24
Yuqorida sanab oʻtilgan talablar oʻzaro bir-biri bilan uzviy bogʻliq
boʻlib, maktab ishlari tizimida kompleks ravishda amalga oshiriladi.
Ularning barchasi boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tegishli boʻlib, ularga
rioya qilish oʻrta maktabga qoldirilmasligi kerak.
Nutq oʻstirish - ongli oʻqishni, soʻzlash va yozishga oʻrgatishni, til
haqida oʻquvchilarning yoshi va tushunchasiga mos boʻlgan bilim
berishni, ularning lugʻat
boyligini oshirishni, boshqalarning nutqiga
e’tibor va qiziqishni oʻstirish, kitob oʻqishga muhabbat uygʻotishni
koʻzda tutadi.
Boshlangʻich sinf, ona tili darslarida olib boriladigan barcha
mashgʻulotlarning yetakchi oʻrni nutq oʻstirish boʻlib,
u savod
oʻrgatish, chiroyli yozish koʻnikmalarini shakllantirish va fikrlash
doirasini kengaytirish vazifalarini oʻz ichiga oladi. Bu darslarda
koʻproq amaliy maqsadlarni koʻzlash,
til boyliklaridan nutqda
foydalanish malakalarini shakllantirish, ijodiy fikrlash, oʻquvchilarning
til sezgirligini tarbiyalash lozim. Ularning ogʻzaki nutqini muntazam
oʻstirib borish bogʻanishli nutq, matn tuzishlarda amaliy yordam beradi.
Ma’lumki, bu vazifalarni amalga oshirish yoʻllari xilma-xildir.
Savod oʻrgatish darslarida amaliy mashgʻulatlarga keng oʻrin
berish va malakalarni singdirishda qiziqarli va jonli narsalardan,
texnika
vositalaridan, turli oʻyin va oʻyin turidagi mashqlardan
foydalanish samarali natijalar beradi. Darslikka doir hikoyalar, ertaklar,
she’r va maqollardagi notanish soʻzlar oʻqib yoki eshittirib
tushuntiriladi. Masalan, “Kim sezgir”, “Bu nima”, “Nomini ayt”
oʻyinlari.
Mashqning bu turlari oʻquvchilarga yangi harf oʻrgatilgandan
keyin uni qay darajada oʻzlashtirilganliklarini sinash va mustahkamlash
maqsadida oʻtkaziladi.
Oʻqituvchi doskaga oʻrnatilgan harflarni ma’lum bir tartibda teradi
va uni oʻqigach, oʻquvchilarga ham navbat bilan oʻqitadi. Soʻngra
bolalarga sezdirmay ayrim harflar almashtirib qoʻyiladi.
Bunda
oʻquvchilarning sezgirligi, topqirligi baholanib, ragʻbatlantiriladi.
Nutq fikrni bayon etish vositasi boʻlibgina qolmay, uni
shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini
bajaradi, uni oʻstirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy
Dostları ilə paylaş: