3.2 . K en g a y a y o tg a n sa m o m o d eli
Kengayayotgan samo modelining asosiy qismi -
katta portlash
g ‘oyasidan iborat. Unga ko‘ra 15-18 mlrd. yil ilgari fazoning barcha
qismlarida, bir vaqtda portlash sodir bo'lgan va materiyaning har bir
bo'lagi bir-biridan katta tezlik bilan uzoqlashgan. Samoning dastlab
ki holati
(singulyar nuqta)
quyidagicha bo‘lgan deb taxmin qilinadi:
cheksiz zichlik (massa) fazoning cheksiz egriligi faqat elementar zar-
rachalar aralashmasi (fotonlar va neytronni hisoblanganda) mavjud
bo'ladigan yuqori temperaturada portlash bo‘lib, undagi kengayish
natijasida vaqt o ‘tishi bilan temperaturaning pasayishi kuzatildi.
1965-yilda samo kengayishining dastlabki onlarida paydo bo'lgan fo-
ton va neytronlarning
reliktiv nurlanishi
kashf etildi.
X o'sh samo nimadan hosil bo'lgan? Zamonaviy kvant mexanikasi
vakuum “uyg'ongan holatga” kelishi va uning oqibatida unda may-
don paydo bo‘lishi undan esa modda hosil bo'lishi mumkinligini ay-
tadi. Samoning paydo bo'lishigacha fazo va vaqt bo'lm agan.
Nisbiylik nazariyasi - kengayayotgan samo modelining ikki xil
variantiga ham mos keladi. Uning birinchisida fazo-vaqt egriligi man-
fiy bo'lib, unda barcha masofalar vaqt o'tishi bilan cheksiz o'sadi. Ik-
kinchisida esa egrilik musbat; y a’ni fazo chekli. Unda kengayish vaqt
o‘tishi bilan siqilish bilan almashadi.
“Issiq Samo” stsenariyasi bo'yicha butun jarayon bir necha bos-
qichdan iborat bo'lgan:
•
Dostları ilə paylaş: