tib berish kabi oldindan boshqarish mumkin bo‘lgan bu xildagi yang-
lishishlar ijtimoiy fanlar bo‘yicha ham kuzatildi.
Hozirgi dunyoning fizik tasviri o ‘zgarib ketdi. Yangi dunyoqa-
rash evolyutsiya va dunyoning birligi g ‘oyalariga ehtimollar va o ‘z-
o ‘zini tashkil qilish (tuzish)ga asoslangandir.
Bu tushuncha, albatta,
gumanitar bilimlarda ham namoyon bo‘lishi lozim. Masalan, Rim
klubining a ’zosi Amerika astrofizigi E.Yanch evolyutsiyaning fluk-
tuatsion nazariyasini siyosiy nazariyagacha rivojlantirish kerak, deb
hisoblaydi. 0 ‘z davrida K.M arks tabiiy-ilmiy bilimlarga asoslanib
xuddi shunday qilgan edi. Shuning uchun o ‘tgan
asrdagi dunyoning
muvozanatli va statik k o ‘rinishi insoniyat tarixining so‘nggi nuqtaga
tomon harakati sinfsiz jam iyatga intilishi bilan bog‘liq nazariyaning
paydo bo‘lishisiz yakunlanmas edi.
Bugungi kunda bu tushunchalarning yengilishi dunyoning tabi
iy-ilmiy ko‘rinishiga oid tasavvurlarning o ‘zgarishi tufayli amalga
oshmoqda. Falsafa darsligida “Zamonaviy
taqsimlash tizimidan foy-
dalanilsa, jam iyatni tashqi muhit bilan energiya modda almashinib
turuvchi ochiq tizimga kiritish mumkin. Mehnat va ishlab chiqarish
jarayonida jam iyat va tabiat o ‘rtasida doimiy ravishda modda alma-
shinish sodir bo‘ladi’', deb yozilgan. Aneha sxolastik boMishiga qa-
ramay, biosotsial hodisalar fizikaviy-texnikaviy hodisalarga o ‘xshab
ketadi.
Shubhasiz, ularning to ‘lqinsimon tabiati o ‘zaro o ‘xshashdir.
Ijtimoiy hodisalarning davriyligi tabiat va odamning siklliligi bilan
bog‘liq bo‘lib, u davriy ravishda takrorlanib turadi. Geobiologiyaning
asoschilaridan biri Aleksandr Leonidovich Chijevskiy (1897-1964)
(m a’lumoti jihatidan tibbiyot xodimi va tarixchi) quyidagichayozadi:
“Agar biz bu sikllilikning ko ‘rinishini tasviriy tarzda tasavvur qilish-
ga harakat qiladigan boMsak, biz bir-biriga qo‘shilib ketadigan yoki
bir-birini kesib o ‘tadigan sinusoidlar to ‘plamini hosil qilgan bo‘lar
edik. ...bu cheksiz sonli har xil kattaliklardagi ko‘tarilish
va pastga
tushishga umumdunyoviy puls maromlari namoyon b o ia d i, bunda
tabiatning umumdinamikasi biri ketidan boshqasi o ‘zaro mos holdagi
rezonansda bo‘ladi”.
42