Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
175
ping‘illadi Azazello. 
Shu payt mushukning darg‘azab pishqirgani eshitildi. Margarita esa: 
— Jodugarning tirnoqlarini tatib ko‘r! — deb chinqirganicha Aloiziy Mogarichning yuziga chang 
soldi. 
To‘s-to‘polon ko‘tarildi. 
— Nima qilyapsan? — iztirob bilan qichqirdi usta, — Margo, isnodga qo‘yma o‘zingni! 
— Men qarshiman, bu isnod emas, — deb baqirdi mushuk. 
Margaritani Korovyov ajratib oldi. 
— Men vanna o‘rnatganman, — deb chinqirardi afti-angori qonga bo‘yalgan Mogarich, tishlari 
takillab, keyin allaqanday bema’ni gaplarni javray boshladi, — bitta oqlashning o‘zi... keyin, kuporos... 
— Judayam yaxshi bo‘ptida vanna o‘rnatganing, — dedi Azazello ma’qullab. — U vanna olishi 
kerak, — so‘ng qichqirdi: — Daf bo‘l! 
Shunda Mogarichning oyog‘i osmondan keldiyu yotoqxonaning ochiq derazasidan uchib chiqib 
ketdi. Ko‘zlari baqrayib qolgan usta pichirlardi: 
— O, bunisi endi Ivan hikoya qilgan voqealardan ham g‘aroyibroq bo‘ldi-ku! — u tamomila 
hayratga kelib, atrofiga olazarak qararkan, nihoyat mushukka yuzlanib dedi: — Ma’zur tutasiz... sen... 
sizmidingiz... — u mushukni «sen»lashni ham, «siz»lashni ham bilolmay esankirab qoldi, — 
sizmidingiz tramvayga chiqqan o‘sha mushuk? 
— Men edim, — dedi mushuk mamnuniyat bilan va ilova qildi: — Mushuk zotiga shunday 
xushmuomalalik bilan murojaat qilishingiz qanday yaxshi. Odatda mushuklarni, negadir, «sen»lashadi, 
garchi dunyoda bironta ham mushuk hech bir kimsa bilan qiyomatli do‘st tutunmagan bo‘lsa ham. 
— Mening nazarimda siz mushukka unchalik o‘xshamayapsiz, — dedi usta ikkilanib, so‘ng 
Volandga o‘girilib qimtinibgina ilova qildi: — Baribir hali kasalxonada meni qidirib qolishadi. 
— Be, nega endi qidirishar ekan! — deb yupata boshladi Korovyov, shunda uning qo‘lida birdan 
qandaydir qog‘ozlar, daftarlar paydo bo‘ldi, — shu xastalik varaqasi siznikimi? 
— Ha. 
Korovyov qog‘ozlarni olov yonib turgan kaminga tashladi. 
— Hujjat yo‘q, demak, odam ham yo‘q, — dedi Korovyov mamnuniyat bilan, — bu — sizni 
ijaraga qo‘ygan odamning uy daftari bo‘lsa kerak. 
— Ha-a... 
— Kim qayd qilingan bu daftarga? Aloiziy Mogarichmi? — Korovyov uy daftarining sahifasiga 
pufladi, — vassalom, endi u yo‘q, keyin, shuni bilginki — bo‘lgan ham emas. Mabodo, uy sohibi sizni 
ko‘rib ajablangudek bo‘lsa, Aloiziy tushingizga kirgan, deb ayting unga. Mogarich? Qanaqa 
Mogarich? Hech qanaqa Mogarich bo‘lmagan. — Shu payt Korovyovning qo‘lidagi bog‘ichli uy 
daftari birdan g‘oyib bo‘ldi. — Mana endi u uy egasining stoli g‘aladonida yotipti. 
— Siz to‘g‘ri aytdingiz, — dedi Korovyovning bu qadar puxta ishlashidan hayratga kelgan usta, — 
baski hujjat yo‘q ekan, demak, odam ham yo‘q. Mana, aynan men yo‘qman, chunki menda hujjat yo‘q. 
— Meni kechirasiz, — deb chinqirib yubordi Korovyov, — qoraxayol
26
deganimiz xuddi mana shu 
bo‘ladi, mana sizning hujjatingiz, — shunday deb Korovyov ustaga hujjat uzatdi. So‘ng ko‘zlarini 
shiftga tikkancha Margaritaning qulog‘iga muloyim ohangda pichirladi: — Mana bu esa, sizning 
buyumlaringiz, Margarita Nikolaevna, — shunday deb u Margaritaga chetlari kuygan daftar, 
qovjiragan gul va fotografiya uzatdi, ayni paytda unga g‘oyat ehtiyotkorlik bilan omonat daftarcha ham 
berdi, — bu yerda o‘zingiz qo‘ygan o‘n ming so‘m, Margarita Nikolaevna. Bizga birovning haqi kerak 
emas. 
— Mening panjam shol bo‘lsa bo‘ladi, ammo birovning narsasiga aslo tegmayman, — dedi mushuk 
kekkaygancha va badbaxt romanning hamma nusxasini bosib toy qilmoqchi bo‘lganday, chamadon 
26
Qoraxayol — yo‘q narsaning ko‘zga ko‘rinishi, gallyutsinatsiya 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin