www.ziyouz.com kutubxonasi
82
o‘tgan yili Pontiy haqida roman yozgan edim.
— Siz yozuvchimisiz? — ajablanib so‘radi shoir. Mehmonning rangi quv o‘chib ketdi, shoirga
musht do‘laytirib qo‘yib, so‘ng dedi:
— Mep ustaman, — u xo‘mrayib xalatining cho‘ntagidap tamomila yog‘ bosib ketgan bir
shapkacha oldi, unga sariq ipak bilan «M»
12
harfi tikilgan edi. U shapkachani boshiga kiydi va usta
ekanligini isbotlash maqsadida ham yonlamasiga, ham yuzma-yuz turib, o‘zini Ivanga ko‘rsatdi. —
Buni menga sevgilim tikib bergan edi, — deb sirli ravishda ilova qildi u.
— Familiyangiz nima?
— Familiyam yo‘q endi, — ma’yus nafrat bilan javob qildi bu g‘alati mehmon. — Men
familiyamdan, shuningdek, barcha hayotiy narsalardan voz kechganman. So‘ramang familiyamni.
— Bo‘lmasa, romaningiz haqida gapirib bering, — dedi Ivan muloyim ohangda.
— Jonim bilan. Hayotim, chindanam, unchalik oddiy emas, — deb hikoya qila boshladi mehmon.
... U ma’lumoti bo‘yicha tarixchi bo‘lib, bundan ikki yil muqaddam, Moskva muzeylaridan birida
xizmat qilar, bundan tashqari tarjimonlik bilan ham shug‘ullanarkan.
— Qaysi tildan? — so‘radi Ivan qiziqsinib.
— Men ona tilimdan boshqa yana beshta tilni bilaman, — javob qildi mehmon, — ingliz, frantsuz,
nemis, lotin va yunon tilini. Keyin, yana italyancha ham sal-pal o‘qiy olaman.
— Voy bo‘-o‘! — pichirladi Ivan hasad bilan.
U so‘qqabosh bo‘lib yasharkan, hech yerda hech bir qarindoshi, Moskvada deyarli bironta ham
tanishi io‘q ekan. Buni qarangki, bir kun u zayomdan yuz ming so‘m yutipti.
— Qanday tang qolganimni bir tasavvur qiling-a, — derdi pichirlab qora shapkacha kiygan
chehmon, — kir solingan savatga qo‘l tiqsam, qo‘limga obligatsiya ilindi: uni gazetaga solishtir-dimu
hang-mang bo‘lib qoldim — nomeri gazetadagi nomer bilan bir xil edi! Uni menga muzeyda
Gyurishgan edi, — deb izohladi u.
Bu alomat mehmon yuz ming so‘mlik yutuqni olgach, juda ko‘p kitob sotib olipti,
Myasnitskayadagi xonasini tashlab...
— O‘, ming la’nat o‘sha gurbatxonaga! — deya xirilladi mehmon.
... Arbat yaqinidagi bir tor ko‘chada xususiy tarzda imorat qurgan odamning bog‘chasida turgan
kichkina uyning podvalidan ikki xonani ijaraga olgan. Keyin ishdan bo‘shab, Pontiy Pilat haqida
roman yozishga kirishgan.
— Oh, u paytlar — oltin davr edi, — deb pichirladi mehmon ko‘zlari chaqnab, — alohida kvartira
deng, yana dahliziyam bor, dahlizda suv jo‘mragi, jo‘mrak ostida chanoq, — negadir, u ayniqsa shu
so‘zga urg‘u berib, mag‘rurlanib gapirdi, — ko‘cha eshikdan boshlangan yo‘lka mo‘‘jazgina
derazalarimning shundoqqina oldidan o‘tardi, Ro‘parada, to‘rt qadamgina narida, devor tagida nastarin,
jo‘ka va zarang daraxtlari o‘sardi. Oh... oh... oh! Qishda men derazadan odamlarning qorda «g‘arch-
g‘urch» yurgan oyoqlarini kam ko‘rar, tovushlarini kam eshitar edim. Pechkamda muttasil lang‘illab
olov yonib turardi! Lekin birdan bahor kirib keldi-yu, derazamning xira oynalari orqali men avvaliga
yalang‘och, so‘ngra asta-asta yashil libos kiya boshlagan nastarin butalarini ko‘rdim. Ana shunda,
ya’ni o‘tgan yili bahorda yuz ming so‘mlik yutukdan ham dilraboroq voqea sodir bo‘ldi. Vaholanki,
fikrimga qo‘shilarsiz, yuz ming — bu juda katta boylik!
— Bu to‘g‘ri, — e’tirof etdi uning gapini diqqat bilan tinglayotgan Ivan.
— Men, derazani ochib mo‘‘jazgina ikkinchi xonamda o‘tirardim, — mehmon qo‘li bilan o‘lchab
ko‘rsata boshladi, — mana... bu yerda divan, ro‘parasida ikkinchi divan, divanlar oralig‘ida stolcha,
uning ustida chiroyli shamchiroq, derazaga yaqin yerda kitoblar, buyoqda esa, kichkina yozuv stoli,
birinchi xonamda — u judayam katta, o‘n to‘rt metr edi, — tog‘-tog‘ kitobu pechka bor edi. Oh,
jihozlarim qanday zo‘r ediya!
12
«M» - «Master» («usta») so‘zining birinchi harfi.