111
yigʻish, oʻtin tayyorlash kabi ishlarda qanday yordamlashganliklari
haqida yozadilar. Sinfda mehnat haqidagi insho muhokama qilinadi.
Bolalar foydali, zaruriy ijtimoiy faoliyat
sifatida mehnatning
mohiyatini tushuntiradilar. Ular har qanday mehnat e’zozlanishini
aytadilar.
Kelajak haqida “
Kim boʻlishni xohlayman?”
mavzusida
tayyorgarliksiz hikoya qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy
kuchga ega.
Juda yaxshi yozilgan inshoni sinfda ifodali oʻqib berish va tahlil
qilish bolalarni tarbiyalaydi. Ba’zi maktablarda bolalar inshosi va hatto
bolalar she’rlari toʻplami tuziladi, yaxshi yozilgan hikoya uchun tanlov
e’lon qilinadi.
Mavzu insho predmeti boʻlib, uning mazmunini tashkil etadi.
Mavzuga qarab inshoda aks ettiriladigan materiallar, dalillar, hodisalar
tanlanadi. Inshoning toʻgʻri va toʻliq boʻlishi oʻqituvchi
mavzuni
qanday shakllantirishi, oʻquvchilar uni qanday tushunishlariga bogʻliq.
Insho ustida ishlashda mavzu tanlash, uni rejalashtirishda esa
ogʻzaki va yozma insho mavzusini belgilab olish muhim rol oʻynaydi.
Oʻquvchilar mavzuni yoritishga 1-sinfdan boshlab oʻrganadilar.
Ular mavzuga oid gap tuzadilar. Masalan, oʻzining oilasi, kun tartibi,
bahor bayramlari, uy hayvonlari haqida gap tuzadilar.
Keyin savollar
asosida bir mavzuga oid bir necha gap tuzib, uni yozadilar. Insho uchun
iloji boricha tor − aniq chegaralash mumkin boʻlgan mavzuni tavsiya
qilish foydali.
“Salomatlik”
mavzusi oʻquvchilar uchun juda keng
mavzu boʻlib, bunda oʻquvchi, umuman, salomatlik haqida, sogʻliq
uchun foydali
ishlar haqida yozishi mumkin, lekin gaplarning
chegarasini aniq bilmaydi. Oʻquvchilarga salomatlikka oid
“Spot –
sogʻlik garovi”, “Mikroblardan ehtiyot boʻling”, “Foydali oziq-ovqat
mahsulotlari”, “Ozoda yurishning foydasi”
kabi
mavzularni tavsiya
qilish mumkin.
Ogʻzaki va yozma insho ustida ishlashda mavzu berib, uni
yoritishni talab qilishdan tashqari, avval material toʻplash
va shu
yigʻilgan materiallar asosida mavzuni shakllantirishni tavsiya qilish
ham mumkin. Mavzuni yoritish uchun oʻquvchilarga topshiriqlar
beriladi. Masalan, “Mikroblar va bakteriyalar”
mavzusida insho yozish
uchun: Mikroblar va bakteriyalar nima? Ular qayerlarda boʻladi?
Dostları ilə paylaş: