joylash, saqlash, konservatsiyalash va yetkazib berish jarayonlarini
belgilashi kerak.
Tashkilot mahsulot muvofiqligini saqlash va uni zararlanishi,
buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishining oldini olish uchun zarur
resurslarni belgilashi kerak.
Mahsulot muvofiqligini saqlashni ta’minlovchi
jarayonlar
monitoringini amalga oshirish kerak.
6.8 Monitoring va o‘lchashlar uchun qurilmalarni boshqarish
Tashkilot mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini
tasdiqlash uchun qanday o‘lchashlarni bajarishi, monitoring va
o‘lchashlar uchun qanday asbob-uskunalar kerakligini aniqlashi
lozim. Tashkilot o‘lchash va monitoring
uchun asbob-uskunalarga
qo‘yiladigan talablarga muvofiq monitoring va o‘lchashlarni
bajarish imkoniyatlarini ta’minlovchi jarayonlarni belgilashi darkor.
0 ‘lchashlaming ishonchli natijalarini olish zarur bo‘lgan
hollarda asbob-uskunalar:
a) kalibrlangan yoki belgilangan davriylik bilan yoki
ishlatishdan oldin xalqaro yoki milliy etalonlargacha kuzatib
boriladigan namunaviy etalonlar bo‘yicha kalibrlangan yoki
qiyoslangan bo‘lishi kerak. Agar bunday etalonlar yo‘q bo‘lsa,
ishlatilgan qiyoslash bazasi hujjatli rasmiylashtirilgan;
b) sozlangan yoki, zarur bo‘lgan holda, qayta sozlangan;
v) kalibrlash yoki qiyoslash maqomini
belgilash maqsadida
identifikatlashtirilgan bo‘lishi;
g) bundan aw al amalga oshirilgan qiyoslashni nohaqiqiy qilib
qo‘yishi
mumkin
bo‘lgan
ruxsat
etilmagan
sozlashlardan
himoyalangan bo‘lishi;
d) u bilan munosabatda bo‘lganda, texnikaviy xizmat
ko‘rsatganda va saqlanganda buzilishlardan va tavsiflarining
yomonlashishidan himoyalangan bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, asbob-uskunalar
talablarga mos kelmasligi
aniqlangan
bo‘lsa,
tashkilot
bundan
oldin
o‘tkazilgan
o‘lchashlarning ishonchliligini baholash va qayd qilib qo‘yishi
kerak. Tashkilot bunday nomuvofiqlik aks etgan asbob-uskuna va
mahsulotga nisbatan muvofiq choralar (amallar), harakatlar ko‘rishi
kerak.
Kalibrlash yoki qiyoslash natijalari bo‘yicha yozuvlar ishchi
holatda ushlanishi darkor.
Izoh: Kompyuter dastur vositalarining taxmin qilingan
qo‘llanilishni qanoatlantirish xususiyatini tasdiqlash odatda ularning
123
vertifikatlanishi va qo‘llash uchun yaroqliligini saqlash uchun
konfiguratsiyani boshqarishni o‘z ichiga oladi.
Tashkilot mahsulotni tekshirish
va jarayonlarni tasdiqlash
uslublarini belgilashi va joriy qilishi va mahsulotni o‘rnatilgan
talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan nazorat va
o‘lchov priborlarini aniqlashi kerak.
Tashkilot quyidagilarni kafolatlashi kerak:
a) o‘lchovlarning to‘g‘ri va obyektiv natijalarini ta’minlash
zarur bo‘lgan nuqtalarda kalibrlangan va qiyoslangan qurilmalar
qo‘llanilishi kerak;
b) tashkilot o‘lchov vositalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatishni,
shu jumladan texnikaviy layoqatli xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar
tomonidan ishlatish hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan
rostlash va to‘g‘rilashni ta’minlashi kerak;
v) tashkilot o‘lchov vositalarining
ruxsat berilgan tizimlari
bilan o‘lchov vositalarining kalibrlash yoki qiyoslash makomini
tasdiklashni ta’minlashi kerak;
g) tashkilot vakilining o‘lchov jarayoniga aralashishi mumkin
bo‘lgan o‘lchov vositasida (massani o‘lchash asboblari va h.k.),
kerak bo‘lmagan rostlashning oldini olish maqsadida plombalash
yoki bunday amallardan boshqa himoyani ta’minlash zarur;
d) tashkilot, ishlatish hujjatlari va amaldagi me’yoriy
hujjatlar
talablariga muvofiq o‘lchov vositalarining to‘g ‘ri ishlatilishi,
tegishli holatda ushlanishi, to‘g‘ri xizmat ko‘rsatilishi, saqlanishi,
transportda tashilishi tartibi va ular uchun javobgarlikni belgilashi
kerak [5].
Dostları ilə paylaş: