Tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarda aholini


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 99,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix20.11.2023
ölçüsü99,39 Kb.
#162288
1   2   3   4   5   6   7   8   9
181-189

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-22, Issue-1, November - 2022
 
183
zahotingiz, pastki qavatlarda yashasangiz, vahimaga berilmay (tebranishni sezgan 
vaqtingizdan to bino uchun xavfli tebranishlar boshlangunicha ixtiyoringizda 15-20 
soniya mavjud), zudlik bilan hujjatlaringizni, pul va eng zarur buyumlaringizni olib
binodan tashqariga chiqing. Ko‘chaga chiqqandan so‘ng, bino yaqinida turmang, ochiq 
maydonga o‘ting.Xotirjamlikni qo‘ldan bermang va boshqalarni ham tinchlantirishga 
harakat qiling! Yuqori qavatlarda yashasangizu, bino ichida qolishingizga to‘g‘ri 
kelgan bo‘lsa, u holda xavfsiz joyni: ichki devor oldi, burchak, ichki devor oralig‘i yoki 
tayanch ustun ostini tanlang. Iloji bo‘lsa, stol ostiga berkining - u sizni pastga 
tushayotgan buyumlar va bo‘laklardan muhofaza qiladi. Deraza va og‘ir mebellardan 
uzoqroqda turing. Yoningizda bolalaringiz bo‘lsa, ularni o‘z tanangiz bilan berkiting. 
Sham, gugurt, yondirgichlardan foydalanmang - gaz chiqib ketgan bo‘lsa yong‘in 
sababchisiga aylanib qolasiz. Osma ayvonlar, karnizlar, to‘sinlardan uzoqroq turing, 
uzilgan elektr simlaridan ehtiyot bo‘ling. Avtomobilda bo‘lsangiz. ochiq joyda 
to‘xtatib, silkinish tugamaguncha, eshiklarni ochib qo‘ygan holda, avtomobil ichida 
qoling. Odamlarni qutqarayottan vaqtda yordam ko‘rsatishga shay turing. 
Zilziladan so‘ng qanday harakat qilish kerak?Muhtojlarga birinchi yordam 
ko‘rsating. Vayrona uyumlari ostidan qutqarib olish mumkin bo‘lganlarni ozod 
qiling.Ehtiyot bo‘ling! Zarurat bo‘lmasa, telefonni band qilmang. Radiopriyomnikni 
ishlatib qo‘ying. Mahalliy hokimiyat, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (bo‘limi) 
ko‘rsatmalariga bo‘ysining.Elektr simlarida ishdan chiqqan joylar bor-yo‘qligini 
tekshiring. Nosozlikni bartaraf eting yoki xonadondagi elektr ta’minotini o‘chiring. 
Kuchli zilzila vaqtida shaharda elektr ta’minoti avtomatik ravishda o‘chishini yodda 
tuting.Gaz va suv tizimidagi nosozliklarni tekshiring. Ishdan chiqqan joylarini tuzating 
yoki tarmoqdan o‘chiring. Ochiq olovdan foydalanmang. Zinadan tusha turib, ehtiyot 
choralarini ko‘ring, uning mustahkamligiga ishonch hosil qiling. 
Kuchli vayronalikka uchragan binolarga yaqinlashmang, ular ichiga kirmang. 
Kuchli qayta silkinishlarga tayyor turing. Zilziladan keyingi 2-3 soat ayniqsa xavflidir. 
Ehtiyoj bo‘lmasa binolar ichiga kirmang. Qayta silkinishlar haqida mish-mishlarni 
to‘qimang va tarqatmang. Faqat rasmiy ma’lumotlardangina foydalaning. Vayrona 
uyumlari ostida qolgan bo‘lsangiz, xotirjamlik ila vaziyatga baho bering, imkon 
doirasida o‘zingizga yordam ko‘rsating. Tashqaridagi odamlar bilan aloqa o‘rnatishga 
(ovoz bilan, taqillatib) harakat qiling. Olov yoqish mumkin emasligi, hojatxona 
bakidagi suvni ichish mumkinligi, suv quvurlari va isitish batareyalaridan signal berish 
vositasi sifatida foydalanish mumkinligini yoddan chiqarmang. Kuchingizni asrang. 
Inson ovqatsiz yarim oydan ortiq chidashi mumkin. 
Ko‘chkining ko‘p uchraydigan sabablaridan biri yonbag‘irning yuvilishi, yog‘in 
ta’sirida namlanishi, zilzila yoki inson faoliyati (portlatish ishlari va boshq.) bo‘lishi 
mumkin.Ko‘chki hajmi o‘nlab va yuzlab ming kub metrga, ayrim hollarda undan ham 
oshishi mumkin. Ko‘chki tezligi yiliga bir necha metrdan, soniyasiga bir necha metr 



Yüklə 99,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin