, tortiq,
kamchil, tortishuv, armugʻon, tahchil, xufiya, zafar, tuhfa, maxfiy.
|