29
MAVZU: LUGʻAT USTIDA ISHLASH
REJA:
1. Maktabda lugʻat ustida ishlashning asosiy yoʻnalishlari.
2. Soʻz ma’nosini tushuntirish metodikasi.
3. Oʻqish, badiiy asarni
qayta hikoyalash, materialni oʻrganish,
bayon va inshoga tayyorlanish bilan bogʻliq holda oʻquvchilar nutqini
faollashtirish yoʻllari.
Tayanch tushunchalar: lugʻat, soʻz ma’nosi, lugʻat ustida ishlash,
oʻqish darslari, qayta hikoyalash, nutq oʻstirish, lugʻat turlari, faol
lu’gat, passiv lugʻat, ichki lugʻat, tashqi lugʻat.
ADABIYOTLAR
1. Qosimova K., Matchonov S., Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh.,
Sariyev Sh. Ona tili oʻqitish metodikasi. -T.: “Noshir”, 2009. - 163 b.
2. Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H.,
Masharipova U., Sattorova X. Husnixat va uni oʻqitish metodikasi. -T.:
TDPU, 2013. - 70 b.
3. Karima Qosimova va boshqalar. Ona tili oʻqitish metodikasi. –
Toshkent, 2009.
4. Nurmatova M. Ifodali oʻqish toʻgaragi. “Til va adabiyot ta’limi”,
1992-yil. 1-son.
3. Jalilova M., Ne’matova G. Takrorlash mashgʻulotlarini
“Topqirlar bellashuvi” tarzida oʻtkazish. “Til va adabiyot ta’limi”,
1994-yil 2-3 qoʻshma sonlari.
4. Tolibova J.O. Pedagogik texnologiyalar – doʻstona muhit
yaratish omili. -T., 2005.
5. Bakiyeva H, Ahmedova N., Azizova N., Nosirova D.,
Teshaboyeva B., Ismoilova U., Egamberdiyeva B. Savodga oʻrgatish
darslari.-T.: “Extremumpress”, 2014. -119 b.
6. Safarova R., Inoyatova M. Alifbe. –T.: “Respublika ta’lim
markazi”, 2021. -80 bet.
7. Azimova I., Mavlonova K., Quronov S., Tursun Sh. Ona tili va
oʻqish savodxonligi (1-sinf uchun darslik). –T.: “Yangiyoʻl
poligraf
servis”, 2021. -104 bet.
8. Azimova I., Mavlonova K., Quronov S., Tursun Sh. Ona tili va
oʻqish savodxonligi (2-sinf uchun darslik). –T.: “Respublika ta’lim
markazi”, 2021. -120 bet.
30
9. Fuzailov S., Xudoyberganova M., Yoʻldosheva Sh. Ona tili (3-
sinflar uchun darslik). -T.: “Oʻqituvchi”, 2019. -152 bet.
10. Ikromova R., Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., Shodmonqulov
D. Ona tili (4-sinflar uchun darslik). -T.: “Oʻqituvchi”, 2020. -160 bet.
Soʻz tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. Soʻz va soʻz
birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni,
hissiyotni
ifodalaydi. Tilda mavjud boʻlgan barcha soʻz va iboralarning yigʻindisi
lugʻat tarkibi
yoki
leksika
deyiladi. Leksikologiya oʻzbek tilining lugʻat
tarkibini oʻrganadigan boʻlimdir. Leksikologiya lugʻat tarkibidagi
soʻzlarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati, qoʻllanish
faolligi,
boyib borishi, ba’zi soʻzlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi,
ma’no koʻchish hodisasi kabilarni oʻrganadi. Shu sababli leksikologiya
lugʻat ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi.
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan oʻzaro bogʻlangan,
mazmunga mos soʻz va soʻz birikmalarining ma’lum izchillikda
joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lugʻati
qanchalik boy va
rivojlangan boʻlsa, uning nutqi ham shunchalik boy boʻladi; oʻz fikrini
aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun
lugʻatning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni
muvaffaqiyatli oʻstirishning muhim sharti hisoblanadi.
Hozirgi oʻzbek adabiy tili ulkan lugʻat boyligiga ega. Besh jildlik
“Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da 80000 dan ortiq soʻz va soʻz birikmasi
berilgan boʻlib, bular umumiy qoʻllaniladiganlaridir. Bunga oʻzbek
tilida nashr etilgan turli terminologik lugʻatlarda, oʻzbek tili
sinonimlari, antonimlari, frazeologik lugʻatlarida
va turli izohli
lugʻatlarda berilgan soʻzlar qoʻshilsa, lugʻat boyligi yana ming-minglab
oshadi. Bulardan tashqari, juda koʻp soʻzlar koʻp ma’noni bildiradi.
Masalan, shu izohli lugʻatda bosh soʻzining 40dan ortiq asosiy va
frazeologizm bilan bogʻlangan ma’noda ishlatilishi berilgan.
Har qanday tilning boyligi uning soʻzlarida, oʻzbek tili esa oʻzining
xilma-xilligi bilan butun dunyoga mashhur.
Buning yordamida har
birimiz gaplasha olamiz, oʻz fikrimizni bildira olamiz, oʻzimizni notiq
sifatida ifoda eta olamiz. Biz tanlagan nutqning goʻzalligi toʻgʻridan-
toʻgʻri bizdagi soʻz boyligimizga bogʻliq. Qanchalik koʻp soʻzlarni
bilsak, ularni shunchalik tez-tez ishlatamiz, nutqimiz qanchalik yorqin
Dostları ilə paylaş: