Tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarda aholini


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 99,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix20.11.2023
ölçüsü99,39 Kb.
#162288
1   2   3   4   5   6   7   8   9
181-189

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-22, Issue-1, November - 2022
 
187
Burun va og‘zingizni qo‘lqopingiz, sharf yoki yoqangiz yordamida berkiting
ko‘chki bilan tusharkansiz, qo‘llaringiz bilan suzuvchi harakatlar qilib, qor 
massasining chetiga surilishga harakat qiling. Qor massasi harakatdan to‘xtagandan 
so‘ng, yuzingiz va ko‘krak qafasingiz atrofida ochiq joy hosil qiling. Qor qatlamini 
kavlab chiqishga harakat qiling (yuqori tomon qaerdaligini so‘lagingizni oqizib bilib 
olsangiz bo‘ladi). Qor ichida qolsangiz, baqirmang - qor tovushni to‘la yutadi, 
qichqirish va keraksiz harakat kuchingizni yo‘qotib qo‘yishga olib keladi. O‘zingizni 
yo‘qotmang, uxlab qolmang, sizni qidirishayotganligini aslo yoddan chiqarmang 
(odamlarni qor ostidan beshinchi va hatto, o‘n uchinchi kuni qutqarib olishgan hollar 
ham ma’lum). 
Qor ko‘chkisidan so‘ng qanday harakat qilish kerak? 
Agar siz qor ko‘chkisi tushgan maydondan tashqarida bo‘lsangiz, favqulodda 
vaziyat haqida yaqin oradagi aholi manzilgohi ma’muriyatiga qanday qilib bo‘lsa ham 
xabar bering va jabrlanganlarni qidirish va qutqarishga kirishing. Qor ostidan mustaqil 
yoki qutqaruvchilar yordamida chiqib olgach?, tanangizni tekshirib ko‘ring. Zaruriyat 
bo‘lsa, o‘zingizga tibbiy yordam ko‘rsating. YAqin oradagi aholi manzilgohiga etib 
olgach, yuz bergan voqea haqida mahalliy ma’muriyatga xabar bering. O‘zingizni 
sog‘lom deb hisoblasangiz-da, tibbiyot maskani yoki tibbiyot xodimlariga murojaat 
qiling. Bundan keyin tibbiyot xodimi yoki qutqaruv otryadi rahbari ko‘rsatmasiga 
binoan harakat qiling.Qarindosh-urug‘ingiz va yaqinlaringizga ahvolingiz va turgan 
joyingiz haqida xabar bering. 
Dovul, bo‘ron va quyunlar yuzaga kelayotganligidan shamol tezligining ortishi, 
atmosfera bosimining keskin tushib ketishi, jala va suvning shamol yordamida haydab 
kelinishi, ko‘p miqdorda qor yog‘ishi darak beradi.Agar siz dovul, bo‘ron va quyunlar 
bo‘lib turadigan hududda yashasangiz, u holda: 
- boshlanayotgan tabiiy ofat to‘g‘risidagi xabar berish signali; 
- aholini muhofaza qilish va bino (inshoot)larning shamol ta’sirigabarqarorligini 
oshirish usullari; 
- dovul, bo‘ron, quyun vaqtida aholining harakat qoidalari; 
- dovul, bo‘ron, quyun oqibatlarini bartaraf etish va vositalari, shuningdek 
jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish usullari; 
- yaqin oradagi erto‘la, panajoy yoki eng mustahkam va barqaror binolarda oila 
a’zolari, qarindoshlar va qo‘shnilarni yashirish joylari; 
- yuqori xavfga ega bo‘lgan hududlardan uyushgan holda evakuatsiya 
yo‘tkazilganda uning yo‘nalishi va joylashish hududlari; 
- favqulodda vaziyatlar boshqarma va bo‘limlarining manzillari va telefon 
raqamlarini bilib olishingiz kerak. 
Dovul, bo‘ron va quyun vaqtida qanday harakat qilish kerak? 



Yüklə 99,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin