Tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarda aholini


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 99,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix20.11.2023
ölçüsü99,39 Kb.
#162288
1   2   3   4   5   6   7   8   9
181-189

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-22, Issue-1, November - 2022
 
184
bo‘lishi mumkin. Ko‘chkining eng katta tezligi zilzila vaqtiga to‘g‘ri keladi. Tuproq 
surilishi turar joy va ishlab chiqarish binolariga, muhandislik va yo‘l inshootlariga, 
magistral quvurlari va elektr tarmoqlariga shikast etkazishi va vayron qilishi bilan 
birga, odamlarga jarohat etkazishi va qurbon bo‘lishlariga olib kelishi mumkin. 
Ko‘chki vaqtida qanday harakat kilish kerak? Ko‘chki ehtimoli yuzaga kelganligi 
to‘g‘risidagi signalni olgach, elektr asboblari, gaz va suv tarmog‘ini o‘chiring, 
avvaldan ishlab chikilgan rejaga asosan zudlik bilan o‘tkaziladigan evakuatsiyaga 
tayyorlaning. Ko‘chki joyi va tezligidan kelib chiqib harakat qiling. Ko‘chki surilishi 
sekin (bir oyda metr) harakatlanayotgan bo‘lsa, imkoniyatdan kelib chiqib, xavfli 
hududda qolishi mumkin bo‘lgan binolarni tark eting, mebel, buyumlarni olib keting 
va h.k. Evakuatsiya vaqtida o‘zingiz bilan hujjatlar, qimmatli buyumlar, sharoitdan 
kelib chiqib va ma’muriyat ko‘rsatmasiga binoan issiq kiyimlar va oziq-ovqat 
mahsulotlari oling. Suv toshqini ko‘prik, yo‘l, bino va inshootlarni vayron qilishi, katta 
moddiy zarar keltirishi mumkin. Suv tezligi soniyasiga 4 metrdan ortgan va suv 
qatlamining balandligi 2 metrdan oshgan hollarda odamlar hamda jonivorlar nobud 
bo‘lishi mumkin. Suv toshqini to‘satdan yuzaga kelib, bir necha soatdan 2-3 
haftagacha davom etishi mumkin. 
Suv toshqiniga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak? 
Agar hududingiz suv toshqini xavfiga tez-tez uchrab tursa, u holda ehtimoliy suv 
toshish chegarasini, shuningdek yashash joyingizga yaqin bo‘lgan tepaliklarni, ularga 
boruvchi eng yaqin yo‘llarni o‘rganib chiqing va esda saqlab qoling. Oila 
a’zolaringizni uyushgan va yakka evakuatsiya talablari bilan, to‘satdan keskin suv 
hajmi oshib boradigan hollarda to‘g‘ri harakat qilish qoidalari bilan tanishtiring. Qayiq, 
sol va ularni tayyorlash uchun ishlatiladigan qurilish materiallarining turgan joyini 
yodda tuting. Oldindan evakuatsiya vaqtida olib chiqib ketiladigan hujjatlar, mol-mulk 
va dori-darmonlar ro‘yxatini tuzib qo‘ying. Maxsus jomadon yoki ryukzakka 
qimmatbaho buyumlaringiz, zarur issiq kiyim, oziq-ovqat zaxirasi, suv va dori-
darmonlarni solib qo‘ying. 
Suv toshqini vaqtida qanday harakat qilish kerak? 
Suv toshqini xavfi yuzaga kelganligi va evakuatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi 
xabarni olgach, belgilangan tartibda xavfli hududdan xavfsiz xududga yoki 
tepaliklarga chiqing. O‘zingiz bilan hujjatlar, qimmatbaho buyumlaringiz va uch 
kecha-kunduzga etadigan oziq-ovqat mahsulotlarini oling. Manzilga etib kelgach 
ko‘chiriluvchilarni qabul qilish punktida ro‘yxatdan o‘ting.Uydan chiqishdan oldin 
elektr, gaz tarmog‘i va isitish pechlaridagi olovni o‘chiring, binodan tashqaridagi suv 
olib ketishi mumkin bo‘lgan barcha buyumlarni mahkamlang yoki ularni yordamchi 
binolarga joylashtiring. Vaqtingiz etarli bo‘lsa, qimmatbaho uy jihozlarini yuqori 
qavatlarga yoki chordoqqa olib chiqing. Deraza va eshiklarni yoping, zarurat bo‘lsa va 
vaqt imkon bersa, birinchi qavatdagi deraza va eshiklarni tashqi tomondan taxtalar 



Yüklə 99,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin