B. E. Turayev, X. Isayev, G. O. Akbarova tabiiy fanlarning



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/100
tarix20.11.2023
ölçüsü56 Kb.
#162573
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X

ikkita asosiy
kon- 
sepsiya mavjud:
1. Fransuz fizigi va matematigi P’er Laplas tomonidan ilgari 
surilgan va nemis faylasufi Immanuil Kant tomonidan rivojlan- 
tirilgan g'oya bo‘lib, unga ko 'ra yulduzlar va planetalar kosmik 
chang (diffuziya tarzda sochilgan modda)ning asta-sekin siqilishi 
tufayli hosil b o ‘lgan.
2. Katta portlash va kengayayotgan samo modellarini qabul 
qilish oqibatida osmon yoritkichlarining paydo bo‘lish modeli 
ham jiddiy o‘zgardi. Viktor Ambariumyan galaktikalar, yulduz va 
planetalar tizimi o 'ta katta zichlik (yulduzlargacha bo‘lgan davr- 
larda mavjud bo'lgan) moddalardan bunyod bo'lgan deb ataluvchi 
gipotezani ilgari surdi.
Bu ikki konsepsiyadan qay biri haqiqatga yaqin ekanligini 
tabiiy bilimlaming taraqqiyoti ko'rsatib beradi.
38


1939-yilda Samoda ko‘zga ko‘rin- 
mas 
“qora tirqishlar
” 
mavjud, 
unda koinotdagi barcha massaning 
9/10 qismi jamlangan degan gipo- 
teza o ‘rtaga tashlandi va u keyingi 
tadqiqotlarda o ‘z tasdig‘ini topdi. 
Gravitatsion 
kollaps 
natijasida 
kichik hajmda juda katta massa 
to ‘planib qoladi. Uning sirtida tor- 
tishish (gravitatsiya) kuchi shunday 
maksimal qiymatga yetadiki, biror 
massa shu sirtni tark etishi uchun uning kosmik tezligi yorugMik 
tezligidan katta bo‘lishi lozim bo‘lib qoladi.
Shuning uchun “qora tirqish”lar o ‘zidan nur chiqarmaydi va 
natijada ularni ko‘rib boim aydi. Uning hududida fazo egrilanadi va 
vaqtning o ‘tishi sekinlashadi. Yulduzlar energiya nurlaydilar, plane- 
talar, kometalar, meteoritlar, kosmik chang esa o ‘zlaridan energiya 
chiqarmaydi. Shunday qilib, yulduzlarni 
kimyoviy elementlar 
ishlab chiqaradigan fabrika hamda ayni paytda yorug‘lik va hayot 
manbayi deb qarash mumkin ekan.
Qizil gigantlar, o ‘ta massiv gigantlar va neytronli yulduzlar 
k a b i - j u d a katta yulduzlar mavjud. Ularning massasi Quyosh 
massasi barobarida bo‘lsada, lekin radiuslari Quyosh radiuslari- 
ning 1/50000 qismi (10-20 km)ni tashkil etadi.
Eng qiziqarli osmon jismlaridan biri kometalardir. Quyoshning 
nurlanishi oqibatida kometa yadrosidan gazlar ajralib chiqadi va 
kometaning ulkan boshini hosil qiladi. Quyosh nurlanishi va Qu­
yosh shamoli ta’sirida million kilometrlarga cho‘ziluvchi dum ham 
paydo bo‘ladi. U nisbatan kam umr ko‘radi (ming va yuz yillar). 
Yulduzlar evolyutsiyasi quyidagi sxemada ko'rsatilgan (4-rasm).
Quyosh - plazmadan iborat bo'lib, (zichligi 1,4 g/sm3, sirtidagi 
temperatura 6000 K) uning atmosferasida - tojida portlash (protube- 
rens)lar boMib turadi. Quyosh nurlanishi - uning aktivligi - 11 yillik 
siklni tashkil etadi.
39


4-rasm.
Quyosh energiyasining manbasi vodorodning geliyga aylanishi- 
dan iborat bo'luvchi termoyadro reaksiyalari quyoshning galak- 
tik a o 'q i atrofidagi tezligi 250 km/s bo'lib, u galaktika markazini 
180 mln yil ichida bir marta to'liq aylanib chiqadi. Quyoshga eng 
yaqin yulduzlar 
a
Sentavr va Siriuslardir.
Quyoshning eng qadimiy meteoritlarni o'rganish orqali aniqlan- 
gan yoshi taxminan 5 mlrd yilni tashkil etadi.
Quyosh tizimi sakkizta planetadan iborat: Merkuriy, Venera, 
Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun. Barcha palanetalar 
bir yo'nalishda, bir tekislikda deyarli doiraviy orbita bilan ayla- 
nadi. Quyoshdan Yergacha bo'lgan masofa 149,6 mln km (bir 
astronomik b ir lik - la .b ) g a teng. U 107 Quyosh diametriga to ‘g ‘ri 
keladi. Quyosh nuri 8,5 minutda Yerga yetib keladi. Quyoshning 
diametri Yernikidan 11 marta (1 mln 400 ming km), massasi esa 
330 marta katta bo'lib, Quyoshning ichiga 1 mln 300 min gacha Yer 
joylashishi mumkin edi. Zero, Quyosh massasi tizimdagi 98% dan 
ortiqroq massani tashkil etadi. Quyoshning yadrosidagi temperatura 
16 106 °C , 
markazidagi bosim esa 
2 • 1011 
Pa ga teng.
Kichik planetalar, shuningdek planetalarning tabiiy yo'ldoshlari 
atmosferaga ega emas, chunki ularning tortishish kuchlari gaz- 
larni ushlab qolishga qodir emas. Venera atmosferasida is gazi, 
Yupiterda ammiak asosiy hisoblanadi. Oyda va Marsda vulkanlar 
tufayli hosil bo'lgan kraterlar uchraydi.
Yerning radiusi 6380km , massasi 6 1 0 24 kg, zichligi esa 5500 
kg/m3 . U Quyosh atrofida 30 km/s bilan aylanadi.
40


Yer 10-80 km uzunlikdagi litosfera (yer po‘stlog‘i), mantiya 
va yadrodan tashkil topadi. Yer atmosferasining massasi 5300000 
mlrd tonnadan iborat bo‘lib, unda azot va kislorod asosiy mas- 
sani tashkil etadi. Atmosfera quyidagilardan tashkil topadi:
• Toposfera (9-17 km gacha) - “ob-havo fabrikasi”
• Stratosfera (55 km gacha) - “ob-havo xazinasi”
• Ionosfera Quyosh nurlari ostida hosil bo'luvchi 
zaryad- 
li zarrachalardan tashkil topadi va 800-1000 km balandlikda 
joylashgan “sochuvchi hudud”dan iborat. U Yerni qattiq kosmik 
nurlardan himoya qiladi.
Tadqiqotlar Yer qutblarining almashganini, qachonlardir An- 
tarktida yap-yashil “libos”da ekanligini ko‘rsatdi. 100 ming yil 
ilgari sodir bo‘lgan buyuk muzlash davridan so‘ng mangu rauz- 
lash sodir bo‘lgan.
135 mln yil ilgari Afrika - Janubiy Amerikadan, 85 mln yil bu- 
run esa Shimoliy Amerika - Yevropadan ajraldi. 40 mln yil oldin 
Hind materigining Osiyo bilan to ‘qnashuvi natijasida Tibet va 
Gimolay paydo b o id i.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin