Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   244
Usta va Margareta

Yigirma oltinchi bob 
 
DAFN
Ehtimol, mana shu qosh qoraya boshlagani prokuratorning chehrasida keskin o‘zgarish yuz 
berganiga sabab bo‘lgandir. U shu bir zumning o‘zida go‘yo qarib, munkayib qolgandek bo‘ldi, buning 
ustiga, vahimaga tushib, bezovta bo‘la boshladi. U bir marta orqasiga o‘girilib, suyanchig‘iga plash ilib 
qo‘yilgan bo‘sh kresloga ko‘zi tushdi-yu, negadir ssskanib ketdi. Bayram tuni kirib kelayotgan va 
kechki ko‘lankalar o‘z o‘yinini boshlagan edi, kim bilsin, shuning uchun ham charchagan 
irokuratorning ko‘ziga bo‘sh kresloda birov o‘tirganday bo‘lib ko‘ringandir. Prokurator qo‘rqib ketib, 
plashni paypaslab ko‘rdi, so‘ng o‘rnidan turib, balkonda u yokdan-bu yoqqa tinmay tanda qo‘yarkan, 
goh qo‘llarini bir-biriga ishqalar, goh xontaxtaga yaqin kelib, qo‘liga qadah olar, goh yurishdan taqqa 
to‘xtab, polga terilgan rang-barang koshinlar orasida qandaydir sirli yozuvlarni o‘qimoqchi 
bo‘lganday, ularga ma’nosiz tikilib turardi. 
Shu bugunning o‘zida uning ikkinchi marta yuragi g‘ash bo‘la boshladi. U ertalabki jahannamiy 
dardning asoratidan endi xiyolgina simillab, zirqirab turgan chakkasini ishqalarkan, ne sababdan 
bunchalik ruhiy iztirob chekayotganini anglashga urinardi. Garchi buni u tezda fahmlab olgan bo‘lsa 
ham. o‘zini chalg‘itishga urinib ko‘rdi. Bugun kunduzi nimanidir butkul boy berib qo‘ygani unga 
kunday ravshan edi, endi ana shu xatosini u qandaydir ikir-chikir, eng muhimi kechikkan harakatlar 
bilan tuzatmoqchi. Prokurator o‘z-o‘zini aldab, mana shu, hozirgi, kechqurungi raftorlarini ertalabki 
hukm kabi muhim deb o‘ziga-o‘zi ukdirmoqchi bo‘lar edi. Ammo bu urinishlari zoe ketayotgan edi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
188
U balkonda u yokdan-bu yoqqa tanda qo‘yarkan, burilayotib taqqa to‘xtadi va hushtak chaldi. 
Hushtakka javoban zulmat ichidan itning irillagani eshitildi va tuklari bo‘zrang, quloqlari uchli
bo‘ynidagi tasmasiga oltin nishonlar taqilgan bahaybat bir ko‘ppak bog‘dan otilib kirdi. 
— Banga, Banga, — deb chaqirdi prokurator hazin ovoz bilan. 
Ko‘ppak orqa oyoqlarida turib, oldingi oyoqlarini egasining yelkasiga qo‘ydi (Pilat gandiraklab 
ketdi) va uning yuzini yaladi. Prokurator kresloga o‘tirdi. Banga tilini osiltirib, halloslab nafas olarkan, 
o‘z sohibining oyog‘i ostiga yotdi, ayni paytda, bu dovyurak ko‘ppakning ko‘zlaridagi quvonch 
alomati, u qo‘rqadigan dunyodagi yagona narsa — momaqaldiroqning tugaganini, shuningdek bu 
yerda, o‘zi sevgan, e’zozlagan va dunyodagi barcha odamlarning hukmdori — eng qudratli inson deb 
hisoblagan odamning (shular tufayli ko‘ppak o‘zini ham eng imtiyozli, sarbaland va g‘ayrioddiy xilqat 
deb hisoblardi) yonida yotganligidan mag‘rurlanayotganligini ifodalardi. Lekin garchi ko‘ppak o‘z 
sohibining poyida uning chehrasiga emas, zulmat pardasiga burkanayotgan boqqa qarab yotgan bo‘lsa 
ham, egasining boshiga og‘ir kulfat tushganligini darhol payqadi. Shunda u yotgan yeridan turib
sohibining biqiniga o‘tdi-da, oldingi oyoqlari bilan boshini prokuratorning tizzasiga qo‘ydi va bu bilan 
uning plashi etagini ho‘l qum zarralari bilan bulg‘adi. Chamasi, Banga o‘zining bu raftori bilan 
sohibiga tasalli bermoqchi va uning dardiga sherik bo‘lishga tayyor ekanligini bildirmoqchi edi. Bu 
niyatini u sohibiga qiyo boqqan ko‘zlarida va chimirilgan quloqlarida ifoda etgan edi. Ular ikkovi — 
bir-biriga mehr qo‘ygan ko‘ppak bilan inson bayram oqshomini shu zaylda balkonda qarshi oldilar. 
Bu asnoda prokuratorning mehmoni o‘z yog‘iga o‘zi qovrilib shahar kezardi. U balkon poyidagi 
bog‘ning yuqori sahnini tark etib, zinadan pastki hovliga tushdi. O‘ng tomonga burilib, qasr ichiga 
joylashgan kazarmalar oldiga chiqdi. Bayram munosabati bilan prokurator boshchiligida Yershalaimga 
kelgan o‘sha ikki kenturiya qo‘shin, shuningdek, prokuratorning mazkur mehmon ixtiyoriga 
topshirilgan xufiya soqchilari shu kazarmalarga joylashtirilgan edi. Mehmon bu kazarmalarda, nari 
borsa, o‘n daqiqacha bo‘ldi, ana shu o‘n daqiqadan so‘ng bu kazarma hovlisidan yer kavlash asboblari 
va bir bochka suv ortgan uchta arava chiqib ketdi. Aravalarni kul rang plash kiygan o‘n besh nafar 
suvori kuzatib borardi. Aravalar va suvorilar qasrning orqa darvozasidan chiqib, g‘arb tomon yo‘l 
oldilar, shahar darvozasidan chiqqach esa so‘qmoq yo‘l bilan avvaliga Vifleem yo‘liga tushib, 
shimolga yurdilar. Hevroniya darvozasi yaqinidagi chorrahaga yetishgach, kunduzi o‘limga hukm 
qilinganlar olib o‘tilgan Yaffa yo‘lidan yurib ketdilar. Bu payt qorong‘i tushgan va ufqda oy balqigan 
edi. 
Aravalar suvorilar kuzatuvida jo‘nab ketgach, sal vaqt o‘tar-o‘tmas endi egniga eski qora libos 
kiyib olgan boyagi mehmon ham ot minib qasrdan chiqib ketdi. Lekin mehmon shahar tashqarisiga 
emas, shahar ichiga yo‘l oldi. Yana bir oz fursatdan keyin uni shaharning shimoliga, buyuk jomening 
yonginasiga joylashgan Antoniy qasriga kirib borayotganini ko‘rish mumkin edi. Mehmon qasrda ham 
ko‘p bo‘lmadi, keyin uni Quyi Shaharning «gadoy topmas» qipg‘ir-qiyshiq, tor ko‘chalarida 
uchratishdi. Bu yoqqa u endi xachir minib kelgan edi. 
Mehmon shaharni yaxshi bilar edi, shuning uchun o‘zi istagan ko‘chani darrov topa qoldi. Bu 
ko‘chaning nomi— Yunoniy edi, chunki u yerda yunonlarning bir necha do‘koni, shu jumladan, bitta 
gilam do‘koni ham bor edi. Mehmon aynan shu do‘kon oldida to‘xtab, xachirdan tushdi va uning 
tizginini darvoza halqasiga bog‘ladi. Do‘kon yopilgan edi. Mehmon do‘kon yonidagi eshikdan bir 
mo‘‘jazgina, chor qirra hovliga kirdi, holli atrofiga «P» shaklida omborxonalar qurilgan edi. Mehmon 
hovli muyulishidan o‘tib, o‘zini bir xonadonning oldi pechakgullar bilan to‘silgan peshayvoni oldida 
ko‘rdi va atrofiga olazarak bo‘lib qaradi. Uy ham, omborxonalar ham hali chiroq yoqilmaganligidan 
qop-qorong‘i edi. Mehmon past ovoz bilan chaqirdi: 
— Niza! 
Shu payt eshik «g‘iych» etib ochilib, kechki g‘ira-shirada yuziga chodra tutmagan bir juvon 
peshayvonda paydo bo‘ldi. U kelgan odamning kimligini bilmoq maqsadida yuragi taka-puka bo‘lib, 
peshayvon panjarasi osha engashdi. So‘ng kelgan odamni tanib, jilmayib qo‘ydi, bosh irg‘atib, qo‘l 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin