Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

6. Nutq ifodali boʻlsin. 
Agar nutq ifodali, ya’ni jonli, chiroyli, 
ishontiradigan boʻlsa, eshituvchiga yoki oʻquvchiga ta’sir etadi. 
Ogʻzaki nutq eshituvchiga intonatsiya orqali ta’sir etsa, ogʻzaki nutq 
ham, yozma nutq ham tinglovchi va oʻquvchiga hikoyaning umumiy 
ruhi, dalillar, tanlangan soʻzlar, ularning emotsionalligi, tuzilgan 
jumla, iboralar yordamida ta’sir etadi. Nutqning tushunarli va ifodali 
boʻlishi har qanday shevaga xos va ortiqcha soʻzlardan sof boʻlishini 
taqozo etadi. 
7. Nutq toʻgʻri boʻlsin. 
Maktab uchun nutqning adabiy til 
me’yorlariga mos va toʻgʻri boʻlishi alohida ahamiyatga ega. Yozma 
nutq grammatika, imlo va punktuatsiya jihatidan, ogʻzaki nutq esa 
orfoepik jihatdan toʻgʻri tuzilishi talab etiladi. Nutqning toʻgʻri boʻlishi 
uchun soʻz tanlash va nutq logikasi katta ahamiyatga ega. 


24 
Yuqorida sanab oʻtilgan talablar oʻzaro bir-biri bilan uzviy bogʻliq 
boʻlib, maktab ishlari tizimida kompleks ravishda amalga oshiriladi. 
Ularning barchasi boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tegishli boʻlib, ularga 
rioya qilish oʻrta maktabga qoldirilmasligi kerak. 
Nutq oʻstirish - ongli oʻqishni, soʻzlash va yozishga oʻrgatishni, til 
haqida oʻquvchilarning yoshi va tushunchasiga mos boʻlgan bilim 
berishni, ularning lugʻat boyligini oshirishni, boshqalarning nutqiga 
e’tibor va qiziqishni oʻstirish, kitob oʻqishga muhabbat uygʻotishni 
koʻzda tutadi. 
Boshlangʻich sinf, ona tili darslarida olib boriladigan barcha 
mashgʻulotlarning yetakchi oʻrni nutq oʻstirish boʻlib, u savod 
oʻrgatish, chiroyli yozish koʻnikmalarini shakllantirish va fikrlash 
doirasini kengaytirish vazifalarini oʻz ichiga oladi. Bu darslarda 
koʻproq amaliy maqsadlarni koʻzlash, til boyliklaridan nutqda 
foydalanish malakalarini shakllantirish, ijodiy fikrlash, oʻquvchilarning 
til sezgirligini tarbiyalash lozim. Ularning ogʻzaki nutqini muntazam 
oʻstirib borish bogʻanishli nutq, matn tuzishlarda amaliy yordam beradi. 
Ma’lumki, bu vazifalarni amalga oshirish yoʻllari xilma-xildir. 
Savod oʻrgatish darslarida amaliy mashgʻulatlarga keng oʻrin 
berish va malakalarni singdirishda qiziqarli va jonli narsalardan, 
texnika vositalaridan, turli oʻyin va oʻyin turidagi mashqlardan 
foydalanish samarali natijalar beradi. Darslikka doir hikoyalar, ertaklar, 
she’r va maqollardagi notanish soʻzlar oʻqib yoki eshittirib 
tushuntiriladi. Masalan, “Kim sezgir”, “Bu nima”, “Nomini ayt” 
oʻyinlari. 
Mashqning bu turlari oʻquvchilarga yangi harf oʻrgatilgandan 
keyin uni qay darajada oʻzlashtirilganliklarini sinash va mustahkamlash 
maqsadida oʻtkaziladi. 
Oʻqituvchi doskaga oʻrnatilgan harflarni ma’lum bir tartibda teradi 
va uni oʻqigach, oʻquvchilarga ham navbat bilan oʻqitadi. Soʻngra 
bolalarga sezdirmay ayrim harflar almashtirib qoʻyiladi. Bunda 
oʻquvchilarning sezgirligi, topqirligi baholanib, ragʻbatlantiriladi. 
 
Nutq fikrni bayon etish vositasi boʻlibgina qolmay, uni 
shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini 
bajaradi, uni oʻstirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin