Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

28 
TOPSHIRIQ 
Quyidagi namunadan foydalanib nutq oʻstirish haqida “Idrok 
xaritasi” tuzing. 


29 
MAVZU: LUGʻAT USTIDA ISHLASH 
REJA: 
1. Maktabda lugʻat ustida ishlashning asosiy yoʻnalishlari.
2. Soʻz ma’nosini tushuntirish metodikasi.
3. Oʻqish, badiiy asarni qayta hikoyalash, materialni oʻrganish, 
bayon va inshoga tayyorlanish bilan bogʻliq holda oʻquvchilar nutqini 
faollashtirish yoʻllari.
 
Tayanch tushunchalar: lugʻat, soʻz ma’nosi, lugʻat ustida ishlash, 
oʻqish darslari, qayta hikoyalash, nutq oʻstirish, lugʻat turlari, faol 
lu’gat, passiv lugʻat, ichki lugʻat, tashqi lugʻat.
ADABIYOTLAR 
1. Qosimova K., Matchonov S., Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., 
Sariyev Sh. Ona tili oʻqitish metodikasi. -T.: “Noshir”, 2009. - 163 b. 
2. Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H., 
Masharipova U., Sattorova X. Husnixat va uni oʻqitish metodikasi. -T.: 
TDPU, 2013. - 70 b.
 
3. Karima Qosimova va boshqalar. Ona tili oʻqitish metodikasi. –
Toshkent, 2009. 
4. Nurmatova M. Ifodali oʻqish toʻgaragi. “Til va adabiyot ta’limi”, 
1992-yil. 1-son. 
3. Jalilova M., Ne’matova G. Takrorlash mashgʻulotlarini 
“Topqirlar bellashuvi” tarzida oʻtkazish. “Til va adabiyot ta’limi”, 
1994-yil 2-3 qoʻshma sonlari. 
4. Tolibova J.O. Pedagogik texnologiyalar – doʻstona muhit 
yaratish omili. -T., 2005. 
5. Bakiyeva H, Ahmedova N., Azizova N., Nosirova D., 
Teshaboyeva B., Ismoilova U., Egamberdiyeva B. Savodga oʻrgatish 
darslari.-T.: “Extremumpress”, 2014. -119 b. 
6. Safarova R., Inoyatova M. Alifbe. –T.: “Respublika ta’lim 
markazi”, 2021. -80 bet. 
7. Azimova I., Mavlonova K., Quronov S., Tursun Sh. Ona tili va 
oʻqish savodxonligi (1-sinf uchun darslik). –T.: “Yangiyoʻl poligraf 
servis”, 2021. -104 bet. 
8. Azimova I., Mavlonova K., Quronov S., Tursun Sh. Ona tili va 
oʻqish savodxonligi (2-sinf uchun darslik). –T.: “Respublika ta’lim 
markazi”, 2021. -120 bet. 


30 
9. Fuzailov S., Xudoyberganova M., Yoʻldosheva Sh. Ona tili (3-
sinflar uchun darslik). -T.: “Oʻqituvchi”, 2019. -152 bet. 
10. Ikromova R., Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., Shodmonqulov 
D. Ona tili (4-sinflar uchun darslik). -T.: “Oʻqituvchi”, 2020. -160 bet. 
Soʻz tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. Soʻz va soʻz 
birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni 
ifodalaydi. Tilda mavjud boʻlgan barcha soʻz va iboralarning yigʻindisi 
lugʻat tarkibi
yoki 
leksika
deyiladi. Leksikologiya oʻzbek tilining lugʻat 
tarkibini oʻrganadigan boʻlimdir. Leksikologiya lugʻat tarkibidagi 
soʻzlarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati, qoʻllanish faolligi, 
boyib borishi, ba’zi soʻzlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi, 
ma’no koʻchish hodisasi kabilarni oʻrganadi. Shu sababli leksikologiya 
lugʻat ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi. 
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan oʻzaro bogʻlangan, 
mazmunga mos soʻz va soʻz birikmalarining ma’lum izchillikda 
joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lugʻati qanchalik boy va 
rivojlangan boʻlsa, uning nutqi ham shunchalik boy boʻladi; oʻz fikrini 
aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun 
lugʻatning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni 
muvaffaqiyatli oʻstirishning muhim sharti hisoblanadi. 
Hozirgi oʻzbek adabiy tili ulkan lugʻat boyligiga ega. Besh jildlik 
“Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da 80000 dan ortiq soʻz va soʻz birikmasi 
berilgan boʻlib, bular umumiy qoʻllaniladiganlaridir. Bunga oʻzbek 
tilida nashr etilgan turli terminologik lugʻatlarda, oʻzbek tili 
sinonimlari, antonimlari, frazeologik lugʻatlarida va turli izohli 
lugʻatlarda berilgan soʻzlar qoʻshilsa, lugʻat boyligi yana ming-minglab 
oshadi. Bulardan tashqari, juda koʻp soʻzlar koʻp ma’noni bildiradi. 
Masalan, shu izohli lugʻatda bosh soʻzining 40dan ortiq asosiy va 
frazeologizm bilan bogʻlangan ma’noda ishlatilishi berilgan. 
Har qanday tilning boyligi uning soʻzlarida, oʻzbek tili esa oʻzining 
xilma-xilligi bilan butun dunyoga mashhur. Buning yordamida har 
birimiz gaplasha olamiz, oʻz fikrimizni bildira olamiz, oʻzimizni notiq 
sifatida ifoda eta olamiz. Biz tanlagan nutqning goʻzalligi toʻgʻridan-
toʻgʻri bizdagi soʻz boyligimizga bogʻliq. Qanchalik koʻp soʻzlarni 
bilsak, ularni shunchalik tez-tez ishlatamiz, nutqimiz qanchalik yorqin 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin