Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
89
— Sen... sen? — dedimu tovushim chiqmay qoddi, keyin ikkovimiz pastga otiddik. U dahlizda 
paltosini yechib tashladi, so‘ng biz birinchi xonaga o‘kday otilib kirdik. U ohista chinqirib yuborib, 
yalang‘och qo‘lini shartta pechkaga tikdida, endi ostidan alanga ola boshlagan oxirgi dasta 
qo‘lyozmani tortib olib polga tashladi. Shu zahoti butun xona tutunga to‘ldi. Men oyoqlarim bilan 
tepib olovni o‘chirdim, u esa o‘zini divanga otib, o‘pkasi to‘lib, yum-yum yig‘lay boshladi. 
U axiri tinchidi, men gap boshladim: 
— Ko‘rarga ko‘zim yo‘q bu romanni, men qo‘rqaman. Betobman. Meni dahshat qamrab olyapti. 
U o‘rnidan turib o‘tirib, gapga kirdi. 
— Voy, xudoyim, kasal bo‘lib qopsan-u. Nega endi, nega axir? Baribir seni darddan forig‘ qilaman, 
seni qutqaraman. Bu qanday bedodlik? 
Men uning tutun va yig‘idan shishgan ko‘zlarini ko‘rdim, peshanamni silay boshlagan muzdek 
qo‘llarini his qildim. 
— Men seni davolab tuzataman, tuzataman, — deb g‘o‘ldirardi u yuzini yelkamga qo‘yib, — sen 
hali uni yana tiklaysan. Nega, nega bir nusxasini o‘zim saqlab qo‘ymadim! 
U darg‘azab qiyofada tishlarini irjaytirdi, yana allanimalarni gapirdi. Keyin lablarini chirt yumib 
olib, kuygan varaqlarni terib, tekislay boshladi. Bu — roman o‘rtasidagi bir bob edi. U kuygan 
varaqlarni avaylab taxlab qog‘ozga o‘radida, ustidan lenta bilan bog‘ladi. Uning butun xatti-harakatida 
qat’iyat mavjud edi, o‘zini qo‘lga olib olganligi yaqqol ko‘rinib turardi. U vino so‘rab, ichib oldi-da, 
keyin ancha bamaylixotir gapira boshladi. 
— Aldamchilik bilan yashashning oqibati shunaqa voy bo‘ladi, — derdi u, — bo‘ldi, endi hech 
aldamayman. Hoziroq sen bilan qolgan bo‘lardim-u, lekin bu tarzda ish tutishni xohlamayman. Uyidan 
tunda qochib ketganimni u doim alam bilan eslab yurishini istamayman. U menga hech qachon, hech 
qanday yomonlik qilmagan. Uni hozir to‘satdan chaqirtirib qolishdi, zavodlarida yong‘in bo‘lganmish. 
Lekin u hademay qaytib keladi. Men u bilan ertaga gaplashaman, boshqa odamni sevaman, deb 
aytaman unga, keyin butunlay sening yoningga kelaman. Qani, ayt, balki bunday qilishimni 
xohlamassan? 
— O, bechoraginam, — dedim unga, — bunday qilishingga yo‘l qo‘ymayman. Ahvolim yana 
mushkullashadi, shu bois seni ham men bilan birga nobud bo‘lishingni xohlamayman. 
— Faqat shu sababmii? — deb so‘radi u ko‘zlarini ko‘zimga yaqin olib kelib. 
— Faqat shu. 
U birdan ruhlanib ketdi, bo‘ynimdan quchib meni bag‘riga bosgancha dedi: 
— Unda men ham sen bilan birga nobud bo‘laman. Ertalab qaytib kelaman. 
Mana, hayotimda eslab qolganim oxirgi manzara — qiya ochilgan dahliz eshigidan tushgan 
yorug‘da uning hilpiragan soch tolasi, boshidagi beret va jur’at to‘la ko‘zlari. Yana ostonada uning 
qora ko‘lankasiyu qog‘ozga o‘ralgan oq tugunchak ham xotiramda qolgan. 
— Seni kuzatib qo‘ygan bo‘lardim-u, lekin yolg‘iz qaytib kelishga majolim yo‘q, qo‘rqaman. 
— Qo‘rqma. Yana bir necha soat sabr qil. Ertaga ertalab yoningda bo‘laman. — Bu uning 
hayotimdagi oxirgi so‘zlari bo‘ldi. 
— Tss! — deb bemor birdan o‘z so‘zini bo‘ldi-yu, barmog‘ini ko‘tardi, — bugun oydin tun juda 
beorom. 
U balkonga chiqib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ivan koridordan aravacha g‘ildirab o‘tganini, kimningdir 
piqillab yig‘lagani yo zaifgina chinqirganini eshitdi. 
Hammayoq tinchigandan keyin mehmon yana qaytib keldi va 120-xonaga odam joylashtirilganini 
xabar qildi. Olib kelingan odam nuqul boshimni qaytarib beringlar, deb yolborarmish. Suhbatdoshlar 
avvaliga bezovta bo‘lishib jim o‘tirishdi, keyin ko‘ngillari joyiga tushgach, bo‘lingan suhbatni davom 
ettirishdi. Mehmon endi gapga og‘iz juftlagan edi... lekin bugungi tun chindanam notinch edi — 
hamon yo‘lakdan g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovoz eshitilardi. Oqibat, mehmon gaplarini eshitilar-eshitilmas 
pichirlab Ivanning qulog‘iga ayta boshladiki, uning: 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin