Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
97
— deb hayajon bilan davom etdi Nikonor Ivanovich ko‘ylagining tugmalarini goh qadab, goh yechib, 
goh cho‘qinib, — to‘g‘ri, olganman! Olganman, lekin o‘zimizning sovet puli bilan olganman! To‘g‘ri, 
pul olib propiska qilganman, bo‘ynimga olaman. Ammo kotibimiz Prolejnev ham qolishmaydi, u ham 
anoyilardanmas! Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, uy boshqarmasidagilarning hammasi o‘g‘ri. Lekin 
valyuta olmaganman! 
— Maynavozchilikni bas qilib, dollarni ventilyatsiya tuynugida qayoqdan paydo bo‘lganini gapirib 
oering! — deb Nikonor Ivanovichdan iltimos qilishgan edi, u tiz cho‘kib o‘tirib, og‘zini katta ochdi-da, 
xuddi parket taxtasini yutib yubormoqchi bo‘lganday, engashdi. 
— Xohlasangiz, — deb po‘ng‘illadi u, — olmaganman deb qasam ichib, tuproq yeyishga ham 
tayyorman. Lekin Korovyov — shayton. 
Har qanday sabr-toqatning ham chegarasi bo‘ladi, stol ortida o‘tirganlar Nikonor Ivanovichga, bas 
bo‘ldi, odamga o‘xshab gapiring, deb qattiqroq gapira boshlashdi. 
Shunda Nikonor Ivanovich o‘rnidan sapchib turib ketib, o‘sha divan qo‘yilgan xonani boshiga 
ko‘targudek vahshiyona chinqirdi: 
— Ana u! Ana, shkaf orqasida turipti! Masxara qilib kulyapti! Pensnesiyam o‘sha... Ushlanglar uni! 
Isiriq tutatinglar! 
Nikonor Ivanovichning rangi quv o‘chib ketdi, u dag‘-dag‘ titragancha bo‘shliqni cho‘qintirar, 
g‘izillab eshik oldiga borib, yana orqasiga qaytar, allaqanday duo so‘zlarini ifoda bilan o‘qirdi, 
nihoyat, u mutlaqo tuturiqsiz gaplarni aljiy boshladi. 
Nikonor Ivanovichdan biron bama’ni gap chiqmasligi ayon bo‘ldi. Uni olib chiqib ketib, alohida 
xonaga joylashtirishdi, u sal tinchidi, ammo piqillab yig‘lagancha, tinmay ibodat qila boshladi. 
To‘g‘ri, Sadovaya ko‘chasigayam borib kelishdi. 50-kvartiraga ham kirib chiqishdi. Lekin u yerda 
hech qanaqa Korovyovni uchratishmadi, alalxusus, u uyda istiqomat qiluvchilardan hech kim 
Korovyov degan odamni tanimas ham, ko‘rmagan ham ekan. Marhum Berlioz bilan hozir Yaltaga 
jo‘nab ketgan Lixodeev yashab turgan kvartirada hech zog‘ yo‘q edi, kabinetdagi shkaflarga osilgan 
surg‘uchli muhrlar o‘z joyida osilib turardi. Shundan so‘ng tekshirgani kelganlar yana qaytib ketishdi, 
ayni paytda uy boshqarmasining kotibi, ruhi tushib gangib qolgan Prolejnev ham ular bilan jo‘nab 
ketdi. 
Kechqurun Nikonor Ivanovichni Stravinskiyning shifoxonasiga eltib qo‘yishdi. U yerda bemor 
betinch bo‘lib, shu qadar quturdiki, natijada Stravinskiy retsepti bo‘yicha unga ukol qilishga to‘g‘ri 
keldi. 119-xonaga joylashtirilgan Nikonor Yvanovich faqat vaqt yarim kechadan o‘tgandagina uyquga 
ketdi, shunda ham uyqu aralash iztirobli ingrab-ingrab qo‘yardi. 
Lekin bora-bora uyqusi halovatli bo‘la boshladi. To‘lg‘onishi, ingrashlari qolib, yengil va bir 
tekisda nafas ola boshladi, shundan keyingina uni xonada xoli qoldirishdi. 
Keyin Nikonor Ivanovich tush ko‘rdi, shubhasiz, ko‘rgan tushiga bugun o‘z boshidan kechirgan 
voqealar asos bo‘lgan edi. Nikonor Ivanovichning tushi quyidagicha boshlandi: qo‘liga mis karnaylar 
ushlagan qandaydir odamlar juda zo‘r tantana bilan uni yaraqlagan ulkan bir eshik oldiga olib 
kelishganmish. Keyin shu eshik tagida o‘sha karnaychilar Nikonor Ivanovich sha’niga tabrik muzikasi 
— tush chalganmish-u, qan-daydir guldurovchi yo‘g‘on ovoz uning boshi uzra sho‘x ohangda bunday 
deganmish: 
— Marhabo, Nikonor Ivanovich! Valyutalarni topshiring. 
Nikonor Ivanovich judayam hayron bo‘lib, boshini ko‘tarib, tepasida qop-qora radiokarnayni 
ko‘rganmish. 
Keyin u negadir teatr zalida paydo bo‘lib qolipti, zalning zarrin shiftida billur qandillar porlab 
turarmish, devorlarda — kenketlar
13
. Hamma narsa o‘z o‘rnidamish, uncha katta bo‘lmagan, ammo 
qimmat teatrda qanday bo‘lsa, bu yer ham shundaymish. Sahna ham, oltin rang o‘n so‘mliklarning 
13
Kenket – piligi maydonidan pastga joylashgan qadimiy chiroq. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin