M. L. Tursunxodjayev Tashkent davlat texnika universiteli


 Гаджинский A.M. Логистика, Учебное пособие. — М.: Маркетинг, 1999



Yüklə 144 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/172
tarix20.11.2023
ölçüsü144 Kb.
#161883
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   172
LOGISTIKA. Umarova D.M

Гаджинский A.M. Логистика, Учебное пособие. — М.: Маркетинг, 1999.
15


ishlab chiqarishni rejalashtirish qo‘shila boshlavdi. Ishlab chiqarish 
sexi, transport va omborlar bir butun mexanizm sifatida ishlashni 
boshJaydi. Shu yo‘l bilan xaridorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini 
boshqarish, moslamalarning ishlash samaradorligini oshirish 
imkoniyati vujudga keladi.
Uchinchi bosqich XX asrning 80-yillari o'rtalariga to ‘g‘ri keladi 
va material o'tkazuvchi tarmoq hamma bo'ginlarining integratsiya- 
lashuvi bilan xarakterlanadi. Logistika konsepsiyasining asosi bo'l­
gan integratsiyalashuv zaruriyatini, ta ’minot, ishlab chiqarish va 
taqsimot bo‘g‘inlarining ko‘pchilik qatnashchilari tan ola boshJaydi. 
Moddiy va axborot oqimlarining tez o‘tishini ta’minlash va mahsu­
lotning xomashyoning birinchi manbayidan to oxirgi iste’mol­
chigacha harakatining hamma bosqichlari monitoringini amalga 
oshirish imkonini beruvchi zamonaviy kommunikatsiya texno- 
logiyalari vujudga keladi.
1.4. Logistikaning funksional sohalari va
ulaming tavsifi
Logistikaning asosiy maqsadi iste’molchiga kelishilgan vaqtga 
kerakli m ahsulot (tovar)ni, m ehnat, moddiy va moliyaviv 
resurslarni minimal xarajat qilgan holda yetkazib berishdan 
iborat.
Material, xomashyo, tayyor mahsulotni aniq, o ‘z muddatida 
yetkazib berish butun bir iqtisodiy tizimning ishlashiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi, moddiy zaxiralar, ularni shakllantirish va saqlash 
bo'yicha xarajatlar, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini qis- 
qartirishga imkon tug‘diradi.
Logistika ham marketing kabi iste’molchi manfaatidan kelib 
chiqib, quyidagi oltita shart bajarilganda logistika faoliyatining 
maqsadiga erishiidi, deb hisoblanadi:
1) zarur tovar;
2) talabga muvofiq sifatli;
3) zaruriy miqdorda yetkazib berilgan;
4) kelishilgan vaqtda;
5) zaruriy joyga;
16


6 )minimal xarajatlar bilan.
Logistikaning global maqsadi — siklni qisqartirish, zaxiralarni 
kamaytirish hoMib, bunga ishlab chiqarish bosqichida jarayonlarni 
sinxronlashtirish hisobiga, moddiy resurslarga bo'lgan ehtiyojni 
aniqlash, o‘z-o‘zini boshqarish hisobiga (ishlab chiqarish biron- 
bir mahsulotga bo'lgan talabga muvofiq ishlaydi) erishiladi. 
Taqsimot boshqaruvini tashkil etish, moddiy oqimning o ‘tib 
borishini tezlashtirish va sotilishini ta’minlash tashkiliy yo‘nalishga 
kiradi.
Shunday qilib, tashkiliy yo‘nalish logistikaning funksional 
sohasi bo'lib, moddiy oqimlarning harakatini olib boradi va 
ta’minot hamda sotuvni ta’minlaydi.
Zaxiralar 
ishlab chiqarish m uom ala va iste’mol orasida 
qalqon (bufer) rolini o'ynaydi. Ular bevosita ishlab chiqamvchida 
jamlangan, yoki ularning saqlanishi iste’molchiga yaqinlashtirilgan 
bo‘lishi mumkin. Zaxiralar talab o'zgarishlariga tez javob berishga 
imkon beradi va transport xizmatining bir maromda ishlashini 
ta ’minlaydi.
Korxonani xomashyo va materiallar bilan ta’minlash jarayonida 

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin