B. E. Turayev, X. Isayev, G. O. Akbarova tabiiy fanlarning



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/100
tarix20.11.2023
ölçüsü56 Kb.
#162573
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   100
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X

Nazorat savollari
1. Kosmologiya haqida tushuntiring?
2. Samoning yaratilish va rivojlanishi haqidagi modellar haqida 
tushincha bering.
3. Nisbiylik nazariyasining ikki postulati nimalardan iborat?
4. Kengayayotgan samo modelining asosiy qismi nimadan iborat?
5. Nisbiylik nazariyasi bo‘yicha kengayayotgan samo modelining 
ikki xil varianti haqida tushintiring.
6. Qadimgi Gretsiya olimlarining nazariyasi qanday boMgan?
7. Yangi tabiiy fanlar yutuqlari nimalardan iborat?
8. Ijtimoiy jarayonlam i modellashtirish haqida tushuncha bering.
9. Fizika va reduksionizm prinsipi nima?
10. Nisbiylik nazariyasi haqida tushuncha bering.
11. O 'zaro ta ’sir kuchlari haqida m a’lumotlar bering.
49


IV bob. HOZIRGI ZAMON TABIIY BILIMLARI VA
TALQINI
4.1. Fizika va reduksionizm prinsipi
Fizika (grekcha “fyuzis” - “tabiat”) - tabiiy fanlar ichida yetakchi 
hisoblanadi. U butun samo uchun birday o'rinli bo‘luvchi fundamen­
tal qonuniyatlarning tadqiqoti bilan shug‘ullanadi [7].
Bundan tashqari fanda 
reduk-
tsionizm prinsipinmg
amal qili- 
shi ham fizika fanining mazrnun- 
mohiyatini yanada aktuallashtira- 
di: tabiatda mavjud bo4gan, bu­
tun borliqning o‘ta murakkab 
tizimlardagi 
taraqqiyot 
bilan 
bog‘liq murakkab qonuniyatlami 
sodda tarkib va unga tegishli sod 
5-rasm. 
da qonunlar asosida o ‘rganish mum­
kin va darkor.
DNK va RNK molekulyar tuzilishi.
Masalan, genetikada hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishi DNK 
va RNK molekulalarining o ‘zaro ta ’sirlashuvi sifatida -
molekulyar
tuzilish
darajasida o ‘rganiladi (5-rasm). Moddiy dunyoning turli 
qismlaridagi qonunlarning o ‘zaro mosligi (tatbig‘i) bilan molekulyar 
biologiya, biofizika, bioximiya, geofizika, geoximiya kabi chegaraviy 
fanlar shug‘ullanadilar.
Fizika - samodagi hech bir jisrn butun olam tortishish qonuniga 
bo‘ysunmasligi mumkin emas, deb tasdiqlaydi. Agar jism ning hara- 
kati (fe’l-atvori)da bu qonundan chetlashish kuzatilsa, demak bu hol­
da boshqa qonuniyat ham o ‘z kuchini ko‘rsatayotgan bo'ladi. Reaktiv 
harakat tufayligina samolyot yerga qulab tushmaydi. kosmik kema 
yerning tortishishini “yengadi”, samolyot, kosmik kemaning parvozi 
gravitatsion tortishishni inkor etmaydi, balki uning ta ’sirini neytral- 
lashtiruvchi faktorlar ishlatilganini anglatadi [8].
50


Aytaylik, falsafa qonunlarini, mistik mcfjizalarni inkor qilish 
mumkin va bu odatiy bir hoi deb qabul qilinadi. Fan qonunlari, masa- 
lan butun olam tortishish qonunini inkor qiluvchi insonga shubha bi­
lan qarashadi. Shu m a’noda, fizika qonunlari borliqni ilmiy anglash- 
ning asosida yotadi deb aytish mumkin.
Zamonaviy fizikani tushunishga to'sqinlik qiluvchi ikkita faktor 
mavjud:
• oldindan, ataylab o ‘rganish lozim bo‘lgan murakkab matemati- 
kaviy apparat.
• fizikaviy obyektni to ‘la-to‘kis va oydin tarzda “ko‘rish” (tasav- 
vur qilish) imkoniyatining yo'qligi.
Masalan, fazoning egilishi, bir paytning o'zida to ‘lqin deb ham 
olinuvchi zarracha.
Fizika (va umuman barcha fanlar)ning taraqqiyoti - bevosita 
ko'rish (kuzatish)dan asta-sekin voz kechish bilan bog‘liq tarzda so­
dir boMmoqda. Bu xulosa, birinchi qarashda fizika fani eng avvalo 
eksperimentga asoslanishi lozim, bu tajriba va inson tomonidan 
nazorat qilinadigan sharoitlarda istalgan paytda bajarilishi istalgan 
marta takrorlanishi mumkinligiga qarama-qarshi keladigan, fikrdek 
tuyuladi.
Lekin borliqning ba’zi jihatlarini yuzaki kuzatuv orqali payqash im- 
koniyati mavjud emas. U hatto yanglish xulosalarga olib borishi ham 
mumkin. M a’lumki, Aristotel mexanikasi quyidagi prinsipga asos­
langan edi: “jism - uni surib borayotgan kuchning ta’siri yo'qolishi 
bilan to‘xtaydi”. Jismni harakatdan mahrum qiluvchi omil — ishqa- 
lanish ekanligini nazardan chetda qolganligi sababli, yuqoridagi fikr 
haqiqat deb, qabul qilingan. Bu masalada to ‘g ‘ri xulosaga kelish uc­
hun real tajribaga emas (chunki uni amalga oshirishni aslo iloji yo‘q), 
balki ideal (xayoliy) eksperimentga murojaat qilishga to ‘g ‘ri keldi. 
Buning uchun buyuk italyan olimi Galileo Galiley ishqalanish mut- 
laqo mavjud boim agan ideal silliq jism va shu jism harakatlanadi- 
gan ideal silliq yuzadan foydalanadi. U o 'zi o'tkazgan hayoliy tajriba 
natijasida Nyuton klassik mexanikasining asosida yotuvchi quyidagi 
xulosa (inersiya qonuni)ga keldi: agar harakatdagi jism ga hech nima
51


(boshqa jism lar) ta ’sir etmasa, u o ‘z harakat holatini abadiy davom 
ettiradi. Mana shu xayoliy eksperiment tufayligina dunyoning yangi 
mexanikaviy tasviri yaratildi.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin