Millatchilik deb millatni jamiyat
birligining
eng
yuqori
shakli
va davlat shakllanishida
birlamchi
deb
qarovchi siyosiy yoki gʻoyaviy yoʻnalishga
aytiladi.
Siyosiy
harakat
sifatida davlat bilan munosabatlarda maʼlum bir milliy jamoaning manfaatlarini
himoya qilishga intiladi.
Millatchilik oʻz millatiga sadoqatni, uning siyosiy mustaqilligini va oʻz
xalqi faravonligiga xizmat qilishni, millatning madaniy va manaviy yuksalishini,
millatning yashash sharoitlarini, yashash hududini, iqtisodiy zaxiralarini va
manaviy qadriyatlarini amalda saqlab qolish maqsadida milliy oʻzlikni anglash
asosida birlashishni targʻib etadi. U vatanparvarlikka yaqin milliy tuygʻuga
suyanadi. Bu gʻoya qarama-qarshi sinfiy manfaatlarga qaramasdan, jamiyatning
turli qatlamlarini birlashtirishga intiladi.
Bugungi kundagi radikal harakatlar oʻziga millatchi tus berishi tufayli
„millatchilik“ yoki „natsionalizm“ tushunchalari etnik, madaniy va diniy
toqatsizlik bilan koʻp bogʻlanadi. Bunaqa toqatsizlik millatchilikda moʻtadil
oqimlar tarafdorlari tomonidan qoralanadi.
Koʻpincha OAVda „millatchilik“ soʻzi ostida etnik millatchilik va unnig bir
millatni boshqa millatdan ustun qoʻyishga urgʻu beradigan shovinizm va
ksenofobiya kabi keskin shakllari nazarda tutiladi. Millatlar aro nizoni yuzaga
keltirish va etnik diskriminatsiya kabi etnik millatchilikning koʻplab
koʻrinishlari xalqaro qonunbuzarliklarga kiradi.
Millatchilik — bu avvalam bor gʻoya
[1]
va u quyidagi elementlarni oʻzida
mujassam etadi:
Millatlarning mavjudligi. Millatchilik insoniyat tabiat qonunlari asosida
bir biridan maʼlum bir xususiyatlari bilan farq qiladigan fundamental
birliklarga — avtonom va toʻlaqonli millatlarga ajratilganligini eʼtirof etadi.