Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


 Nutqda mantiqiylik boʻlsin



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

2. Nutqda mantiqiylik boʻlsin. 
Oʻquvchilar nutqi mantiqan toʻgʻri 
boʻlishi, fikr izchil, asosli bayon etilishi, asosiy oʻrinlar tushirib 
qoldirilmasligi va oʻrinsiz takrorga, mavzuga taalluqli boʻlmagan 
Oʻquvchilar nutqiga qoʻyiladigan talablar


23 
ortiqchalikka yoʻl qoʻyilmasligi talab etiladi. Nutqning mantiqiyligi 
narsa, voqea-hodisalarni yaxshi bilish bilan belgilanadi, mantiqiy xato 
esa material mazmunini aniq bilmaslik, mavzuni oʻylamasdan noqulay 
tanlash natijasida kelib chiqadi. Bu ikki talab nutqning mazmuni va 
qurilishiga taalluqlidir. Nutqni til jihatidan shakllantirishga oid talablar 
ham mavjud. 
3. Nutq aniq boʻlsin. 
Oʻquvchi dalillar, kuzatishlar, taassurotlarini 
haqiqatga mos ravishda oddiy bayon etibgina qolmay, shu maqsadning 
eng yaxshi til vositalaridan (soʻz, soʻz birikmasi, gaplardan) 
foydalangan holda, maxsus tasvirlar bilan ifodalashga oʻrgansin. 
4. Nutq til vositalariga boy boʻlsin. 
Mazmunni aniq ifodalash 
uchun oʻquvchi nutqi til vositalariga boy boʻlishi, u har qanday 
vaziyatda ham kerakli sinonimlardan, xilma-xil tuzilgan gaplardan 
mazmunga eng mosini tanlab foydalana olish koʻnikmasiga ega boʻlishi 
zarur. Albatta, boshlangʻich sinf oʻquvchilariga til boyligi yuzasidan 
yuqori talab qoʻyib boʻlmaydi, ammo oʻqituvchi oʻquv ishlarida 
ularning soʻz boyligini oshirib borishni har vaqt koʻzda tutishi kerak. 
5. Nutq tushunarli boʻlsin. 
Ogʻzaki nutq eshituvchiga, yozma 
nutq esa uni oʻquvchiga tushunarli boʻlishi zarur. Soʻzlovchi yoki 
yozuvchi nutqini eshituvchining yoki oʻquvchining imkoniyatini, 
qiziqishini hisobga olgan holda tuzsa, uni hamma birdek, hech 
qiyinchiliksiz tushunadi. Nutqda haddan tashqari chalkashlik, 
ifodalanayotgan gapning murakkabligi nutqqa zarar yetkazadi. Nutqqa 
iqtiboslar, atamalar, “chiroyli narsalar”ni ortiqcha kiritish tavsiya 
etilmaydi. 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin