paleolitning soʻnggi davrlarida bundan 40—30
ming yil avval odam Yer
yuzini egallashi bilan shakllana boshladi. Oʻsha davrda koʻpchilik irqiy belgilar
moslanish xususiyatiga ega boʻlganligidan muayyan muhit sharoitida tabiiy
tanlanish tufayli mustahkamlanib borgan. Masalan, ekvatorial irqda terining
qora rangi ultrabinafsha nurlar taʼsiridan himoyalovchi, burun
katagining keng
boʻlishi nam tropik iqlim sharoitida suv bugʻlanishini kuchaytiruvchi, tananing
uzun boʻlishi tana yuzasini tana hajmiga nisbatan kengaytirish orqali
termoregulyasiyani amalga oshiruvchi vosita sifatida vujudga kelgan.
Barcha irqlar Homo Sapiensga xos boʻlgan umumiy xususiyatlarga ega:
ularning barchasi biologik va psixik jihatdan teng boʻlib, evolutsion
rivojlanishning bir xil pogʻonasida turadi.
Barcha irqlar madaniyat va
sivilizatsiya eng yuqori darajada rivojlanishida bir xil imkoniyatga ega. Hoz.
zamon fani mavjud irqlar bir xil qobiliyatga ega emasligi, ular evolyusiyaning
turli bosqichlarida turganligi toʻgʻrisidagi irqchilik gʻoyalarini inkor etadi.
Odam irqni "millat", "til guruxi" tushunchalari bilan aralashtirib yubormaslik lo-
zim. Bitta millat
tarkibida har xil irqlar va, aksincha, bitta irqning oʻzi turli
millatlar tarkibiga kirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: