Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
137
— Siz ularni taniysizmi? 
— Hammalarini, — deb javob qildi malla. 
— Ayting-chi, — deb Margarita gap boshlagan edi, ovozi xirillab chiqdi, — ularning orasida 
tanqidchi Latunskiy yo‘qmi? 
— Nega endi bo‘lmas ekan? — deb javob qildi malla, — ho‘v ana, to‘rtinchi qatorda, chekkada 
ketyapti. 
— Anavi sariq sochmi? — so‘radi Margarita ko‘zlarini suzib tikilarkan. 
— Kul rang soch... Qarang, ana, ko‘zini osmonga tikyapti. 
— Paterga
21
o‘xshaganmi? 
— Ha, topdingiz! 
Margarita Latunskiyga tikilib qoldi va boshqa hech gap so‘ramadi. 
— Fahmimcha, siz, — dedi malla jilmayib. — Latunskiyni yomon ko‘radiganga o‘xshaysiz. 
— Men yana ba’zi birovlarni yomon ko‘raman, — dedi Margarita tishlarini gijir qilib, — lekin 
bularni gapirib o‘tirishning qizig‘i yo‘q. 
Bu payt dafn marosimi joyidan qo‘zg‘aldi, piyodalar orqasidan aksariyati bo‘sh avtomobillar 
karvoni tizilib borardi. 
— Ha, albatta, nimasiyam qiziq buning, Margarita Nikolaevna! 
Ajablangan Margarita yalt etib qaradi: 
— Siz meni taniysizmi? 
Malla odam javob berish o‘rniga boshidan kotelok-shlyapasini oldi va shu shlyapa ushlagan qo‘lini 
yonga cho‘zib ta’zim qildi. 
«Basharasidan g‘irt qaroqchining o‘zi!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Margarita hamsuhbatining 
yuziga tikilib qararkan. 
— Men sizni tanimayman, — dedi Margarita quruqqina qilib. 
— Axir qayoqdan tanirdingiz meni! Darvoqe, meni ish bilan yuborishgan edi huzuringizga. 
Margaritaning rangi quv o‘chib, orqaga tashlandi. 
— Gapni to‘g‘ri shunday boshlash kerak edi, — dedi u, — allaqanday kesilgan kalla haqida 
valdirab o‘tirmasdan! Siz meni qamoqqa olmoqchimisiz? 
— Aslo, — dedi malla, — qiziq ekansiz-u: faqat qamoqqa olish uchun suhbatlashadimi odam 
degan? Sizda ishim bor, xolos. 
— Tavba, qanaqa ishingiz bo‘lishi mumkin menda? Malla atrofga bir qarab olib, sirli ohangda dedi: 
— Sizni bugun kechqurun mehmondorchilikka taklif qilishyapti, shuni aytgani keldim. 
— Nima deyapsiz o‘zi, kim ekan o‘sha mehmondo‘st? 
— Juda mashhur bir ajnabiy, — dedi malla ma’nodor qilib ko‘zlarini suzarkan. 
Margarita judayam achchig‘lanib ketdi. 
— Qo‘shmachilarning yangi toifasi — ko‘cha qo‘shmachisi paydo bo‘liptida endi, — dedi u 
ketmoqchi bo‘lib o‘rnidan turarkan. 
— E, o‘rgildim bergan topshiriqlaridan! — dedi malla xafa bo‘lib va uzoqlab ketayotgan Margarita 
orqasidan to‘ng‘illadi: — Esi past xotin! 
— Ablah! — deb javob qaytardi Margarita orqasiga o‘girilib va xuddi shu mahal mallaning ovozini 
eshitdi. 
— O‘rta yer dengizi yoqdan bostirib kelgan zulmat prokurator yoqtirmaydigan shaharni burkab 
oldi. Jomeni Antoniy minorasi bilan ulagan muallaq ko‘priklar g‘oyib bo‘ldi. Azim shahar Yershalaim 
go‘yo hech qachon dunyoda bo‘lmaganday ko‘zdan yo‘qoddi... Siz ham daf bo‘ling o‘sha kuyuk 
daftaringizu qurigan atirgulingiz bilan birga! Shu skameykada sho‘ppayib o‘tirib, meni ozod et, erkin 
nafas olib, yashashimga imkon ber, xotiramdan faromush bo‘l, deb undan iltijo qilavering! 
21
Pater – katolik dini ruhoniysi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin