Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
95
dag‘ qaltiray boshladi. 
Varenuxa Rimskiyning telbalarcha nigohini kuzatarkan, kreslo orqasiga o‘g‘rincha nazar tashladiyu 
misi chiqqanligini tushundi. 
U kreslodan turib (moliya direktori ham unga taqlid qildi), portfelini qo‘lida mahkam ushlagancha 
stoldan bir qadam orqaga chekindi. 
— Ha, payqab qolding-a, yaramas! Hamisha farosating o‘tkir bo‘lgan seni, — dedi Varenuxa 
moliya direktoriga, yuzingda ko‘zing bor demay zaharxanda qilib, keyin daf’atan bir sakrab eshik 
oldiga bor-di-da, ingliz qulfi tugmachasini chaqqonlik bilan pastga bosdi. Moliya direktori boqqa 
ochiladigan deraza tomon chekinarkan, yalt etib unga o‘girildi va oy nuriga g‘arq bo‘lgan bu deraza 
oynaga qapishgan qip-yalang‘och bir ayolning yuzini va darchadan ichkariga tiqqan yalang‘och qo‘lini 
ko‘rdi — bu qo‘l derazaning pastki ilgagini ochishga urinardi. Yuqori ilgak tushirilib bo‘lgan edi. 
Rimskiyning nazarida stol ustidagi chiroq o‘cha boshlagandek, yozuv stoli esa bir tomonga 
og‘ayotgandek tuyuldi. Muzdek sovuq, kuchli to‘lqin kelib unga urilganday bo‘ldi, ammo u butun 
kuchini sarflab o‘zini tutdi-yu yiqilmadi. Uning qolgan kuchi: 
— Voydod... — deb baqirishga emas, pichirlashgagina yetdi. 
Varenuxa eshikni qo‘rikdarkan, dikonglab sakrar, sakragandayam havoda uzoq-uzoq muallaq 
chayqalib turardi. U changaksimon barmoqlarini Rimskiy tomonga siltar, vishillar, tamshanar, deraza 
orqasida turgan yalang‘och ayolga ko‘z qisardi. 
Ayol esa bu payt mallasoch boshini shosha-pisha darchadan tiqib, qo‘lini imkoni boricha cho‘zdi, 
derazaning pastki ilgagini tirnoqlari bilan tirnab, derazani silkita boshladi. Shunda uning qo‘li xuddi 
rezinkadek cho‘zila va murdaniki yanglig‘ ko‘kara boshladi. Nihoyat, bu murdaning ko‘kargan 
barmoqlari ilgakning uchini changallab uni yonga burdi, deraza asta ochila boshladi. Rimskiy ohista 
chinqirib, devorga suyandi va portfelini qalqon qilib oldinga surdi. Ajali yetganini tushungan edi u. 
Deraza lang ochildi, lekin xonaga tungi salqin havo va jo‘ka gullari atri o‘rniga zax yerto‘la hidi 
«gup» etib kirdi. Murda ayol derazada turardi. Rimskiy uning siynasida iriy boshlagan dog‘larni aniq 
ko‘rdi. 
Xuddi shu mahal bog‘dan, tir orqasidagi pastak binodan kutilmaganda xo‘rozning shodiyona 
qichqirig‘i eshitildiki, teatr programmalarida qatnashuvchi parrandalar shu yerga joylashtirilgan edi. 
Bu o‘rgatilgan dakang xo‘roz Moskvaga sharq yoqdan tong yaqinlashib kelayotganini qichqirib xabar 
qilgandi. 
Ayolning chehrasi vahshiyona g‘azabdan burishib, hirqiroq ovoz bilan so‘kindi, eshik oldida 
havoda muallaq chayqalib turgan Varenuxa esa chiyillab yuborib, yerga «gurs» etib tushdi. 
Xo‘roz yana qichqirgan edi, ayol tishlarini takillatdi, boshida malla soch tolalari tikkaydi. Xo‘roz 
uchinchi bor qichqirishi bilan u orqasiga o‘girildi-yu, derazadan uchib chiqib ketdi. Uning orqasidan 
Varenuxa ham bir sakrab, havoda eniga cho‘zildi va xuddi muhabbat tangrisi Kupidon yanglig‘ ohista 
suzib, yozuv stoli uzra uchib o‘tdi-da, derazadan chiqib ketdi. 
Hali yaqinginada Rimskiy deb hisoblangan, endi esa sochida bironta ham qora tola qolmagan 
mo‘ysafid chol eshik oldiga yugurib bordi, ilgakni tushirib, eshikni ochdi va qop-qorong‘i dahlizdan 
g‘izillagancha yugurib ketdi. Zinaga buriladigan yerda u qo‘rquvdan ihrab-sihrab vklyuchatelni 
paypaslab topdi-yu zinani yoritdi. Butun vujudi dag‘-dag‘ titrayotgan chol zinada yiqilib tushdi, chunki 
nazarida, ustiga Varenuxa ohista bosib tushganday bo‘lgandi. 
Pastga chopib tushgan Rimskiy navbatchining vestibyuldagi kassa oldida stulda uxlab o‘tirganini 
ko‘rdi. U navbatchining yonidan oyoq uchida o‘g‘rincha yurib o‘tib, asosiy eshikdan ko‘chaga chiqdi. 
Shundagina Rimskiy bir oz yengil tortdi. U shunchalik hushini yig‘ib olgan ediki, qo‘lini boshiga olib 
borib, hatto shlyapasi kabinetida qolib ketganini ham fahmladi. 
Turgan gapki, u shlyapasini olgani qaytib kirmadi, balki halloslagancha keng ko‘chani kesib o‘tib 
muyulishdagi kinoteatr tomon chopdi, o‘sha yerda taksining xiragina qizg‘ish chirog‘i yonib turganini 
uzokdan ko‘rgan edi. U bir zumda o‘sha yerga yetib ham oldi. Xayriyat, mashinani hech kim ilib 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin