Ma’rupov akmaljon akbarovich genetika fanidan maxsus qo`llanma farg’ona-2016



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/25
tarix20.11.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#162103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
GENETIKADAN KITOB

2-qonuni-“Ajralish” 
yoki “
Mendelning ikkinchi qonuni
” 
deyiladi 
Bunda Mendel F

dagi duragaylarni o`zini-o`ziga chatishtirganda F
2
da dominant va 
retsessiv belgilar (qizil va oq gullar) yuzaga chiqishi va ularning miqdori 3:1 nisbatda 
bo`lishini aniqladi 
3-qonuni 
–“
Belgilarni mustaqil irsiylanishi”
Mendelning uchinchi qonunini 
quyidagicha izohlash mumkin: ikki yoki undan ortiq juft muqobil belgilar bilan farq 
qiladigan ota-ona organizmlar o`zaro chatihstirilganda, genlar va unga mos bir-biridan 
mustaqil holda irsiylanadi.



Ma’rupov Akmaljon Akbarovich 
O`SIMLIKLAR VA HAYVONLAR BA`ZI TURLARINING XROMOSOMALAR 
SONI TO`G`RISIDAGI MA`LUMOTLAR 
Tur 
Xromosomalar 
diploid soni (2n) 
Tur 
Xromosomalar 
diploid soni (2n) 
Xayvonlarda 
Meva pashshasi 

Tovuq 
78 
Uy pashsha 
12 
Quyon 
44 
Oddiy chivin 

Echki 
60 
Askarida 

Qo`y 
54 
Ot askaridasi 
2,4 
Shimpanze 
48 
Uy pashshasi 
12 
Odam 
46 
Bosh biti 
12 
Tez kaltakesak 
38 
Shaftoli biti 
12 
Sichqon 
40 
Planariya 
16 
Makaka 
42 
Asalari 
16,32 
Quyon 
44 
Cho`rtan baliq 
18 
Odam 
46 
Chigirtka 
23 
Shimpanze 
48 
Triton 
24 
Mollyuska 
48 
Qo`l baqasi 
24 
Qo`y 
54 
It kanasi 
28 
Echki 
60 
Karam kapaligi 
30 
Ot 
64 
Qunduz 
30 
Eshak 
66 
Gidra 
32 
Prijevalskiy oti 
66 
Yomg`ir chuvalchangi 
36 
Tovuq 
80 
Tulki 
38 
O`rdak 
80 
Mushuk 
38 
Kabutar 
80 
Bezgak chivini 

Sazan 
104 
Tut ipak qurti 
56 
Daryo qisqichbaqasi 
116 
Radiolaria 
1600 
Yovvoyi to`ng`iz 
40 
Bezgak plazmodiysi 

Kalamush 
42 
Krab 
254 
Suvarak 
48 
Siklop 

It 
78 
Karas (baliq) 
94 
Okun 
28 
Qoramol 
60 
O`simliklarda 
Arpa 
14 
Makkajo`xori 
20 
Suli 
42 
G’o`za 
13,26 
Pomidor 
24 
Zig’ir 
30 
Skerda 

Olcha 
32 
Xlamidomanada 
32 
Olxo`ri 
48 
Karam 
18 
O`rik 
16 
Kartoshka 
48 
Shaftoli 
16 
Piyoz 
16 
Qarag’ay 
24 
Pomidor 
24 
Dub 
24 
No`xat 
14 
Buk 
24 
Javdar 
14 
Qalampir 
48 
Sholi 
24 
Iloq 
12 
Neyrospora 
14 
Tamaki 
24 
Xrizantema 
18 


Ma’rupov Akmaljon Akbarovich 
ODAMDAGI BA`ZI BIR KASALLIKLARNING NASLDAN-NASLGA 
O`TISH TIPLARI 
 
Autosom- 
dominant tip 
Autosom- 
retsessiv tip 
X jinsiy xromosamaga 
birikkan holda
Allergiya (bronxial) 
Albinizm
Gemofiliya (qon
ivimaslik kasalligi) 
Astigmatizm 
Astigmatizm
Yaqindan ko`ruvchanlik 
Fenilketonuriya
Tug`ma nistagm 
Uzoqdan ko`ruvchanlik 
Qand kasalligi 
Fosfat diabet 
Bod (podagra) 
Kar-soqovlik 
Shapko`rlik 
Maymoq tovonlik 
Amavrotik idiotiya 
Tug`ma patoz (ko`zning 
yumilib qolishi) 
Tug`ma katarakta 
Gepato-dentikulyar 
Tish emalining yo`qolishi 
Degeneratsiya 
Oilaviy pigment
nevusi 
Ixtioz 
O`roqsimon anemiya 
Shizofreniya
Shizofreniya
Daltonizm (ramgni ajrata 
olmaslik) 
Sindaktiliya
Fridreyx oilaviy 
ataksiyasi 
Braxidaktiliya
Mnopatiya (Landuzi-
Dejerin formasi) 
Mioklontse-epilepsiya 
Gentington xoreyasi 
Reklingauzen kasalligi 
Marmar kasalligi 
Tug`ma retinopatiya 
Eshituv nervining 
tug`maatrofiyasi 
Miopatiya-Erb formasi 
Migren
Mikrosefaliya 
Ixtioz 


Ma’rupov Akmaljon Akbarovich 
MONODURAGAYGA DOIR MASALALAR
 
Bir juft belgisi bilan keskin (alternativ) farq qiladigan ikki organizmni chatishtirishga 
monoduragay chatishtirish
deyiladi. G.Mendel tajribalari ham shunday chatishtirishdan boshlangan. 
Bunga no‘xat avlodlarini olgan. 
Misol: qizil gulli no‘xatni oq gulli no‘xat bilan, sariq donli no‘xatni yashil donli bilan monogibrid 
chatishtirgan. Bunda 7 juft belgi o‘rganilgan. Umuman, chatishtirishdan oldin ota-ona formalar bilan 
qancha bo‘g‘inlarda irsiy jihatdan turg‘un ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Mendel 1 xil belgi bilan 
farq qiladigan no‘xatlarni chatishtirganda birinchi bo‘g‘in duragaylar bir xil bo‘lishini, ya’ni ularda ota 
yoki onadagi bir belgi ro’yobga chiqishini aniqladi.
Qizil va oq gulli no‘xatlar chatishtirilganda birinchi bo‘g‘in duragaylarda faqat qizil gul hosil 
bo‘ladi. Sariq va yashil rangli no‘xatlar chatishtirilganda sariq donli no‘xat hosili olingan. Mendel 1-
bo‘g‘in (F
1
) da duragaylarda ko‘zga ko‘ringan ota va ona belgilarni dominant (ustun) belgilar deb atagan 
va ularning irsiy faktorlarini alfavitning katta harflari bilan belgiladi (A, B, D). Birinchi bo‘g‘inga ko‘ra 
ko‘rinmagan belgilarni retsissiv (chekinuvchan yoki yashirin) belgilar deb atab ularning irsiy faktorlarini 
alfavitning kichik harflari bilan belgiladi (a, b, d). 
Mendel dominantlik hodisasi ona yoki ota sifatida qaysi forma olinishiga bog‘liqligini tekshirish 
uchun, sariq donli no‘xatning ona gulini, yashil donli no‘xatning ota guli changi bilan, yashil donli 
no‘xatning ona gulini, sariq donli no‘xatning ota guli changi bilan changlatadi. Har ikkalasida ham bir xil 
natija - sariq donli no‘xat rivojlanadi. Dominantlik hodisasi ota yoki ona sifatida qaysi forma olinishiga 
bog‘liq emasligini aniqladi. Mendel aniqlagan dominantlik qonuni birinchi bo‘g‘in duragaylarining bir xil 
bo‘lish qonuni ham deb yuritiladi. Bu qoidaga ko‘ra birinchi bo‘g‘in duragaylari ota yoki onadagi bir 
belgini o‘zida ruyobga chiqaradi.
Demak dominant belgi AA genlarni, retsissiv belgilar aa genlarni o‘z ota-onalaridan olganida, bu 
o‘simliklarning jinsiy hujayralarida bittadan gen bo‘lib, bular jinsiy hujayralar ishlab chiqaradi. A va a lar 
duragay organizmlar keltirib chiqaradi.
F

bo‘g‘inda chatishtirish bo‘yicha hosil bo‘lgan donlarni kelgusi yil ekilsa ikkinchi bo‘g‘in, ya’ni 
F

da 2 xil gulli o‘simlik hosil bo‘ladi (oq va qizil). Bu hodisani belgilar bo‘yicha ajralish deb ataladi. 
Ikkinchi bo‘g‘in F
2
da belgilar bo‘yicha ajralish miqdori aniq bo‘lib, hamma o‘simlikning 3/4 qismi qizil, 
1/4 qismi oq gulli bo‘ladi. Ya’ni dominantlik retsissivlikka nisbatan 3:1 bo‘ladi. Demak oq belgi yo‘q 
bo‘lib ketmay, 2-bo‘g‘inda paydo bo‘ladi. Ikkinchi bo‘g‘in (F
2
) dagi hamma oq gulli o‘simliklar o‘zaro 
chatishtirilsa ular keyingi bo‘g‘inlarda (Fn) ham faqat oq gulli bo‘ladi. Sariq gulli (3/4) o‘simliklar o‘zaro 
chatishtirilsa, F

da va keyingi bo‘g‘inlarda ularning faqat 1/4 qismi sariq gulli bo‘lib, qolgan 2/4 qismi 3:1 
nisbatda ajraladi. Ya’ni 3 qismi sariq 1 qismi oq gulli bo‘ladi. Uchinchi bo‘g‘in F
3
da gulning sariq rangi 
dominant belgi 1:2 nisbatda, barcha ikkinchi bo‘g‘in o‘simliklar irsiy imkoniyatlari bo‘yicha 1:2:1 
nisbatda ajraladi.


Ma’rupov Akmaljon Akbarovich 


Ma’rupov Akmaljon Akbarovich 
MONODURAGAYGA DOIR MASALALAR 
 
1. Pomidor mevasining qizilranglisi domiminant 
(A), sariq ranglisi ressesiv (a) gen tasirida
rivojlanadi. Naslda fenotip bo`yicha 3:1 va
1:1 nisbat olish uchun qanday genotipli
pomidorlar o`zaro chatishtirilishi kerak. 
A) Aa x Aa ; Aa x aa 
B) Aa x AA ; Aa x aa 
C) AA x aa ; Aa x Aa
D) Aa x aa ; Aa x AA 
E) AA x Aa ; Aa x aa 
2.Bug`doy boshog`ining qiltiqsizligi, qiltiqlilik
ustidan dominantlik qiladi. Quyidagi genotipli
bug`doy osimliklari Aa x aa chatishtirilganda
genotip va fenotib bo`yicha nechta nisbat
hosil bo`ladi? 
A) 3:1, 1:1 B) 1:1 , 1:1
C) 1:2 , 1:3:1 D) 3:1, 1:2:1 E) 1:2, 1:1:1 
3. No`hat donining dominant sariq (A) va
yashil (a) o`simliklari o`zaro chatishtirilganda,
birinchi va iikinchi bo`ginlarda hosil
bo`ladigan duragaylar genatipini aniqlang. 
A) F
1
da Aa; F2 da AA, Aa
B) F1 da Aa; F2 da Aa, aa 
C) F1 da Aa; F2 da AA, Aa, Aa, aa
D) F1 da Aa; F2 da AA, Aa 
4. Ipak qurti urug`ining qoramtir rangi (A),
oq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi.
Ipakqurti urug`ining qoramtir rangi o`zaro
chatishtirilganda, F1 da urug`ning qoramtir va
oq rangi hosil bo`ladi. Ota - ona fo`rmalarning
genotipini belgilang?
A) AA x Aa B) AA x aa
C) Aa x aa D) Aa x Aa
E) To`g`ri javob A va B 
5.Pomidor mevasining yumalaoq shakli (A),
noksimon shakli (a) bilan chatishtirilganda,
F1 da yumaloq shakllar, F2 da esa 3/4 
yumaloq shaklli, ¼ noksimon shaklli
o`simliklar namoyon bo`ldi. Chatishtirish
sxemasini aniqlang. 
A) AA x Aa ; Aa x aa 
B) AA x aa ; Aa x Aa 
C) AA x aa ; AA x aa
D) Aa x Aa ; Aa x aa 
E) AA x Aa ; Aa x Aa 
6. Bug`doy o`simligining tezpisharligi (A),
kechpisharligi (a) ustidan dominantlik qiladi.
Tezpisharlik formalari tezpisharlik va
kechpisharlik formalari bilan o`zaro
chatishtirilganda genotip bo`yicha 1:2:1 xamda
1:1 nisbat hosil bo`lishi uchun qanday
genotipli o`simliklar chatishtirilishi kerak? 
A) AA x aa ; Aa x AA 
B) AA x aa ; Aa x Aa 
C) Aa x aa ; Aa x aa
D) Aa x Aa ; Aa x aa 
E) AA x aa ; Aa x aa 
7.No`hat osimligida tekis don (B), burishgan
don (b) ustidan dominantlik qiladi. Avlodda
genotip va fenotip bo`yicha 1:1 nisbat hosil
bo`lishi uchun qanday genotipli o`simliklar
chatishtirilishi kerak? 
A) BB x bb
B) BB x Bb
C) Bb x Bb 
D) Bb x BB
E) Bb x bb
8. Drozofila meva pashshasining kulrang
tanlisi (K), qora tanlisi(k) ustidan dominantlik
qiladi. Kulrab\ng tanali pashshalar o`zaro
chatishtirilganda avlodda 75% kulrang, 25%
qora pashshalar hosil bo`lgan. Ota - ona
fo`rmalarning genotipini belgilang? 
A) Kk x KK
B) KK x KK 
C) Kk x kk D) Kk x Kk
E) kk x KK
9.G`o`zada normal poya (B), Past poya (b)
ustidan dominatlik qiladi. Normal va past
poyali o`simliklar o`zaro chatishtirilganda F1
da normal poyali o`simliklar hosil bo`lgan.
Birinchi avlod duragaylari past poyali
o`simliklar bilan chatishtirilganda F2 da 72
normal va 72 ta past poyali o`simliklar
namoyon bo`lgan. Chatishtirishda ishtirok
etgan o`simliklar genotipini aniqlang. 
A) BB x bb
B) BB x bb
C) Bb x BB D) Bb x Bb 
E) bb x BB
10.Odamda o`naqaylik chapaqaylikka nisbatan
dominant belgi sifatida nasldan-naslga o`tadi.
O`naqay ota-onadan chapaqay bola tug`ildi.
Ota-onaning genotipini aniqlang. 


Ma’rupov Akmaljon Akbarovich 
A) Aa x Aa B) Aa x aa
C) aa x AA D) Aa x AA E) aa x Aa 
11.Odamda ortiqcha barmoq bo`lish
(polidaktiliya) geni, normal barmoqlilik geni
ustidan dominantlik qiladi. Turmush qurgan
oila azolari genotipiga ko`ra geterozigota
bo`lsa, ulardan qanday fenotipli farzandlar
tug`ilishi mumukin 
A) Hammasi normal
B) Hammasi ortiqcha barmoqli
C) 3 tasi ortiqcha barmoqli, 1 tasi normal
D) 50%ortiqcha barmoqli, 50% normal 
E) qizlari ortiqcha barmoqli, o`g`illari normal 
12.Turmush qurgan oila azolari qo`y ko`z
bo`lib, 8ta farzand ko`rishdi. Farzandlarning
bitta qizi va bitta o`g`li ko`k koz, qolgan 6 
ta farzanddan 3 tasi qiz bola, 3tasi o`g`il bola
qo`y ko`z. Ota - ona va farzandlarning
genotipini aniqlang. Qo`y ko`z dominant. 
A) Dd x Dd ; DD, Dd, Dd, dd
B) Dd x dd ; Dd, dd 
C) Dd x Dd; DD, Dd, dd
D) Dd x dd ; DD, dd 
E) DD x dd ; DD, Dd, Dd, dd 
13.Odamda shapko`rlik (qorong`uda normal
ko`rmaslik) kasalligi domimnant gen tasirida
yuzaga chiqadi. Ushbu gen bo`yicha
geterozigota erkak sog`lom ayol bilan turmush
qurgan. Bunday oilada qanday farzandlar
tug`iladi? 
A) Hammasi so`g`lom
B) Hammasi shapko`r 
C) Yarmi sog`lom , yarmi shapko`r
D) 3 atsi shapko`r, 1tasi sog`lom 
E) tasi shapko`r, 3tasi sog`lom 
14.Bug`doyda qaysi genlar allel genlar
hisoblanadi? 
A) kechpisharligi, bug`doyning rangi 
B) Poyaning pastligi, tezpisharligi 
C) Boshoqning qiltiqliligi, qiltiqsizligi 
D) poyaning pastligi, boshoqning oq rangi 
E) boshoqning qiltiqliligi, tezpisharligi 
15. Odamda sochni jingalakligi (A), silliqligi 
(a) ustidan dominantlik qiladi. Genotipiga
ko`ra geterozigota genotipli turmush qurgan
oila azolaridan genotipi va fenotipi bo`yicha
qanday farzandlar tug`iladi? 
A) Aa, Aa, aa; 2 ta jingalak, 1 ta silliq 
B) AA, Aa, Aa, aa; 3 ta jingalak, 1 ta silliq 
C) Aa, aa; 1 ta jingalak, 1 ta silliq
D) aa, AA; 1ta silliq 1ta jingalak
E) AA, Aa, Aa, aa; faqat jingalak 
16.Qalin lablilik (A), yupqa lablilik (a)
belgisi ustidan dominantlik qiladi. Qalin labli
ota-onadan qalin va yupqa labli farzandlar
tug`ildi. Ota-onasini genotipini belgilang.
A) Aa x Aa B) Aa x aa
C) Aa x AA
D) aa x AA E) aa x Aa 
17.Pomidor o`simligining yumaloq mevasi
(B), noksimon mevasi (b) ustidan dominantlik
qiladi. 1- chatishtirishda fenotip va genotip
bo`yicha 1:1, 2- chatishtirishda fenotip
bo`yicha 3:1 nisbat hosil bo`lgan.
Chatishtirishda ishtirok etgan o`simliklar
genotipini belgilang. 
A) Bb x bb ; Bb x Bb
B) BB x bb ; Bb x Bb 
C) Bb x Bb; Bb x BB
D) bb x Bb ; bb x BB 
E) bb x BB ; Bb x bb 
18. Odamda normal eshitish dominant, tug`ma
karligi belgisi ressesiv holatda nasldan naslga
o`tadi. Turmush qurgan oila azolari 4 ta
farzand ko`rishdi. Ularning 3 tasi normal
eshitadigan, 1 tasi kar bo`lib tug`ildi. Ota
onasini genotipini aniqlang. 
A) Aa x aa B) AA x aa
C) Aa x Aa D)aa x Aa
E) aa x AA 
19.Turmush qurgan oila azolarining genotipi
Aa xaa bo`lsa, ulardan kar va sog`lom
farzand tug`ilish extimoli qanday?
A) 50% normal, 50% kar
B) 75% normal, 25% kar
C) 25% normal, 75% kar
D) ¾ normal, ¼ kar 
E) To`g`ri javob A va D 
20.Odam terisini odatdagidak (normal)
pigmentlanishi (A), pigment bo`lmaslik (a) 
belgisi ustidan dominantlik qiladi.Agar ota-na
shu gen bo`yicha ressesiv gomozigota bo`lsa,
ulardan qanday farzandlar tugilishi mumkin? 
A) 2 tasi normal pigmentlangan, 2 tasi
pigmentlanmagan
B) 1 tasi normal pigmentlangan, 3 tasi
pigmentlanmagan


Ma’rupov Akmaljon Akbarovich 
C) 50% normal pigmentlangan, 50%
pigmentlanmagan 
D) hammasi normal pigmentlangan 
E) hammasi pigmentlanmagan 
21. Odamda sepkillilik, sepkilsizlikka nisbatab
dominant belgi sifatida nasldan-naslga o`tadi. 
Turmush qurgan oila azolari genotipiga ko`ra
geterozigota bo`lsa, tug`ilgan farzandlarning
genotipi qanday bo`lishini belgilang. 
A) DD, Dd, Dd, dd B) Dd, dd 
C) DD, Dd, dd 
D) dd, DD 
E) Dd, Dd, dd 
22. Drozofilla pashshasi qanotining uzun 
bo`lishligini dominant A geni va kalta 
bo`lishligini retsessiv a geni ta`min etadi. 
Gomozigotali uzun qanotli pashshalar kalta 
qanotli pashshalar bilan chtishtirilganda F
1
pashshalarining qanotlari qanday bo`ladi?
F
1
da olingan urg`ochi va erkak pashshalar 
o`zaro chatishtirilsa, F
2
da olingan 
pashshalarning geneotipi va fenotipichi? F

pashshalari uzun va kalta qanotli pashshalar bilan 
qayta chatishtirilsachi? 
23. Agar quyonning avlodida junning qalin va 
siyrakligi bo`yich fenotipda 3;1 yoki 1;1 nisbatda 
ajralish kuzatilgan bo`lsa, ularning ota-onasi 
genotipini va fenotipini aniqlash mumkinmi? 
24. Ota –onasi qo`ng`ir ko`zli bo`lgan , ko`k 
ko`zli yigit , otasi qo`ng`ir ko`zli, onasi ko`k 
ko`zli ayolga uylangan. Ushbu nikohdan ko`k 
o`gil farzand tug`ildi. Ota-ona va farzandning 
genotiplarni aniqlang? 
25. Ota-onasi malla sochli bo`lmagan, lekin akasi 
malla sochli bo`lgan ayol, onasi malla sochli, 
otasi esa malla sochli bo`lmagan malla sochli 
erkakka turmushga chiqqan. Ushbu nikohdan 
malla sochli bo`lmagan o`g`il va malla sochli qiz 
tug`ilgan. Ushbu oila a`zolarining genotipini 
aniqlang va shajarasi jadvalini tuzing? 
26. Upak qurti urug`ining rangi bo`yicha bir 
nechta mutanlari mavjud; oq, qizil, pushti, och 
jigarrang va hokoza .Bunday sanoatbop zotlar 
uchun xareterli bo`lgan urug`ning qoramtir rangi 
boshqa rangdagi mutatlardan dominantlik 
qiladi.Agar qoramtir urug`dan chiqqan 
gomozigota kapalakni qizil urug`dan chiqqan 
gomozigota kapalk bilan chtishtirilsa; 
1- birinchi va ikkinchi avlod duragaylarining 
urug`i qanday rangda bo`ladi? 
2- Birinchi avlod duragaylari bilan qizil rangli 
urug`dan olingan gomozigotali dastlabki kapalak 
o`rtasida taxliliy chtishtirish o`tkazilsa, qanday 
avlod hosil bo`ladi? 
27. Qora ko`zli geterozigotali erkak bilan ko`k 
ko`zli ayol turmush qurildi. Farzandlarning ko`zi 
qanday rangda bo`lishini aniqlang (ko`k ko`z- 
autosoma bilan bog`langan retsessiv belgi) 
28. Oilada ota-onalardan biri normal , ikkinchisi 
polidaktiliya (oltibarmoqli) Ulardan normal (besh 
barmoqli) bola tug`ildi. Keyingi bolaning normal 
tug`ilishi ehtimoli qanday? (polidaktiliya 
autosoma bilan bog`liq dominant belgi) 
29. Kar-soqov (retsessiv ) ayol bilan normal 
eshitadigan erkak nikohidan kar-soqov bola 
tug`ilgan. Ota-ona genotiplarini aniqlang? 
30. Eron mushuklarida uzun junlilik kalta 
junlilikka nisbatan ustunlik qiladi. Kalta junli 
erkak mushuk uzun junli urg`ochi mushuk bilan 
chatishtirilganda 3ta uzun va 3 ta kalta junli 
mushukchlar tug`ildi. Kalta junli erkak 
mushukning genotipi qanday? 
31.Itlarda qattiq – jun – dominant, yumshog`i – 
retsessiv belgi hisoblanadi.Qattiq junli ota-
onadan qattiq junli kuchuk bola tug`ildi. Kuchuk 
bola genotipda yumshoq jun allel geni borligini 
bilish uchun uni qaysi it bilan chatishtirish 
lozim?
31. Qora (AA) va qizil (aa) rangli qoramollar 
chatishtirilganda F
2
dagi fenotipik nisbatni 
aniqlang. 
A) 1:1 B) 3:1 C) 2:1 D) 2:1:2 
32. Mongoloid ko`zli erkak yevropoid ko`zli 
ayolga uylandi. Agar oilada yewopoid ko`zli qiz 
bola tug`ilgan bo`lsa, keyingi tug`ilajak 
farzandlarning fenotipini aniqlang (mazkur 
belgilaming genlari autosomalarda joylashgan, 
yevropoid ko`z shakli retsessiv belgi). 
A) o`g`il bolalar mongoloid, qiz bolalar 
yevropoid ko`zli 
B) o`g`il bolalar yevropoid, qiz bolalar 
mongoloid ko`zli 
C) 50% mongoloid, 50% yevropoid ko`zli 
farzandlar 
D) 100% farzandlar mongoloid ko`zli 
33. Rezus-manfiy (Rh
-
) ota-onadan rezus-musbat 
(Rh
+
) bola tug`iladimi? (rezus-musbat Rh
+
dominant holda irsiylanadi) 
A) faqat og`il bolalar B) faqat qiz bolalar 
C) ha 
D) yo`q 
34. Bir juft belgisi bo`yicha geterozigota 
organizm 
tahliliy chatishtirilganda fenotip bo`yicha 
qanday nisbatda xilma-xillik yuzaga keladi? 
A. 1:1 B. 1:2:1 C. 3:1 D. 9:3:3:1 


Ma’rupov Akmaljon Akbarovich 
35. Quyonlarda yungning normal uzunligi 
dominant (B), qisqaligi (b) restsessiv belgi 
hisoblanadi. Quyidagi genotipga ega organizmlar 
Bb x Bb o`zaro chatishtirilishidan qanday
fenotipli organizmlar hosil bo`lishini aniqlang. 
A) 75% normal yungli, 25% qisqa yungli 
B) hammasi normal yungli 
C) 50% normal yungli, 50% qisqa yungli 
D) 25% normal, 50% oraliq, 25% qisqa yungli 
36. Pomidor mcvasining qizil rangi (A) sariq 
rangi(a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada 
ota-onaorganizmlar qizil rangga ega edi, lekin 
ularchatishtiriiganda 3/4 qizil, 1/4 sariq rangli 
pomidor hosil bo`ldi. Ota-onaning genotipini 
aniqlang. 
A) AA x aa B) Aa x aa C) Aa x Aa D) AA x Aa 
37. 
Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq 
rangi(a) ustidan dominantlik qiladi Tajribada ota-
ona organizmlar qizil rangga ega edi, lekin ular 
chatishtirilganda 3/4 qizil, 1/4 sariq rangli
pomidor hosil bo`ldi. F, duragaylarining 
genotipini aniqlang. 
A) 3 AA, 1 aa B) 3 Aa, l aa 
C) 2AA, 1 Aa, laa D) 1 AA, 2 Aa, l aa
38. Odamda qo`yko`zlik dominant, ko`kko`zlik 
retsessiv belgi. Nikohlangan yigit va qizning 
biri qo`yko`z, ikkinchisi esa ko`kko`z bo`lsa, 
ular farzandlarining ko`zi qanday bo`ladi? 
A) 75% qo`yko`z, 25% ko`kko`z 
B) 100% qo`yko`z 
C) 50% qo`yko`z, 50% ko`kko`z 
D) 25% qo`yko`z, 75% ko`kko`z 
39. Drozofila meva pashshasida normal qanot 
dominant (W), egilgan qanot retsessiv (w) gen 
ta`sirida rivojlanadi. Naslda F
1
da 3:1 nisbat 
olish uchun qanday genotipli pashshalar o`zaro 
chatishtirilishi kerak? 
A) WW x ww 
B) ww x ww 
C) Ww x Ww 
D) WW x Ww 
40. Drozofila meva pashshasida normal qanot 
dominant (T), egilgan qanot retsessiv (t) gen 
ta`sirida rivojlanadi. Naslda F
2
da 3:1 nisbat 
olish uchun qanday genotipli pashshalar o`zaro 
chatishtirilishi kerak? 
A) TT x tt 
B) tt x tt 
C) Tt x Tt 
D) TT x Tt 
41. Drozofila meva pashshasida normal qanot 
dominant (U), egilgan qanot retsessiv (u) gen 
ta`sirida rivojlanadi. Naslda F
1
da 1:1 nisbat 
olish uchun qanday genotipli pashshalar o`zaro 
chatishtirilishi kerak? 
A) Uu x uu 
B) uu x uu 
C) Uu x Uu 
D) UU x Uu 
42. Ipak qurti lichinkalarining yo`1-yo`lligi (A), 
bir xil rang (a) lichinka ustidan dominantlik 
qiladi. Yo`1-yo`l geterozigotali qurtdan
chiqqan kapalak bir xil rangli qurtdan chiqqan 
erkak kapalak bilan chatishtiriladi. 
FI 
bo`g`inning 
fenotipi va genotipini toping. 
A) 50% yo`1-yo`l, 50% bir xil rangli, Aa, aa 
B) 75% yo`1-yo`l, 25% bir xil rangli; AA, 2Aa, 
aa 
C) 50% yo`1-yo`l, 50% bir xil rangli; AA, aa 
D) 100% yo`1-yo`l rangli; Aa 
43. Ipak qurti umg`ining qoramtir rangi (A) oq 
rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. 
Geterozigotali urg`ochi kapalak shunday erkak 
kapalak bilan chatishtirilishidan qanday fenotipli 
nasl olinadi? 
A) 25% qoramtir, 75% oq 
B) 50% qoramtir, 50% oq 
C) 100% qoramtir 
D) 75% qoramtir, 25% oq 
44. G`o`zada tolasining qo`ng`ir rangi 
gomozigota 
holatdagi gen bilan ifodalanadi. Ushbu genning 
retsessiv alleli oq rangni yuzaga keltiradi. 
Gelerozigota holdagi individlarda tolasi novvot 
rangda bo`ladi. Qo`ng`ir tolali bilan oq tolali 
g`o`za navlari chatishtirilganda F
1
da 1800 ta 
o`simlik olingan. Shundan nechtasining tolasi 
novvot rangda bo`ladi? 
A)1800 B) 450 C) 900 D) 1450 
45. G`o`zada tolasining qo`ng`ir rangi 
gomozigota 
holatdagi gen bilan ifodalanadi. Ushbu genning 
retsessiv alleli oq rangni yuzaga keltiradi. 
Geterozigota holdagi individlarda tolasi nowol 
rangda bo`ladi. Qo`ng`ir tolali bilan oq tolali 
g`o`za navlari chatishtirilganda F
2
dagi 
duragaylar orasidan 580 tasining tolasi novvot 
rangli bo`lgan. Duragaylardan nechtasi qo`ng`ir 
rangli tolaga ega? 


Ma’rupov Akmaljon Akbarovich 
A) 1160 B) 290 C) 1740 D) 580 
46. Pushti rangli qulupnaylami o`zaro 
chatishtirilganda olingan avlodlar orasida 1500 
o`simlik qizil rangli chiqdi. Duragaylar orasida 
taxminan nechtasi pushti rangli bo`lgan? 
A) 1500 B) 3000 C) 750 D) 4500 
47. Odamlarda sochning jingalak bo`lishi (J), 
tekis bo`lishi (j) geni ustidan chala dominantlik 
qiladi, shuning uchun geterozigotalilaming 
sochi to`lqinsimon bo`ladi. Sochlari jingalak 
bo`lgan ayol, sochi tekis bo`lgan erkakga 
turmushga chiqdi. Bu oila farzandlarining 
fenotipi va genotipini aniqlang. 
A) 75% jingalak va 25% silliq; JJ, Jj, jj 
B) 100% to`lqinsimon; Jj 
C) 50% to`lqinsimon va 50% silliq; Jj, jj
D) 50% jingalak va 50% silliq; JJ, jj 
48. Odamlarda sochning jingalak bo`lishi (J), 
tekis bo`lishi (j) geni ustidan chala dominantlik 
qiladi, shuning uchun geterozigotalilaming 
sochi to`lqinsimon bo`ladi. Oiladagi 
farzandlarning 25% jingalak, 50% to`lqinsimon 
va 25% silliq sochli Ota-ona organizmlarining 
genotipini toping. 
A) JJ x Jj B) JJ x jj C) Jj x Jj D) Jj x jj 
49. Odamlarda sochning jingalak bo`lishi (J), 
tekis bo`lishi (j) gem ustidan chala dominantlik 
qiladi, shuning uchun geterozigotalilaming 
sochi to`lqinsimon bo`ladi. Sochlari 
to`lqinsimon bo`lgan ayol, sochi tekis bo`lgan 
erkakga turmushga chiqdi. Bu oila 
farzandlarining fenotipi va genotipini aniqlang. 
A) 75%jingalak va 25% silliq; JJ, Jj, jj 
B) 100% to`lqinsimon; Jj 
C) 50% to`lqinsimon va 50% silliq; Jj, jj
D) 50% jingalak va 50% silliq; JJ, jj 
50. Dengiz cho`chqachalarining silliq junli 
bo`lishi retsessiv genga bog`hq, hurpaygan 
bo`lishi esa dominant gen bilan aniqlanadi. 
Hurpaygan junli ikkita dengiz cho`chqachalari 
chatishtirilganda, ulardan 36 tasi hurpaygan 
va 11 tasi silliq junli bo`ldi. Ularning ichida
nechtasi dominant gomozigotali ekanligini 
aniqlang. 
A. 12 B. 18 C. 24 D. 36 
51. Kulrang shortgom zotli sigir va buqalami 
chatishtirish natijasida 270 ta buzoqchalar 
olindi. Ulardan 136 tasi ota-ona rangiga 
o`xshaydi. Qolgan buzoqchalaming genotipini, 
fenofipini va ulaming miqdorini aniqlang. Bu 
misolda chatishtirish natijasida kulrang, oq va 
qora rangli mollarning ham bo`lishini e`tiborga 
oling. 
A) AA,aa - kulrang, oq 90 tadan 
B) Aa, aa - qora, oq 65 tadan 
C) Aa,aa - qora, oq 67 tadan 
D) Aa,Aa - kulrang, qora 134 tadan 
52. Sariq va yashil rangli gomozigota bo`lgan 
no`xatlarni chatishtirishda F
2
da fenotip jihatdan 
qanday nisbatda ajralish olish mumkin? 
A) 2:1 B) 1:2:1 C) 3:1 D) 1:1 
53. Qaysi organizm chalishtirilganda F
1
da 
fenotip 
bo`yicha 1:1 nisbat kuzatiladi? 
A) AA x AA 
B) Aa x Aa 
C) AA x aa 
D) Aa x aa 
54. Odamlarda kipriklarning uzun bo`lishi W 
genga, kalta bo`lishi w genga bog`liq. Uzun 
kiprikli ayol bilan kalta kiprikli erkak 
turmushidan 9 ta farzand tug`ildi deb faraz 
qilaylik. Ularning 4 tasi uzun kiprikli, 5 tasi kalta 
kiprikli bo`lsa ota- ona genotipini aniqlang. 
A) ♀Aa x ♂aa 
B) ♀aa x ♂AA 
C) ♀AA x ♂aa 
D) ♀aa x ♂Aa 
55. Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy 
toj (a) retsessiv. Tajribada gulsimon tojli 
tovuqlar oddiy tojli xo`rozlar bilan chatishtirildi. 
F
2
duragaylarining fenotipini toping. 
A) 1 ta gulsimon tojli, 2 ta oddiy tojli 
B) 3 ta gulsimon tojli, 1 ta oddiy tojli 
C) 3 ta oddiy tojli, 1 ta gulsimon tojli 
D) 1 ta gulsimon tojli, 1 ta oddiy tojli 
56. Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy 
toj (a) relsessiv. Tajribada gulsimon lojli 
tovuqlar oddiq tqjli xo`rozlar bilan chatishtirildi. 
F
2
duragaylarining genetipik nisbati qanday 
bo`ladi? 
A. 1:2:1 B. 3:1 C 1:1:1:1 D 9:3:3:1 
57. Odamlarda sepkillarning bo`lishi dominant 
genga, sepkillarning bo`lmasligi retsessiv genga 
bog`liq. Sepkilli ayol bilan sepkillari bo`lmagan 
erkak turmushidan beshta farzand tug`ildi deb 


Ma’rupov Akmaljon Akbarovich 
faraz qilaylik. Ularning 3 tasi sepkilli, 2 tasi 
sepkilsiz bo`lsa, 
ota-ona genotipi qanday 
bo`ladi? 
A) AA x Aa 
B) aa x AA 
C) Aa x Aa 
D) Aa x aa 
58. Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A),
oddiy toj (a) retsessiv. Tajribada gulsimon tojli 
tovuqlar oddiq tojli xo`rozlar bilan chatishtirildi. 
F
1
duragaylanning fenotipi va genotipini toping. 
A) oddiy tojli, Aa B) gulsimon tojli, Aa

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin