23
ortiqchalikka yoʻl qoʻyilmasligi talab etiladi. Nutqning mantiqiyligi
narsa, voqea-hodisalarni yaxshi bilish bilan belgilanadi, mantiqiy xato
esa material mazmunini aniq bilmaslik, mavzuni oʻylamasdan noqulay
tanlash natijasida kelib chiqadi. Bu ikki talab nutqning mazmuni va
qurilishiga taalluqlidir. Nutqni til jihatidan shakllantirishga oid talablar
ham mavjud.
3. Nutq aniq boʻlsin.
Oʻquvchi dalillar, kuzatishlar, taassurotlarini
haqiqatga mos ravishda oddiy bayon etibgina qolmay, shu maqsadning
eng yaxshi til vositalaridan (soʻz, soʻz birikmasi, gaplardan)
foydalangan holda, maxsus tasvirlar bilan ifodalashga oʻrgansin.
4. Nutq til vositalariga boy boʻlsin.
Mazmunni aniq ifodalash
uchun oʻquvchi nutqi til vositalariga boy boʻlishi, u har qanday
vaziyatda ham kerakli sinonimlardan, xilma-xil tuzilgan gaplardan
mazmunga eng mosini tanlab foydalana olish koʻnikmasiga ega boʻlishi
zarur. Albatta, boshlangʻich sinf oʻquvchilariga til boyligi yuzasidan
yuqori talab qoʻyib boʻlmaydi, ammo oʻqituvchi oʻquv ishlarida
ularning soʻz boyligini oshirib borishni har vaqt koʻzda tutishi kerak.
5. Nutq tushunarli boʻlsin.
Ogʻzaki nutq eshituvchiga, yozma
nutq esa uni oʻquvchiga tushunarli boʻlishi zarur. Soʻzlovchi yoki
yozuvchi nutqini eshituvchining yoki oʻquvchining imkoniyatini,
qiziqishini hisobga olgan holda tuzsa, uni hamma birdek, hech
qiyinchiliksiz tushunadi. Nutqda haddan tashqari chalkashlik,
ifodalanayotgan gapning murakkabligi nutqqa zarar yetkazadi. Nutqqa
iqtiboslar, atamalar, “chiroyli narsalar”ni ortiqcha kiritish tavsiya
etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: