37
Ma’nodosh soʻzlar
(sinonimlar) talaffuzi, yozilishi har xil boʻlgan
bir umumiy tushuncha(ma’no) ifodalaydigan soʻzlardir. Sinonimlar bir-
biridan qoʻshimcha ma’no qirrasi, emotsional boʻyogʻi, qoʻllanilishi
jihatidan oʻzaro farqlanadi.
Katta, ulugʻ, buyuk, zoʻr, azim, ulkan,
bahaybat, haybatli, yirik, gigant
sinonimik qatorini tashkil qilgan
soʻzlardan
katta
soʻzi keng tushunchani anglatib, aniq tushunchaga
nisbatan ham, mavhum tushunchaga nisbatan ham ishlatilaveradi.
Ulugʻ, buyuk, zoʻr, azim, ulkan
soʻzlari hajmi ancha katta boʻlgan
narsalarga,
bahaybat, haybatli
soʻzlari esa oʻlchovi juda katta boʻlgan
narsalarga nisbatan ishlatiladi.
Yirik
kam ishlatiladi.
Gigant
kitobiy
uslubga xos boʻlib, asosan joy, qurilishga nisbatan qoʻllanadi.
Sinonimlar tilni leksik tomondan boyitadi, shuning uchun bunday
soʻzlar bilan ishlash juda muhim. Kishi lugʻatida sinonimlar qancha
koʻp boʻlsa, uning til ifodaliligi shuncha ortadi.
Oʻzbek tili - sinonimlarga boy til. “Oʻzbek tili sinonimlarining
izohli lugʻati”da
katta
soʻzining 11 ta,
marta
soʻzining 13 ta sinonimi
berilgan.
Boshlangʻich sinflarda sinonim haqida nazariy ma’lumot
berilmaydi, ammo sinonimlar haqidagi tushuncha amaliy mashq
yordamida shakllantiriladi. Sinonimlar bilan ishlash elementar tarzda 1-
sinfdan boshlanadi: oʻquvchilar berilgan soʻzning ma’nodoshini
topishga, boshqacha qilib qanday aytish mumkinligini tushuntirishga,
2-3-sinflarda esa berilgan soʻzning 2-3 ma’nodoshini topib aytishga
oʻrgatiladi.
Boshlangʻich sinflarda ma’nodosh soʻzlarga oid quyidagicha
mashqlar ishlatiladi:
Dostları ilə paylaş: